Xakimov Saydullo Tulanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2342.
Ilmiy rahbar: Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatveevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Niyazov Soxipjon Sobirjonovich pedagogika fanlari nomizodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh voleybolchilarni turli o‘yin ampluasini inobatga olgan holda optimal jismoniy tayyorgarlik darajasi oshirishga qaratilgan mashg‘ulot vositalarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh voleybolchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidan o‘quv mashg‘ulot guruhiga o‘tkazish uchun (belgilangan zonaga o‘rnatilgan halqani nishonga olish kabi) nazorat mashg‘ulot modelini texnika zvenosi (harakat qismlarini bo‘linishi) va elementlarni harakatdagi asosiy mexanizmning (to‘pni o‘yinga kiritishda etarli balandlikka sakrash) eng muhim va (to‘pga zarba berishda kerakli nuqtani topish kabi) hal qiluvchi qismlarni kiritish hisobiga saralab olish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh voleybolchilar uchun bir vaqtning o‘zida reaksiya hamda sakrovchanlikni rivojlantirishga qaratilgan rezinali amortizatorga o‘rnatilgan to‘pga zarba berish asosida malaka hosil bo‘lishdagi irradiatsiya fazasini muddatini qisqartirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni kiritish hisobiga tezkorlik va tezkor-kuch jismoniy tayyorgarligi oshirilgan;
yosh voleybolchilar uchun hujum va himoyadagi uzviylikni ta’minlashda to‘p uzatuvchining harakat diopazonining jamoadagi o‘yinchilarning holati bo‘yicha (o‘yinchining maksimal imkoniyatlarini namoyon bo‘lish darajasidan kelib chiqib) tanlashga qaratilgan mashg‘ulot platformasini ishlab chiqish hisobiga hujumchi, to‘p uzatuvchi, libero ampluasi bo‘yicha tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh voleybolchilarni mashg‘ulot tuzilmasini tuzishda (kichik bo‘yli harakatchan o‘yinchini “Libero”, yuqori konsentratik o‘yinchini “To‘p uzatuvchi”, yuqori sakrovchan kuchli zarbali o‘yinchini “Hujumchi”) o‘yindagi asosiy harakat tuzilishini amplua bo‘yicha maqsadli tayyorlashga qaratilgan tabaqalashtirilgan mashg‘ulot mikrotsiklini ishlab chiqish hisobiga yo‘naltirib tayyorlash imkoniyati oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh voleybolchilarning o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil qilishda jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
yosh voleybolchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidan o‘quv mashg‘ulot guruhiga o‘tkazish uchun nazorat mashg‘ulot modelini takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi (voleybol)” o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustidagi 375-son buyrug‘iga asosan №375-013 raqamli guvohnoma). Natijada chaqqonlik sifati 10,6 % ga, chidamlilik jismoniy sifati 11,3 % ga oshirilgan;
yosh voleybolchilar maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan reaksiya hamda sakrovchanlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston tumani sport maktabi voleybolchilar mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan(Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 24-avgustdagi 06-01/06/13/4931-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 9,8% ga va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi esa 12,7% ga yaxshilangan;
yosh voleybolchilar o‘yin ampluasi bo‘yicha tayyorlashda hujum va himoyadagi uzviylikni taminlashga qaratilgan mashg‘ulot platformasi Farg‘ona shahar 1-sonli Bolalar sport maktabi voleybol o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 24-avgustdagi 06-01/06/13/4931-son ma’lumotnomasi). Natijada kuch jismoniy sifatini 12,2 % ga hamda tezkorlik sifatini esa 10,4 % ga oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh voleybolchilarni mashg‘ulot tuzulmasini tuzishda o‘yin ampluasi bo‘yicha tabaqalashtirilgan mashg‘ulot mikrotsikli O‘zbekiston tumani va Uchko‘prik tumani bolalar sport maktabi o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 24-avgustdagi 06-01/06/13/4931-son ma’lumotnomasi). Natijada egiluvchanlik sifati esa 12,3 % ga oshgan, “archasimon” yugurish yuklamasining funksional qiymati 12% ga tejamkorligi oshirilgan.