Xudoyberdieva Iroda Abduxomidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Navoiy viloyatida chorvachilik tarmoqlarini joylashtirishning hududiy jihatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Gr118.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshibaevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Rahmetovich, geografiya fanlari doktori, professor, Xalilova Xurshida Teshaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyatida chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, hududiy ixtisoslashuvini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Zagon” usuli asosida yaylov chorvachiligini rivojlantirishning hududiy jihatlari (yaylovlarni teng miqdorda taqsimlab, chorva hayvonlarini oziqlantirish) asoslangan;
Navoiy viloyatining Konimex, Uchquduq, Nurota, Tomdi, Xatirchi tumanlarida statistik va sotsiologik ma’lumotlar asosida chorvachilik tarmoqlari rivojlanishining hududiy muammolaridan kelib chiqib, cho‘l-yaylov, daryo atrofi, dehqon va uy xo‘jaligi chorvachiligining xususiyatlari aniqlangan;
yillik iqlim ko‘rsatkichlari (o‘rtacha harorat, maksimal harorat, minimal harorat, tuproq yuza qatlamidagi minimal harorat, yog‘ingarchilik miqdori (mm), havoning nisbiy namligi (%) mazkur davrdagi chorva turlari (qoramolchilik, qo‘y-echkichilik, tuyachilik, yilqichilik) bilan korrelyasion aloqadorligi aniqlangan;
o‘rta muddatli istiqbolda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda Navoiy viloyatida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘p funksiyali (chiziqli trend, vaqt qatorli) prognozlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Navoiy viloyati chorvachilik tarmoqlarining joylashtirishning hududiy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Zagon” usuli asosida yaylov chorvachiligini rivojlantirishning hududiy jihatlarini (yaylovlarni teng miqdorda taqsimlab, chorva hayvonlarini oziqlantirish) aniqlash bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi 07/22-05/6482-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur viloyatning chorvachilikka ixtisoslashgan tumanlarida, jumladan Nurota tumanida “Zagon” usuli asosida yaylov chorvachiligini yanada rivojlantirish imkoni yaratilgan;
Navoiy viloyatining Konimex, Nurota, Tomdi, Xatirchi tumanlarida statistik va sotsiologik ma’lumotlar asosida chorvachilik tarmoqlari rivojlanishining hududiy muammolari aniqlanib, cho‘l-yaylov, daryo atrofi, dehqon va uy xo‘jaligi chorvachiligining ochib berilgan xususiyatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi 07/22-05/6482-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqalarda chorvachilik sohasini kompleks baholashda rasmiy statistik ma’lumotlardan tashqari sotsiologik ma’lumotlardan ham foydalanish imkonini bergan;
yillik iqlim ko‘rsatkichlari (o‘rtacha harorat, maksimal harorat, minimal harorat, tuproq yuza qatlamidagi minimal harorat, yog‘ingarchilik miqdori(mm), havoning nisbiy namligi (%) mazkur davrdagi chorva turlari (qoramolchilik, qo‘y-echkichilik, tuyachilik, yilqichilik) bilan korrelyasion aloqadorlik grafiklaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 18-martdagi 02/23-0588-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish omillari va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish imkonini bergan;
o‘rta muddatli istiqbolda tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda Navoiy viloyatida chorvachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘p funksiyali (chiziqli trend, vaqt qatorli) prognozlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 18-martdagi 02/23-0588-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda istiqbolda mazkur sohaning ixtisoslashuvi bilan bog‘liq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.