Salomov Baxodir Salomovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fanlari doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sarimsoq (Allium sativum L.) va rokambol (Allium scorodoprasum L.)ning serhosil, eksportbop yangi navlarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Qx248.
Ilmiy maslahatchi: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Sarimsoqning “Janub” (№ NAR 00404) va “Surxon voxasi” (№ NAR 00406) hamda rokambolning “Baraka” (№ NAR 00403) navlari.  
II. Tadqiqotning maqsadi: Sarimsoq va rokambol`ning respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, morfobiologik va qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega, istiqbolli klonlarni ajratish, ertapishar, kechpishar, uzoq muddat saqlanuvchan, piyozboshlari va piyozchalari katta, yuqori hosildor va eksport talablariga javob beradigan sarimsoq navlarini yaratishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston sharoitida introduksiya qilingan piyozdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekini rokambolning (Allium scorodoprasum L.) qimmatli xo‘jalik belgilari aniqlangan;
sarimsoq (Allium sativum L.) va rokambolning (Allium scorodoprasum L.) nav namunalarining yuqori hosilli, piyozbosh va piyozchalari katta bo‘lgan istiqbolli namunalari boshlang‘ich manba sifatida ajratib olingan;
sarimsoqning yangi “Surxon voxasi”, “Janub” va rokambolning yangi “Baraka” navlari respublikamizda ekilayotgan boshqa navlarga nisbatan o‘zining ertapisharligi, piyozboshlarning yirikligi, piyozchalar vaznining yuqoriligi, serhosil va eksportbopligi bo‘yicha ustun ekanligi isbotlangan;
sarimsoqning qimmatli xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan serhosil, transportbop bo‘lgan yangi “Surxon voxasi”, Janub” navlari yaratilib, Davlat reestri ro‘yxatiga olingani hamda Intellektual mulk markazi tomonidan patentlar olingan;
ilk bor rokambolning morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlari bo‘yicha yakka va guruxli tanlash asosida respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos serhosil, transportbop, saqlanuvchanligi yuqori bo‘lgan yangi “Baraka” navi yaratilib, Davlat reestri ro‘yxatiga olingani hamda Intellektual mulk markazi tomonidan patent olingan;
sarimsoqning qimmatli xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan, kechpishar, uzoq muddat saqlashga yaroqli bo‘lgan yangi “Termiz 2020” navi yaratilgan;
yangi yaratilgan sarimsoq va rokambol ekinlari navlarining o‘sishi, rivojlanishi hamda asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilari tahlil qilindi va sarimsoqning “Janub” va “Surxon voxasi” hamda rokambolni “Baraka” navlarining navdorligi yuqori original urug‘lari ko‘paytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sarimsoq (Allium sativum L.) va rokambol` (Allium scorodoprasum L.)ning serhosil, eksportbop yangi navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sarimsoqning yangi “Surxon voxasi” va “Janub” navlari O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestri ro‘yxatiga 2021 yildan kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2023 y T-6/01-10-221-sonli ma’lumotnomasi, 2023 y T-6/01-10-222-sonli ma’lumotnomasi) hamda Intellektual mulk markazidan (NAR 00404, 26.08.2022), (NAR 00406, 26.08.2022) patentlar olingan;
noan’anaviy yangi sabzavot ekinini rokambol`ning “Baraka” navi O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga 2021 yildan kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2023 y T-6/01-10-223 -sonli ma’lumotnomasi) hamda Intellektual mulk markazidan (NAR 00403, 26.08.2022) patent olingan;
sarimsoqning yangi “Surxon voxasi”, “Janub” va va rokambol`ning “Baraka” navlarini maqbul ekish sxemasi ya’ni (40+10+10+10) x 10 sm qator oralig‘ida Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Mirza urug‘chi elita”, “Davr”, Andijon ilmiy tajriba stansiyasida, “Ekoklin-And” va “Samo shodlik” sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida jami 7,95 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 apreldagi 05/23-06/411-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida bir gektar maydondan olingan o‘rtacha hosildorlik 23-25 tonnani tashkil etgan;
sarimsoqning yangi “Surxon voxasi” va “Janub” navlarini maqbul ekish muddatlari ya’ni sentyabrning birinchi o‘n kunligi, rokambol`ning maqbul ekish muddatlari esa sentyabrning ikkinchi o‘n kunligi va ekish sxemalari (40+10+10) x 10, (40+15+15) x 10 sm qator oralig‘ida ekish texnologiyasi Surxondaryo viloyati Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on  tumanlaridagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida jami 54,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 apreldagi 05/23-06/411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sarimsoqning yangi “Janub” va “Surxon voxasi” navidan o‘rtacha 26-29 tonna, rokambol`ning “Baraka” navidan 31-33 tonna hosil olinib, sarimsoqda gektaridan o‘rtacha 14,2-14,8 mln. so‘mni, rentabellik darajasi esa 98,1,-101,8% ni tashkil etgan. Rokambol`da gektaridan o‘rtacha 26,9 mln. so‘mni, rentabellik darajasi esa 158,7% ni tashkil etgan. Har bir gektar maydondan olingan o‘rtacha hosildorlik oshishiga erishilgan va rentabellik darajasi 25-35 foizga teng bo‘lishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish