Sadikov Erkin Tursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Ingliz tilini o‘qitishda iltifot va inkorni ifodalovchi nutq aktlarini o‘rgatishni takomillashtirish texnologiyalari», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4176.
Ilmiy rahbar: Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharifboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Lola Tohirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda iltifot va inkorni ifodalovchi nutq aktlari ta’limini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iltifot va inkorni ifodalovchi nutq aktlarini o‘qitish jarayonida til ko‘nikmalari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish)ni takomillashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish orqali til oʻrganuvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish, ma’lumotni idrok etish va qayta ishlash koʻnikmalari hamda tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi interferensiya omillarni bartaraf etish zarurati asoslangan;
o‘quv jarayonida ingliz tilidagi iltifot (kompliment) va inkorni ifodalovchi nutq aktlarini rivojlantiruvchi mashqlar tizimini ishlab chiqishda autentik materiallarning pragmatik xususiyatlari aniqlanib, pragmatik kompetensiyani shakllantirishda kommunikatsiya (communication), kollaboratsiya (collaboration), kreativlik (creativity) va tanqidiy fikrlash (critical thinking) ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan mashqlar tizimi kooperativ, kommunikativ, interaktiv va shaxsiy refleksiyali mashqlar integratsiyasi asosida  takomillashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tilidagi iltifot(kompliment) va inkorni ifodalovchi nutq aktlarining pragmatik o‘zagi – eksplisit yoki implisit ifodalanishi (lokutiv), kommunikativ intensiya (illokutiv), nutqiy ta’sir ko‘rsatish (perlokutiv)ni yaxlit bir butunlik darajasida o‘qitilish masalalari innovatsion ta’lim strategiyasi sifatida asoslangan;
nutq aktlarining samarali o‘qitilishiga asos bo‘la oladigan “CoReCo”, “Iltifotdan inkorgacha” va “Iltifot halqalari” kabi interaktiv ta’lim texnologiyalari yaratilib, mazkur jarayon til o‘qitishda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi hamda til ko‘nikmalarni takomillashtirishga asoslangan tizimlashtirilgan va dasturlashtirilgan ta’minot sifatida taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda iltifot va inkorni ifodalovchi nutq aktlarini o‘rgatishni takomillashtirish texnologiyalari erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tilidagi iltifot(kompliment)lar va inkorni ifodalovchi nutq aktlarining pragmatik o‘zagi – eksplisit yoki implisit ifodalanishi/lokutiv, kommunikativ intensiya/illokutiv, nutqiy ta’sir ko‘rsatish/perlokutiv yaxlit bir butunlik sifatida o‘qitilish masalalari innovatsion ta’lim strategiyalariga ko‘ra rivojlantirilganligiga oid nazariy xulosalardan Jizzax davlat pedagogika universitetida bajarilgan “O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganuvchilarga pragmatik kompetensiyalarni o‘qitishning masalalari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-apreldagi 04-368-son  ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda keltirilgan o‘qitish modellaridan oliy ta’lim muassasasining pedagogika, metodika va tilshunoslik bilan bog‘liq sohalarida samarali foydalanish darslarning sifatini oshishiga xizmat qilishi e’tirof etilgan;  
o‘quv jarayonida ingliz tilidagi iltifot(kompliment)lar va inkorni ifodalovchi nutq aktlarini rivojlantiruvchi mashqlar tizimini ishlab chiqishda autentik materiallarning pragmatik xususiyatlari aniqlanib, pragmatik kompetensiyani shakllantirishda kommunikatsiya (communication), kollaboratsiya (collaboration), kreativlik (creativity) va tanqidiy fikrlash (critical thinking) ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan mashqlar tizimiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan  Buxoro davlat universitetida 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan S-UZ800-20GR-0034-raqamli “ACCESS MICROSChOLARShIP PROGRAM” xorijiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 1-apreldagi 06-01-0094-son ma’lumotnomasi). Natijada komplimentni ifodalovchi nutq aktlarini  o‘qitish jarayonida talabalarning madaniy va ijtimoiy to‘siqlarni engib o‘tishlari va real suhbat sharoitlarida o‘z-o‘zlarini idora etishlari uchun asos bo‘la oladigan faktorlar eng muhim aspektlar qatorida e’tiborga olingan;  
nutq aktlarining samarali o‘qitilishiga asos bo‘la oladigan interaktiv “CoReCo”, “Iltifotdan inkorgacha” va “Iltifot halqalari” kabi ta’lim texnologiyalari yaratilgan va mazkur jarayon ta’limning kommunikativ yondashuviga ko‘ra takomillashtirilganligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan   Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 4-apreldagi 890/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada nutq aktlarini o‘qitishda pragmatik kompetensiyalar, real nutq vaziyatlari orqali “kompliment halqalari”, “sehrli stul”, “so‘zdan matngacha” kabi interfaol metodlar til o‘rganish va o‘qitish jarayonlarini jadallashtirish, o‘qituvchi va talabalarning mashg‘ulotlarda faolligini oshirish maqsadida yaratilgan qo‘shimcha va tarqatma materiallarni ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida tavsiya etilgan;  
iltifot va inkorni ifodalovchi nutq aktlarini o‘qitish jarayonida til ko‘nikmalari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish)ni takomillashtirishning metodologik asoslari, yangi o‘qitish usul va texnologiyalari, baholash mezonlari borasida amaliy tavsiyalarga oid takliflardan O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasining “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (UzTEA tashkilotining 2023-yil 23-martdagi 23.03.23/01-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyalar asosida pragmatik kompetensiya, iltifot, inkorni ifodalovchi nutq aktlarini o‘rganishda mazkur ish muayyan darajada ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
iltifot va inkorni ifodalovchi nutq aktlarini o‘qitish jarayonida til ko‘nikmalari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish)ni takomillashtirishning metodologik asoslari, yangi o‘qitish usul va texnologiyalari, baholash mezonlari borasida amaliy tavsiyalar bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Zamondosh” teleko‘rsatuvlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-martdagi 02-09-72-son ma’lumotnomasi). Natijada iltifot va inkorni ifodalovchi nutq aktlari haqidagi ma’lumotlar teleradiokanal ko‘rsatuvlarining ilmiy- ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish