Usmanov Marufdjan Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning geografik xususiyatlari», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Gr60.
Ilmiy maslahatchi: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Axmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Jumaxanov Shavkatjon Zairjanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Turaev Bahodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda turizmni ijtimoiy-iqtisodiy geografik jihatdan rivojlantirish xususiyatlarini hududiy xususiyatlarini aniqlash, ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm geografiyasi va mintaqaviy turizm, turistik destinatsiya tushunchalari tahlil qilindi va ularning geografik xususiyatlarini inobatga olgan holda yangi tahrirdagi takomillashgan ta’riflari ishlab chiqilgan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston mintaqasining turizmi geografik jihatdan ilmiy asoslangan va zamonaviy rivojlanish tendensiyasining asosiy yo‘nalishlari aniqlangan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston mintaqasining ArcGIS dasturi yordamida tuzilgan (1:1000000 masshtabli) turistik rayonlashtirish, turistik obektlar, tarixiy yodgorliklar va diniy qadamjolarni o‘zida aks ettiruvchi turistik kartalari ishlab chiqilgan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston miqyosida turistik obektlari bilan bog‘lovchi yangi marshrutlar ishlab chiqilgan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonning turistik resurslaridan oqilona foydalanish hamda sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning mintaqaviy xususiyatlari hamda turistik resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm geografiyasi ilmiy-uslubiy va nazariy asoslari, fanining o‘rganish obekti va predmeti, hududiy turistik majmualar, mintaqaviy turizm, Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonning mintaqasi turizmi imkoniyatlarini baholash, geografik jihatdan ilmiy asoslash, mintaqaga keladigan turistik oqimning istiqboldagi yo‘nalishlarini belgilash, Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston hududi bo‘yicha yangi turistik marshrutlar yaratish, turizm turlarini rivojlantirish imkonini beruvchi alohida hududlarni ajratib olish, shuningdek, turizmni rivojlantirish strategiyasini jadallashtirish imkonini beradigan taklif va tavsiyalari 5140600-Geografiya bakalavr va 70530401-Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya mutaxassisligi uchun nashr qilingan “Turizm va rekreasiya geografiyasi” nomli darsligi (Guvohnoma №237-t-008, 2021-yil 31-may, 237-son) mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2023-yil 11-dekabrdagi 10-6423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turistik xizmatlar sohasida turizm va mintaqaviy turizm tushunchalarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunishini ta’minlash orqali o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan hamda o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari va sillabuslarni takomillashtirish imkonini bergan;
turizm geografiyasining nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish hamda mintaqaviy turistik rayonlashtirish ishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-12-17-1958-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishda foydalanilgan;
mintaqalarning turistik imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, turistik oqimning barqaror o‘sishiga erishish, turistik oqimi past bo‘lgan hududlar reyting darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston hududlarini Sharqiy, Shimoliy-sharqiy, Janubiy, Markaziy va Shimoliy-g‘arbiy turizm mintaqalariga rayonlashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-12-17-1958-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, turistlarning turistik obektlarda sayohat vaqti davomiyligi, majmuali va mavzuli turistik marshrutlar ishlab chiqish imkonini oshirgan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston mintaqasining ArgGIS dasturi yordamida tuzilgan (1:1000000 masshtabli) turistik rayonlashtirish, turistik resurslar, obektlar, madaniy me’ros yodgorliklar va diniy qadamjolarni o‘zida aks ettiruvchi turistik kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-12-17-1958-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston hududi bo‘yicha yangi turistik marshrutlar yaratish, turizm turlarini rivojlantirish imkonini beruvchi alohida hududlarni ajratib olish, shuningdek, mintaqa turizmni rivojlantirish strategiyasini jadallashtirish imkonini bergan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda turistik obektlari bilan bog‘lovchi ishlab chiqilgan yangi marshrutlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-12-17-1958-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turistlarning mamlakat milliy turistik mahsulotlari va jozibador turistik hududlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratib, turistik mahsulotning jozibadorligi va mamlakatimizga tashrif buyuruvchi oqimining barqaror o‘sishiga yordam bergan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda turizmini kompleks rivojlantirishda tabiiy, madaniy, tarixiy, ziyorat, agroturizm, gastronomik, ekoturizm turlaridan oqilona foydalanish hamda turistik tashriflari bilan bog‘liq xizmatlari, turistik infratuzilma va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-12-17-1958-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda turizmni hududiy tashkil etish va rivojlantirish, hududlarda turistik infratuzilmani yaratish orqali mintaqaning turistik imkoniyatlari hamda tashrif buyuruvchi ichki va xalqaro turizmda mintaqa uchun jozibador va turbrendlar yaratish hamda turistik oqimining ortishiga xizmat qiladi.