Mannonov Sardor Shuxratjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pantomima san’atning asosiy xususiyatlari va o‘ziga xos tamoyillari”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/San131.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Rizaev Amanulla Zufarovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Boltaboy Avazovich, san’atshunoslik fanlari doktori; Sangirov Botir Yusupovich, san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pantomima san’atining yuzaga kelishi, shakllanish va rivojlanish bosqichlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek an’anaviy pantomima tomoshalarining eramizdan avvalgi antik Evropa pantomima san’ati bilan bir davrda shakllanib kelganligi dalillangan;
jahonda va O‘zbekistonda pantomima san’ati aktyorlarining niqob, libos, grimdan foydalanish va hayvonlarga taqlidan ijro etish usullarining bo’rtma niqob, teri yopinish, engi uzun masxaraboz liboslari kabi o‘xshash va taxta oyoq, ovoz taqlidi, plastik xatti-harakatlardagi o‘ziga xos jihatlari mavjudligi aniqlangan;
zoopantomima, monomima pantomimalarining plastik xatti-harakatlar orqali obraz yaratishning katta qo‘g‘irchoq – animator tomoshalari, soya teatri usullari mavjudligi aniqlangan;
pantomima san’atining innovatsion va transformatsion jarayonlar ta’sirida o‘zgarib, ma’lum bir g‘oya, mavzu va janr jihatdan rang-barang dramaturgik manbaalar asosida – gologrammali, lazerli hamda 3D formatli zamonaviy shakllarda rivojlanib borayotganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pantomimaning asosiy tamoyillarini aniqlash va o‘rganish jarayonidan olingan natijalarga ko‘ra quyidagilar amalga oshirildi:
o‘zbek an’anaviy pantomima tomoshalarining eramizdan avvalgi antik Evropa pantomima san’ati bilan bir davrda shakllanib kelganligi hamda jahonda va O‘zbekistonda pantomima san’ati aktyorlarining niqob, libos, grimdan foydalanish va hayvonlarga taqlidan ijro etish usullarining bo’rtma niqob, teri yopinish, engi uzun masxaraboz liboslari kabi o‘xshash va taxta oyoq, ovoz taqlid, plastik xatti-harakatdagi o‘ziga xos jihatlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 60211100 – Aktyorlik san’ati, 60211200 – Rejissyorlik ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pantomima”  fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 20-martdagi 02/17-836-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar pantomima san’ati tarixi,  uning asosiy elementlari va ijro usullari, mashhur pantomima aktyorlari ijodining nazariy xususiyatlarini  o‘rganishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
zoopantomima, monomima pantomimalarining plastik xatti-harakatlar orqali obraz yaratishning katta qo‘g‘irchoq (animator) tomoshalari, soya teatri, so’zsiz, tovushsiz usullari hamda pantomima san’atining innovasion va transformasion jarayonlar ta’sirida o‘zgarib – gologrammali, lazerli 3D formatli zamonaviy shakllarda rivojlanib borayotganligi O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan davlat tadbirlarida, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan ommaviy-madaniy tomoshalarda, shuningdek, Toshkent shahar hokimligi tashkil etgan ko‘ngil ochar dasturlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 6-martdagi 02-12-17/1312-son ma’lumotnomasi). Natijada spektakl va konsert nomerlari orqali tomoshabinlarga pantomimaning milliy-zamonaviy obrazlari, yangi texnologiyalarga asoslangan uslublari bilan tanishish va tasavvurga ega bo‘lishlarida muhim o‘rin tutgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish