Yunusova Maftuna Shokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Shifokor nutqiga pragmalingvistik yondashuv”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3069.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaeva Nafisa Izatullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nazarova Saida Axmedjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shifokor nutqiy muloqotida pragmatik yondashuvning o‘ziga xos strategiyalari, taktikalari hamda muloqot ishtirokchilarining professional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy nutq, tibbiyotga oid matnlar, tibbiyot sohasi tilining fonetik-fonologik, leksik-semantik, morfologik, sintaktik, uslubiy-funksional jihatlari, tibbiy matnlarda lingvistik birliklarning ko‘rinishlari, ularning xilma-xilligi, uslubiy xoslanishi, til hodisalari bilan o‘zaro bog‘liqligi emotsional-ekspressiv ifoda semalarini aniqlashda sinonim, evfemizm, perifraza, metafora kabi leksik birliklarning universal, diskursiv xususiyatlari aniqlangan;
shifokor va bemor muloqotida: kognitiv strategiyalari – “direktiv”, “nodirektiv”; diskursiv strategiyalari – “tashxis qo‘yish”, “davolash” va “tavsiya qilish” aloqa strategiyalari – “informatsion”, “ko‘rsatma”, “ishontirish” kabi taktikalar orqali universal va o‘ziga xos tipologiyalari, komponentli modellar asosida isbotlangan;
“direktiv” shifokor – "talabgor" bemor / "direktiv" shifokor – "itoatkor bemor" diadasidagi dispozisiya munosabatini tashkil etuvchi ishtirokchilarning muloqotida nutqiy akt lokusiya – so‘zlashish, illokusiya – adresatga ta’sir etish, perlokusiya – nutqiy aktni bajarish natijasida erishilgan munosabat jarayonlarini avtoritar va kollegial nutq turlari orqali kommunikativ, diskursiv va pragmatik tomonlari janrlarining o‘ziga xosligi dalillangan;
shifokor va bemor muloqotida namoyon bo‘ladigan kommunikativ belgilar faollik tabiati (dinamizm, jarayonlilik), ochiqlik, interaktivlik, informativlik, izchillik, yaxlitlik, strukturallik, diskretlik kabi mazmun ifodalovchi lug‘aviy birliklardan foydalanishi, verbal/noverbal vositalarning ekstralinvistik ahamiyati, bemorlarning tibbiy ko‘nikmalari va kasallik haqidagi umumiy bilimlari bilan bog‘liq tibbiy matnlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
tibbiy nutq, tibbiyotga oid matnlar, tibbiyot sohasi tilining fonetik-fonologik, leksik-semantik, morfologik, sintaktik, uslubiy-funksional jihatlari, tibbiy matnlarda lingvistik birliklarning ko‘rinishlari, ularning xilma-xilligi, uslubiy xoslanishi, til hodisalari bilan o‘zaro bog‘liqligi emotsional-ekspressiv ifoda semalarini aniqlashda sinonim, evfemizm, perifraza, metafora kabi leksik birliklarga oid xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2020-2021-yillarda) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-noyabrdagi 4678-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy platformada shifokor muloqoti strategiyalari yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
shifokor va bemor muloqotida: kognitiv strategiyalari – “direktiv”, “nodirektiv”; diskursiv strategiyalari – “tashxis qo‘yish”, “davolash” va “tavsiya qilish” aloqa strategiyalari – “informatsion”, “ko‘rsatma”, “ishontirish” kabi taktikalar orqali universal va o‘ziga xos tipologiyalariga oid modellardan 2022-2023-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2023-yil 22-noyabrdagi 02-36-893-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy madaniyat bilan bog‘liq leksik tizim shakllanishiga manba bo‘lgan;
“direktiv” shifokor – "talabgor" bemor / "direktiv" shifokor – "itoatkor bemor" diadasidagi dispozisiya munosabatini tashkil etuvchi ishtirokchilarning muloqotida nutqiy akt lokusiya – so‘zlashish, illokusiya – adresatga ta’sir etish, perlokusiya – nutqiy aktni bajarish natijasida erishilgan avtoritar va kollegial nutq turlarining tahlillaridan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 6011400 – O‘zbek tili va adabiyoti, 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’limi yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili (mashqlar to‘plami)” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-sentyabrdagi 438-son? 438478-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada topshiriqli mashqlar uchun tibbiy matnlar va lingvistik tahlillardan foydalanilgan.