Bazarova Gulnora Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hududida o‘lat tabiiy o‘choqlarining xususiyatlari va uni oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish», 14.00.30 – Epidemiologiya, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib771.
Ilmiy maslahatchilar: Ne`matov Aminjon Sabdarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatkulov Ibroxim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mustanov Abdusamad Norsaatovich, tibbiyot fanlari doktori; Muxamedov Ilamon Muxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘latning tabiiy o‘choqlarini namoyon bo‘lish xususiyatlarini baholash va ularni oldini olish chora-tadbirlari tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Yersinia pestis shtammlarini gematoplatsentar yo‘l bilan onadan homilaga vertikal yuqishi isbotlangan;
ilk bor Yersinia pestis shtammlarining streptomisinga chidamlilik xususiyatlari, ularning mikrobiologik identifikatsiyasi hamda bemorlarni davolashda marker bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
ilk bor o‘latning an’anaviy laboratoriya taxlili real-time polimeraza zanjir reaksiyasiga muqobil ekanligi isbotlangan holda patogen materiallarni nazorat qilish tizimi yordamida takomillashtirilgan;
ilk bor Orol dengizi qurigan hududlarida molekulyar-genetik va bakteriologik tekshirular natijasida o‘latning yangi cho‘l tabiiy o‘chog‘i mavjudligi isbotlangan;
ilk bor o‘lat kasalligining infeksiya manbaiga qarshi kurashish maqsadida emlash o‘rniga muntazam dezinseksiya ishlarini olib borish samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi 2-sonli xulosasiga ko‘ra:
ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor Yersinia pestis shtammlarinning gematoplatsentar yo‘l bilan onadan homilaga vertikal yuqishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu yo‘l orqali kasallik yuqqan chaqaloqqa tezkor reanimatsion chora-tadbirlar ko‘rilishiga qaramay, o‘lim holati yuqori ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (SEO va JSQ) ning Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari boshqarmalari, Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali hamda Surxondaryo bo‘limi (Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi 2 -sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yersinia pestis shtammi bilan kasallanish darajasini baholash orqalikasallik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan epizootik hududda yashayotgan homilador ayollarni aniqlab, kasallikning epidemik avj olish muddati, ya’ni yashirin davri belgilanishi, shu davrda yondosh kasalliklar kuzatiladigan ayollarni kasalxonaga yotqizib, oldini olish davo choralarini erta boshlash kasalxonada davolanish kunlari ishonarli ravishda qisqarishi bilan o‘z tasdig‘ini topadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yersinia pestis shtammlarining onadan homilaga gematoplatsentar yo‘l bilan yuqishini oldini olish, epidemik tarqalishini bashoratlash, bemorlarni erta aniqlash, oldini olish davo choralarini erta boshlash, kasalxonada davolash kunlarini ishonarli ravishda qisqarishi sarf-xarajatlarni 2 marotaba tejaydi. Xulosa: Yersinia pestis qo‘zg‘atuvchisini gematoplapentar yo‘l bilan yuqishini oldini olish, epidemik tarqalishini oldindan bashoratlash, o‘lim holatlarini oldini olish uchunbemorlarni erta aniqlash, davo choralarini erta boshlash, kasalxonada davolanish kunlari va dori-darmonlar safini ishonarli ravishda 2 marotaba tejashga imkon berdi;
ilmiy yangilikning mohiyati: ilk marotaba Yersinia pestis shtammlarining streptomisinga chidamlilik xususiyatlari, ularning mikrobiologik identifikatsiyasi hamda bemorlarni davolashda marker bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘lat qo‘zg‘atuvchisining streptomisinga chidamli xususiyatlarning aniqlanilishi va ularning mikrobiologik identifikatsiyasi, boshqa antibiotiklarga sezuvchanligini belgilash, kombinatsiyalashgan holda qo‘llanilishi, bemorlarni davolash va kasallik oqibatlarini bashoratlashda yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar SEO va JSQning Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari boshqarmalari, Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali hamda Surxondaryo bo‘limi (Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi 2 -sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi; ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida o‘lat tabiiy o‘choqlaridan ajratilgan shtammlarining streptomisinga chidamlilik xususiyatlarining aniqlanishi natijasida ularning mikrobiologik identifikatsiyasi bemorlarni davolashda asosiy mezonlardan biri bo‘lib xizmat qilib, kasallik oqibatini bashoratlash hamda bemorlarni davolashda sarflanadigan dori-darmonlar zahirasi, shuningdek kasalxonalarda bemorlarga zarur bo‘lgan o‘rin-joylar sonini oldindan tayyorlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘lat infeksiyasining streptomisinga chidamlilik xususiyatlari aniqlanilishi va ularning mikrobiologik identifikatsiyasi natijasida, kasallikning klinik turiga ko‘ra bemorlarni davolash uchun sarf-xarajatlar 3-5 barobar qisqaradi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida o‘lat tabiiy o‘choqlaridan ajratilgan shtammlarining streptomisinga chidamlilik xususiyatlarining aniqlanishi natijasida ularning mikrobiologik identifikatsiyasining ilmiy jihatdan isbotlanishi, kasallik oqibatini bashoratlash o‘lat kasalligining epidemik ko‘rinishini oldini olish, bemorlarni davolashda sarf bo‘ladigan dori-darmonlar zahirasi va kasalxonalarda bemorlarga zarur bo‘ladigan o‘rin-joylar sonini oldindan tayyorlash hamda kasallikning klinik turiga ko‘ra bemorlarni davolash uchun sarf-xarajatlarni 3-5 barobar qisqartirish imkonini berdi;
ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor o‘latning an’anaviy laboratoriya taxlili real-time polimeraza zanjir reaksiyasiga muqobil ekanligi isbotlangan holda patogen materiallarni nazorat qilish tizimi yordamida takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk bora respublikada o‘ta xavfli o‘lat kasalligini aniqlashda molekulyar-genetik diagnostikaning zamonaviy usuli – real vaqtdagi polimeraza zanjir reaksiyasining taxlil usulining, ayniqsa dala ekspedisiyasi sharoitida qo‘llanilishi o‘lat laboratoriyasida olib boriladigan an’anaviy mikrobiologik tekshirish usullaridan afzalligi hamda PACS kompyuter dasturining Markaziy Osiyo mintaqasida ilk marotaba patogen materiallarni qayd etish, harakatini kuzatish, saqlanishini nazorat qilish uchun xavfsiz tizim ekanligi, ishonchli va qulayligi, hisobotlarni tayyorlashni osonlashtirishi va eng asosiysi vaqt tejalishi ilmiy va amaliy isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar SEO va JSQning Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari boshqarmalari, Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali hamda Surxondaryo bo‘limi (Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi 2 -sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan taxlil yordamida O‘zbekiston Respublikasining o‘lat tabiiy o‘choqlarida olib borilgan PZR tekshiruv usullarining qiymati, oldingi yillarda o‘tkazilgan mikrobiologik tekshiruv usullaridan farqli ravishda tez vaqt orasida kasallik bor-yo‘qligini aniqlashi hamda epizootiya va epidemiyani oldini olib kasallikning tarqalishini oldindan bashoratlashi va taklif etilayotgan RACS elektron dasturi laboratoriyada ishlayotgan xodimlar vaqtini tejab, patogenlarni ro‘yhatga olish va ularni harakatini yurgizish jurnallar sonini qisqartirib, eng asosiysi tibbiy xodimlarning patogenlar bilan bo‘ladigan bevosita muloqatini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘ta xavfli o‘lat kasalligini aniqlashda molekulyar-genetik diagnostikaning zamonaviy usuli – real vaqtdagi PZR tahlil usulining, ayniqsa dala ekspedisiyasi sharoitida qo‘llanilishi uning o‘lat laboratoriyasida olib boriladigan an’anaviy mikrobiologik tekshirish usullardan farqli ravishda bitta bakteriologik tahlil uchun davlat tomonidan ajratiladigan zarur sarf-xarajatlar 3 069 700 so‘mni tashkil qiladi. 1 ta PZR tahlil uchun zarur sarf-xarajatlar 161 900 so‘mni tashkil etdi. PZR tahlili o‘tkazilsa, sarf-harajatlar 19 marotaba tejaladi. Kompyuter nazorat qilish tizimida jurnallar elektron yurgiziladi, hisobotlar tez tayyorlanib, laboratoriyada 10-15 barobar kam vaqt sarflash imkonini beradi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida o‘ta xavfli o‘lat kasalligini aniqlashda molekulyar-genetik diagnostikaning zamonaviy usuli – real vaqtdagi PZR tahlil usulining, ayniqsa dala ekspedisiyasi sharoitida qo‘llanilishi uning o‘lat laboratoriyasida olib boriladigan an’anaviy mikrobiologik tekshirish usullardan farqli ravishda bitta bakteriologik tahlil uchun davlat tomonidan ajratiladigan zarur sarf-xarajatlar 3 069 700 so‘mni tashkil qiladi. 1 ta PZR tahlil uchun zarur sarf-xarajatlar 161 900 so‘mni tashkil etdi. PZR tahlili o‘tkazilsa, sarf-harajatlar 19 marotaba tejaladi. Kompyuter nazorat qilish tizimida jurnallar elektron yurgiziladi, hisobotlar tez tayyorlanib, laboratoriyada 10-15 barobar kam vaqt sarflash imkonini beradi;
ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor Orol dengizi qurigan hududlarida molekulyar-genetik va bakteriologik tekshirular natijasida o‘latning yangi cho‘l tabiiy o‘chog‘i mavjudligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotaba ilmiy tadqiqotlar natijasida Orol dengizi qurigan hududlarida o‘latning yangi cho‘l tabiiy o‘chog‘i borligi ilmiy-amaliy jihatdan asoslanib, o‘lat qo‘zg‘atuvchilarining 15 ta shtammi ajratib olindi. Ushbu o‘choqda o‘lat qo‘zg‘atuvchisining asosiy tashuvchisi respublikaning boshqa tabiiy o‘choqlaridan farqli o‘laroq, sariq yumronqoziq ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar SEO va JSQning Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari boshqarmalari, Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali hamda Surxondaryo bo‘limi (Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi 2 -sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taxlillar yordamida Tiklanish orolida aniqlangan o‘latning yangi tabiiy cho‘l o‘chog‘ida epizootik holatni o‘rganish va uni baholash asosida o‘lat kasaligini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Orol dengizi qurigan hududlarida aniqlangan o‘latning yangi tabiiy cho‘l o‘chog‘ida epizootologik jarayonga real baho berish natijasida ushbu hududga geologiya-qidiruv, qazish va boshqa ishlarga jalb qilingan odamlar orasida o‘lat bilan kasallanish, shuningdek, kasallik tarqalishini oldini olish natijasida respublika byudjetidan epidemiyaga qarshi ishlatiladigan mablag‘lar to‘liq tejaladi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Orol dengizi qurigan hududlarida aniqlangan o‘latning yangi tabiiy cho‘l o‘chog‘ida ilmiy asoslangan o‘lat kasaligini oldini olish chora-tadbirlarini samarali ravishda rejalashtirish va amalga oshirish natijasida respublika byudjetidan epidemiyaga qarshi ishlatiladigan mablag‘larni to‘liq tejash imkonini berdi;
ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor ilk bor o‘lat kasalligining infeksiya manbaiga qarshi kurashish maqsadida emlash o‘rniga muntazam dezinseksiya ishlarini olib borish samarali ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘lat kasalligi manbai bo‘lgan tuyalarning kasallanishiga qarshi kurashish maqsadida ularda emlashni o‘tkazish o‘rniga muntazam ravishda dezinseksiya qilish (yiliga bir marotaba), o‘latning uchta potensial o‘chog‘ining ilmiy jihatdan asoslash epizootologik nomutanosiblikni, hududlarning ekologik, geografik xususiyatlariga bog‘liq xolda o‘lat tashuvchilarining notekis tarqalganligi, Orol dengizining qurishi sababli yangi epizootiya o‘choqlarining paydo bo‘lishi oqibatida profilaktika chora tadbirlarini yanada takomillashtirish zaruriyati paydo bo‘lganligi ilmiy va amaliy jihatdan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar SEO va JSQning Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari boshqarmalari, Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali hamda Surxondaryo bo‘limi (Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi 2 -sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tahlil yordamida O‘zbekiston Respublikasining o‘lat tabiiy o‘choqlarida tuyalarda olib borilgan dezinseksiya choralari natijasida ularda o‘lat bilan kasallanishni oldini olish, uchta potensial o‘choqni ilmiy jihatdan aniqlash, Orol dengizining suvsizlanishi natijasida yangi epizootiya o‘choqlarining paydo bo‘lishi uchun shart-sharoitlar mavjudligi sababli epidemiyaga qarshi va profilaktika chora-tadbirlarini samarali olib borish o‘lat kasalligining epizootik va epidemik jarayonlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasi o‘lat tabiiy o‘chog‘larida epizootik holatni to‘liq o‘rganish, tabiiy o‘choqning qaysi hududida, qaysi vaqtda epidemiya qarshi va profilaktika chora-tadbirlarini samarali o‘tkazish, kasallikning odamlar orasida paydo bo‘lishining va tarqalishining oldini olish natijasida kasallik qayd etilmasa, bemorni davolash uchun bo‘ladigan sarf-xarajatlar 100% tejaladi. Tuyalar orasida o‘lat kasalligini oldini olish uchun har bir bosh tuyaga odam uchun sarflanadigan 40 doza vaksina kerak bo‘ladi. Bu 234 940 so‘mni tashkil etadi. Emlash o‘rniga dezinseksiya moddalaridan foydalanilsa, bir bosh tuya uchun 136 000 so‘m sarflanadi. Tuyaga (infeksiya rezervuari) nisbatan o‘tkaziladigan dezinseksiya tadbirlari amalga oshirilganida sarf-harajatlar 2 marotaba qisqaradi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida o‘lat kasalligining tabiiy o‘choqlarida epidemiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini to‘g‘ri rejalashtirish hamda samarador olib borish kasallikning odamlar orasida kelib chiqishini va tarqalishini oldini olish orqali kasallikni davolash uchun sarflanadigan sarf-xarajatlarni to‘liq tejash imkonini beradi. Tuyalarni o‘lat bilan kasallanishini oldini olish uchun emlashga 234 940 so‘m sarf-xarajat zarur bo‘lsa, dezinseksiya moddalaridan foydalanilganda bir bosh tuya uchun 136 000 so‘m sarflandi. Tuyalarda dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazish natijasida sarf-harajatlarni 2 marotaba tejash imkonini berdi.