Ilxombekov Jasurbek Ilxombek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “Internetdan axborot olishning konstitusiyaviy-huquqiy kafolatlari”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu845.
Ilmiy rahbar: Axmedov Davran Kuvanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abdullaev Javlonbek Murodjonovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida Internetdan erkin tarzda axborot olishning konstitusiyaviy-huquqiy kafolatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot resurslaridan foydalanishda tenglik, erkinlik, shaxsiy hayot daxlsizligi prinsiplarini ta’minlash maqsadida axborotning mulkdori yoki egasi tomonidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etgan holda axborot resurslaridan axborot olish tartibini aniqlashi zarurligi asoslab berilgan;
shaxslarning axborotdan samarali foydalanish, asosli qarorlar qabul qilish, o‘z huquqlarini himoya qilish va axborot jamiyati rivojiga hissa qo‘shishini ta’minlash maqsadida “axborot resursi” tushunchasining mazmunini axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan “audio”, “video”, “grafik” va “matnli axborot”dan iborat bo‘lishi asoslab berilgan;
davriy bosma nashr elektron shaklining huquqiy tabiatiga oid xalqaro standartlar va doktrinal qarashlardan kelib chiqqan holda axborotning qonuniyligi, ishonchliligi va sifati, axborotdan foydalanish imkoniyati va uning xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektron shakldagi davriy bosma nashrning axborot tashuvchi jismlarga yozilgan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirilgan, elektron texnik qurilmalar yordamida foydalanishga mo‘ljallangan gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqa davriy bosma nashrlardan iborat ekanligi asoslab berilgan;
axborot olishda tenglikni ta’minlash, zarur axborotni o‘z vaqtida olish va jamoatchilikka etkazishni ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘roviga javob olish maqsadida ularning ushbu so‘roviga javob ko‘pi bilan etti kun muddatda ko‘rib chiqilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internetdan axborot olish huquqini ta’minlashni takomillashtirish sohasidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot resurslarining mulkdori yoki egasi tomonidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etgan holda axborot resurslaridan axborot olish tartibini aniqlashi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining
2023-yil 13-oktyabrdagi 02-08-372-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinganligi axborot resurslaridan axborot olish tartibini axborot resurslarining mulkdori yoki egasi qonun hujjatlari bilan emas, balki qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etgan holda aniqlashiga xizmat qilgan;
“axborot resursi” tushunchasi bu axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan “audio”, “video”, “grafik” va “matnli axborot” ekanligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02-08-372-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinganligi axborot resursining nafaqat axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, balki axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yohud e’lon qilinadigan “audio”, “video”, “grafik” va “matnli axborot”dan iborat bo‘lishiga xizmat qilgan;
davriy bosma nashrning elektron shakli – axborot tashuvchi jismlarga yozilgan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirilgan, elektron texnik qurilmalar yordamida foydalanishga mo‘ljallangan gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqa davriy bosma nashrlar ekanligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni 351-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02-08-372-son dalolatnomasi). Ushbu taklif Internet tarmog‘idan axborot olishni huquqiy jihatdan tartibga solish va bunda davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning majburiyatlarini konstitusiyaviy-huquqiy jihatdan tadqiq qilishiga xizmat qilgan;
ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishiga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan etti kun muddatda ko‘rib chiqilishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02-08-372-son dalolatnomasi). Ushbu taklif axborot erkinligi va ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari faoliyatiga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qilgan.