Salimov O‘tkirjon Shaydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy mashg‘ulotlar jarayonida talaba yoshlar sog‘lom turmush tarzini takomillashtirishning noan’anaviy usullari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped1476.
Ilmiy rahbar: Danieva Yarkin Chorievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Anvar Kurganovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya jarayonida talabalarning sog‘lom turmush tarzini takomillashtirishning noan’anaviy usullarini o‘rganish va tahlil qilish, ularning samaradorligi va talabalarning jismoniy farovonligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning jismoniy tarbiya jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarida so‘g‘lom turmush tarziga amal qilishga ko‘maklashuvchi  “tabata”, “kaydzen”, “taym-menedjment”, “raqamli minimalizm” kabi tushunchalarni o‘z ichiga olgan elektiv kursni ishlab chiqish hisobiga talabalarining salomatlik va so‘g‘lom turmush tarziga oid bilim darajalarini oshirish va salomatligini mustahkamlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarning jismoniy tarbiya jarayoniga va darsdan tashqari vaqtlarida kaydzen tizimining inkremental “1-daqiqa” tamoyili asosida va uzoq davom etmaydigan, samaradorlikka ega 4-daqiqali, yuqori intensiv intervalli tabata protokolini joriy etish hisobiga talabalarning jismoniy faollikga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
mashg‘ulotning asosiy qismida engil atletika mashqlari bilan birga vorkaut tizimining bazaviy kuch va chidamlilik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashqlarni bajarishi, tabata tizimi bo‘yicha shiddatli mashqlar kompleksidan, yurish va sekin yugurish kabi faol dam olish turlari bilan birga qo‘llash hisobiga talabalarning umumiy chidamlilik va kuchni rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya jarayoniga vorkaut tizimining bosqichma-bosqich murakkablashib boradigan bazaviy mashqlar klassifikatsiyasini, yillik va haftalik mashg‘ulotlar rejasini hamda tana, qo‘l va oyoq mushaklarida dinamik va statik kuch qobiliyatlarini baholash normativlarini kiritish hisobiga talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy mashg‘ulotlar jarayonida talaba yoshlar sog‘lom turmush tarzini takomillashtirishning noan’anaviy usullari samaradorligini tadqiq etish va baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
talabalarning jismoniy tarbiya jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarida so‘g‘lom turmush tarziga amal qilishga ko‘maklashuvchi  “tabata”, “kaydzen”, “taym-menedjment”, “raqamli minimalizm” kabi tushunchalarni o‘z ichiga olgan elektiv kursni ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Netradisionnie metodi zdorovogo obraza jizni” deb nomlangan o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500-171-raqamli guvoxnomasi). Natijada talabalarning jismoniy madaniyat va sog‘lom turmush tarzi haqidagi nazariy bilimlari oshgan, talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining nisbiy o‘sishi ham o‘g‘il bolalar, ham qizlar uchun 4 foizga oshgan, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining nisbiy o‘sishi ham oshgan va o‘g‘il bolalarda 7 foizni, qizlarda 8 foizni tashkil etgan;
talabalarning jismoniy tarbiya jarayoniga va darsdan tashqari vaqtlarida kaydzen tizimining inkremental “1-daqiqa” tamoyili asosida va uzoq davom etmaydigan, samaradorlikka ega 4-daqiqali, yuqori intensiv intervalli tabata protokolini joriy etish bo‘yicha takliflar “Netradisionnie metodi zdorovogo obraza jizni” deb nomlangan o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 5-apreldagi 06-13/628-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining nisbiy o‘sishi o‘rtacha yigitlarda 3%, qizlarda 4% foizni, talabalarda tezkorlik qobiliyati yigitlarda 7% va qizlarda 5% ga, chidamlilik qobiliyati yigitlarda 6% va qizlarda 9% ga, tezkor-kuch qobiliyati yigitlarda 7% va qizlarda 9% ga, kuch qobiliyati yigitlar va qizlarda 6% ga, tezkorlik va chaqqonlik qobiliyati yigitlarda 7% va qizlarda 8% ga oshgan;
mashg‘ulotning asosiy qismida engil atletika mashqlari bilan birga vorkaut tizimining bazaviy kuch va chidamlilik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashqlarni bajarishi, tabata tizimi bo‘yicha shiddatli mashqlar kompleksidan, yurish va sekin yugurish kabi faol dam olish turlari bilan birga qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar Termiz davlat universitetining Jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishi bo‘lajak mutaxassislarning “Sog‘lom turmush tarzining noan’anaviy usullari” nomli tanlov fan o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 5-apreldagi 06-13/628-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda tezkorlik qobiliyati yigitlarda 7,96% va qizlarda 5,46% ga, chidamlilik qobiliyati yigitlarda 6,60% va qizlarda 8,96% ga, tezkor-kuch qobiliyati yigitlarda 7,00% va qizlarda 9,31% ga, kuch qobiliyati yigitlarda 6,58% va qizlarda 6,57% ga, tezkorlik va chaqqonlik qobiliyati yigitlarda 7,14% va qizlarda 8,98% ga oshgan;
jismoniy tarbiya jarayoniga vorkaut tizimining bosqichma-bosqich murakkablashib boradigan bazaviy mashqlar klassifikatsiyasini, yillik va haftalik mashg‘ulotlar rejasini hamda tana, qo‘l va oyoq mushaklarida dinamik va statik kuch qobiliyatlarini baholash normativlarini kiritish bo‘yicha tavsiyalar Termiz davlat pedagogika institutining  60 nafar talabalarining sport turlari bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari jarayonida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 5-apreldagi 06-13/628-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining nisbiy o‘sishi o‘rtacha yigitlarda 3,8%, qizlarda 4,24% foizni,  jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining nisbiy o‘sishi o‘rtacha yigitlarda 7,06%, qizlarda 7,85% ni tashkil etib rivojlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish