Qurbonov Xurshid Xollievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta masofalarga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik mashgʻulotlar jarayonida sport formasini takomillashtirish samaradorligi”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.(PhD)/Ped2329.
Ilmiy rahbar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Mexriddin Junaydulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta masofaga yuguruvchilar sport formasini yillik tayyorgarlik mashgʻulotlar jarayonida bosqichli takomillashtirish orqali musobaqalar davrida barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta masofaga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik siklida 3 bosqichli rejalashtirish tizimiga asoslangan “algocamp.uz/xurshid-1” dasturining mashgʻulotlarga tadbiq etilishi natijasida yil bo‘yi davom etuvchi musobaqalarda sport formasining bosqichli takomillashib borganligi sababli asosiy musobaqalarda eng yuqori sport formasiga kirish hamda barqarorligiga erishish imkoniyatlari oshirilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilar sport formasini yillik tayyorgarlik mashgʻulotlari jarayonida bosqichli takomillashtirib borish hamda masofa bo‘ylab yugurishda son va boldir antogonistik - sinerGEStik mushaklari ish faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash hisobiga final tezlanishini oshirish ko‘rsatkichlari kengaytirilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilar ixtisoslik xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik turlari bo‘yicha baholash mezonlarining yillik tayyorgarlik siklida tizimli qo‘llanilishi asosida sport formasini bosqichli rivojlanish jarayonini ishonchli nazorat qilish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilar yillik tayyorgarlik siklida ishlab chiqilgan bosqichli mikrotsikllarning model ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqsimlangan yuklamalarning mashgʻulotlar jarayoniga tadbiq etilishi hisobiga sport formasini musobaqalar davrida barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan uslubiyat optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport takomillashuvi bosqichi o‘rta masofaga yuguruvchilar sport formasini yillik tayyorgarlik mashgʻulotlari davrida bosqichli takomillashtirish hamda musobaqalar davrida barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va natijalari asosida:
o‘rta masofaga yuguruvchilar sport formasini yillik tayyorgarlik mashgʻulotlar davrida 3 bosqichli takomillashtirish orqali musobaqalar davrida barqarorlashtirishga qaratilgan dastur bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘rta masofaga yuguruvchilarining mashgʻulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 04-01/04/20/3503-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta masofaga yuguruvchilar ko‘rsatkichlari 100 metrga yugurishda 0,4 soniyaga 3,3 %, 200 metrga yugurishda 1,3 soniyaga 5,2 % o‘sgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilar yillik tayyorgarlik mashgʻulotlarida son va boldir antogonistik-sinerGEStik mushaklari ish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus mashqlar majmuasi “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda engil atletika) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021-yil 31-maydagi 237-sonli guvohnomasi). Natijada o‘rta masofaga yuguruvchilar ko‘rsatkichlari 800 metrga yugurishda 3,2 soniyaga 2,7 %, 1000 metrga yugurishda 4,2 soniyaga 2,5 %, 1500 metrga yugurishda 5,4 soniyaga 2,2 % yaxshilangan;
o‘rta masofaga yuguruvchilar sport formasini yillik tayyorgarlik mashgʻulotlarida bosqichli takomillashtirish bo‘yicha baholash mezonlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Engil atletika ixtisosligi talabalarining “Sport pedagogik mahoratini oshirish” mashgʻulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021-yil 31-maydagi 237-sonli guvohnomasi). Natijada o‘rta masofaga yuguruvchilar ko‘rsatkichlari 400 metrga yugurishda 2,1 soniyaga 4 %, 600 metrga yugurishda 2,1 soniyaga 2,3 % yaxshilangan;
o‘rta masofaga yuguruvchilar yillik tayyorgarlik mashgʻulot mikrotsikllarining model ko‘rsatkichlari ilmiy-pedagogik tomondan ishlab chiqilib Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi o‘rta masofaga yuguruvchilarining yillik tayyorgarlik mashgʻulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 04-01/04/20/3503-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta masofaga yuguruvchilar ko‘rsatkichlari turgan joydan uzunlikka sakrash testi bo‘yicha 10 sm.ga 4,2 % hamda turgan joydan uzunlikka uch hadlab sakrash bo‘yicha 25 sm.ga 3,3 % o‘sishiga erishilgan.