Bokiev Jahongir Nurmatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi “O‘zbekistonda raqamlashtirish sharoitida ta’lim olishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish (oliy ta’lim misolida)”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu720.
Ilmiy rahbar: Axmedov Davron Kuvanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Husanov Ozod Tillaboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Zulfiqorov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida raqamlashtirish sharoitida shaxsning oliy ta’lim olish huquqini ta’minlashning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning sifatli ta’lim olishi bo‘yicha teng imkoniyatlarni kafolatlash maqsadida ta’lim tashkilotlarida alohida ushbu shaxslar uchun davlat tomonidan inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi lozimligiga oid norma konstitusiya darajasida mustahkamlanishi lozimligi asoslantirilgan;
har bir insonning sifatli oliy ma’lumot olish huquqini samarali amalga oshirish maqsadida davlat uzlyuksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlashi konstitusiyaviy kafolatlanishi zarur ekanligi asoslangan;
shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlash maqsadida masofaviy ta’lim talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta’lim olishning teng imkoniyatlarini yaratib berishi zarurligi asoslantirilgan;
masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan o‘qish davomiyligi muddatidan kam bo‘lishi mumkin emasligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish sharoitida shaxsning oliy ta’lim olish huquqini ta’minlashni takomillashtirish sohasidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim olish huquqini ta’minlashni kengaytirishda davlat uzlyuksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlashi zarurligiga oid taklif “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 1-maydagi O‘RQ–837-son Konstitusiyaviy qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 1-dekabrdagi 02/6-09-29-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat tomonidan ta’limning barcha turlari, xususan, oliy ta’limning rivojiga ham alohida e’tibor qaratilishiga, natijada shaxsning oliy ta’lim olish huquqni ta’minlanishiga xizmat qilgan;
ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun davlat tomonidan inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi lozimligiga oid taklif “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 1-maydagi O‘RQ–837-son Konstitusiyaviy qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasi oltinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 1-dekabrdagi 02/6-09-29-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan shaxslar uchun davlat tomonidan ta’lim tashkilotlarida inklyuzivlik asosidagi ta’limning yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilgan;
talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta’lim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024-yil 14-martdagi 09-09-11-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ta’lim oluvchilarga masofaviy tarzda ham mamlakatda, ham undan tashqarida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etishga xizmat qilgan;
masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan o‘qish davomiyligi muddatidan kam bo‘lishi mumkin emasligi oid taklif Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024-yil 14-martdagi 09-09-11-son dalolatnomasi). Ushbu taklif masofaviy ta’lim shaklining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, unda o‘qitishning minimal davomiyligiga oid aniq qoidaning belgilanishiga xizmat qilgan.