Ibadov Raufbek Ravshan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 kasalligida yurak-qon tomir kasalliklarning klinik-morfologik xususiyatlari» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3747.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashhislash hamda terapevtik taktikani maqbullashtirish orqali COVID-19 va yurak-qon tomir patologiyalari bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasini yuqtirish fonida rivojlanayotgan yoki birinchi marta yuzaga kelayotgan kardiologik alomatlarning chastotasi, nozologik tuzilishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
COVID-19 va yurak-qon tomir patologiyalari birgalikda kelgan bemorlarda koagulyasion faollikning yaqqol ifodalanishi, to‘qimalarning yallig‘lanishli shikastlanish indikatorlarining hamda leykotsitar indeksining o‘sishi isbotlangan;
COVID-19 va yurak-qon tomir patologiyalari birgalikda kelganda eritrotsitlarning shakli va o‘lchamlarida sezilarli darajada morfologik geterogenlik kuzatilishi va ularning kasallik rivojlanishi hamda oqibati bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
eritrotsitlarning meyoriy va patologik shakllari nisbati hamda kasallikning dastlabki alomatlarining paydo bo‘lish muddatlari, nafas etishmovchiligi darajasi, immun-yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishi va COVID-19ning klinikasi o‘rtasida yaqin o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024-yil 16-apreldagi 4-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 4-sonli bayonnomasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini yuqtirish fonida rivojlanayotgan yoki birinchi marta yuzaga kelayotgan kardiologik alomatlarning chastotasi, nozologik tuzilishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangani Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi (2023 yil 5 iyundagi 52/1-2-sonli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (2023 yil 3 iyundagi 86/l-“I”-sonli) buyruqlari amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tashxislash tam’inlanadi va COVID-19da yurak-qon tomir patologiyasining og‘ir holatlar soni kamayishiga  erishiladi; COVID-19ning o‘tkir davridan keyin tiklanish vaqti qisqarib, undan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID- 19 holatida yurak-qon tomir belgilarini tashxislashda yangi yondashuvlarni joriy etish natijasida bemorlarni davolashning o‘rtacha muddatini 22,7 kundan 16,4 kunga qisqartirish hisobiga Zangiota-1 Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra har bir bemor uchun 4 561 200 so‘m iqtisod qilinib, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich (112 nafar bemor uchun) 510 854 400 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: COVID-19da yurak-qon tomir belgilarini tashxislash va davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish hamda bemorlarni davolashning o‘rtacha muddatini qisqartirish 1 yil davomida 510 854 400 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “COVID-19 kasalligida yurak-qon tomir kasalliklarning klinik-morfologik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 4-sonli bayonnomasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 va yurak-qon tomir patologiyalari birgalikda kelgan bemorlarda koagulyasion faollikning yaqqol ifodalanishi, to‘qimalarning yallig‘lanishli shikastlanish indikatorlarining hamda leykotsitar indeksining o‘sishi isbotlangani Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi (2023 yil 5 iyundagi 52/1-2-sonli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (2023 yil 3 iyundagi 86/l-“I”-sonli) buyruqlari amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID- 19 bilan kasallangan bemorlarda, kasallikning o‘tkir davrida va o‘rta muddatli istiqbolda yurak-qon tomir asoratlarini erta aniqlashni va oldini olishni ta’minlanishi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: klinik va laborator o‘zgarishlarni erta aniqlashning yangi yondashuvlarini joriy etish, COVID-19 bilan bog‘liq yurak-qon tomir asoratlarini kamaytirish va jonlantirish bo‘limiga yotqizishning o‘rtacha davomiyligini 9,4 kundan 6,7 kunga qisqartirish hisobiga Zangiota- 1 Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra har bir bemor uchun 5 604 768 so‘m iqtisod qilindi va yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 212 981 184 so‘mni (38 nafar bemorga) tashkil etdi. Xulosa: COVID-19da erta ixtisoslashtirilgan klinik-laborator tashxislashning yangi yondashuvlarini joriy etish va jonlantirish bo‘limidagi bemorlarni davolashning o‘rtacha muddatini qisqartirish 1 yilda 212 981 184 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “COVID-19 kasalligida yurak-qon tomir kasalliklarning klinik-morfologik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 4-sonli bayonnomasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 va yurak-qon tomir patologiyalari birgalikda kelganda eritrotsitlarning shakli va o‘lchamlarida sezilarli darajada morfologik geterogenlik kuzatilishi va ularning kasallik rivojlanishi hamda oqibati bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgani Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi (2023 yil 5 iyundagi 52/1-2-sonli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (2023 yil 3 iyundagi 86/l-“I”-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning gematologik va morfofunktsional salbiy oqibatlarining sodir bo‘lish darajasi kamayadi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan holda klinik alomatlarning ortga chekinishi ta'minlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19da yurak-qon tomir patologiyalarida morfogematologik buzilishlarni aniqlashning yangicha yondashuvlarini joriy etish va laborator tashhislash xarajatlarini pasaytirish hisobiga Zangiota-1 Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra har bir bemor uchun 216 000 so‘m iqtisod qilindi va yillik iqtisodiy ko‘rsatkich (150 nafar bemor uchun) 32 400 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: COVID-19da yurak-qon tomir patologiyalarida morfogematologik buzilishlami aniqlashning yangi yondashuvlarini joriy etish va laborator tashxislash xarajatlarini pasaytirish 1 yilda 32 400 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “COVID-19 kasalligida yurak-qon tomir kasalliklarning klinik-morfologik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 4-sonli bayonnomasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eritrotsitlarning meyoriy va patologik shakllari nisbati hamda kasallikning dastlabki alomatlarining paydo bo‘lish muddatlari, nafas etishmovchiligi darajasi, immun-yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishi va COVID-19ning klinikasi o‘rtasida yaqin o‘zaro bog‘liqlik aniqlangani Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi (2023 yil 5 iyundagi 52/1-2-sonli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (2023 yil 3 iyundagi 86/l-“I”-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nafas olish va yurak etishmovchiligining og‘irligi va immun-yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanish darajasi pasayadi; davolash va tiklanish tadbirlarining asosli tarzda tuzilishi va bemorlarning kundalik hayotga erta qaytishi ta'minlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasini yuqtirish holatida yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish va dori-darmonlar bilan davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga Zangiota-1 Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra bir nafar bemor uchun 424 000 so‘m iqtisod qilindi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich (150 nafar bemor uchun) 63 600 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi yuqqanida yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlarni davolashda yangi yondashuvlarni joriy etish va dori- darmonlar bilan davolash xarajatlarini kamaytirish 1 yilda 63 600 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “COVID-19 kasalligida yurak-qon tomir kasalliklaming klinik-morfologik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 4-sonli bayonnomasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish