Rajabov Sardorbek Aminjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3166.
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nargiza Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori; Ayten Mamedbeyli, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
tizimli qizil yugurik bilan kasallangan bemorlarda o‘lim holatlarida intrasserebral qon tomir tizimi va miya to‘qimalaridagi strukturaviy o‘zgarishlarga qarab, serebrovaskulyar buzilishlar kechishining klinik va nevrologik xususiyatlarini aniqlash, erta tashxis qo‘yish va davolashni optimallashtirish mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli qizil yugurik bilan kasallangan bemorlarda klinik nevrologik, neyrovizualizatsion, instrumental parametrlar va laboratoriya biomarkerlari orqali tashhislash asoslangan;
klinik-nevrologik, neyrovizualizatsion va instrumental ko‘rsatkichlar laboratoriya biomarkerlarining parametrlari va tizimli qizil yugurik bilan og‘rigan bemorlarda serebrovaskulyar o‘zgarishlarning nevrologik tekshiruvi dalillar bazasi va qo‘llanilgan tadqiqot usullarining ahamiyati bilan isbotlangan;
ilk bor tizimli qizil yugurik bilan kasallangan bemorlarda bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishidan kelib chiqqan o‘limdan keyingi holatlarda bosh miya qon tomir tizimidagi patomorfologik parametrlarini aniqlangan;
tizimli qizil yugurik kasalligi kechish faolligining qiyosiy aspektida nevrologik klinika va qon tomir tizimini har tomonlama baholash asosida serebrovaskulyar buzilishlarni davolash va oldini olish uchun kombinatsiyalangan terapiya takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2024 yil 23 fevral 14-son xulosasiga ko‘ra:
ilmiy yangilikning mohiyati: tizimli qizil yugurik (TQYu) bilan kasallangan bemorlarda klinik nevrologik, neyrovizualizatsion, instrumental parametrlar va laboratoriya biomarkerlari orqali tashhislash asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:  TQYu kasalligining barcha holatlarida asab tizimining turli darajadagi zararlanishi, sefalgik sindrom 78%, vestibulo-ataktik sindrom 65%, asteno-depressiv sindrom 83% ko‘rinishidagi dastlabki belgilarga ega bo‘lishi; paydo bo‘lish chastotasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda dissirkulyator ensefalopatiya II va III darajasi va bosh miyada qon aylanishining surunkali buzilishi belgilari bilan keluvchi  nevrologik buzilishlar (ya’ni surunkali serebrovaskulyar zararlanishlar) 56%, markaziy asab tizimining eng og‘ir zararlanishlari, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi rivojlanishi, shuningdek  qonda S100 β oqsili miqdorining oshishi kuzatiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Romitan tuman tibbiyot birlashmasida 16.04.2023 yildagi 89-sonli hamda 16.04.2023 yildagi 90-sonli buyruq va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasida 28.04.2023 yildagi 331 a - sonli xamda 331 b - sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi TQYu bilan kasallangan bemorlarda MRT tekshiruvining aniqlik darajasi 93,1%, braxiotsefal tomirlarning ultratovush doplerografiyasi 76,8% va qonda S100 β oqsili miqdori 95,7% ni tashkil etib, bunda TQYu bilan kasallangan bemorlarda ulardan foydalanish zarurligini asoslaydi, shuningdek erta va aniq tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TQYu bilan kasallangan bemorlarda klinik nevrologik, neyrovizualizatsion, instrumental parametrlar va laboratoriya biomarkerlari o‘rganilishi va buning natijasida kasallikni erta tashxislash orqali  davolash samaradorligini oshirishga erishilgan va yotoq kunini urtacha 3 kunga qisqartirishga erishildi 1 nafar bemor hisobida 382500 so‘m (klinika preyskuranti bo‘yicha 1 kunlik tushak kuni 127500 so‘mni tashkil qiladi)  iqtisod qilingan. Xulosa: TQYu bilan kasallangan bemorlarda aytib o‘tilgan diagnostika jarayonida kasallik va uning asoratlarini erta tashxislash samaradorligi oshirilishi natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish vaqtini kamaytirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 10-fevraldagi № 1010- sonli xat yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: klinik nevrologik, neyrovizualizatsion va instrumental ko‘rsatkichlar laboratoriya biomarkerlarining parametrlari va TQYu bilan og‘rigan bemorlarda serebrovaskulyar o‘zgarishlarning nevrologik tekshiruvi dalillar bazasi va qo‘llanilgan tadqiqot usullarining ahamiyati bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: TQYu bilan og‘rigan bemorlarda klinik nevrologik, MRT, S100β oqsili tekshiruvlaridan foydalanish serebrovaskulyar buzilishlarni erta tashxislash va insultlarni profilaktika qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Romitan tuman tibbiyot birlashmasida 16.04.2023 yildagi 89-sonli hamda 16.04.2023 yildagi 90-sonli buyruq va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasida 28.04.2023 yildagi 331 a - sonli xamda 331 b - sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tekshiruv usullari TQYu bilan og‘rigan bemorlarda serebrovaskulyar buzilishlarni erta tashxislash va shu sababli insultlarni profilaktika qilish va nogironlik ko‘rsatkichini pasaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi taklif etilgan tekshiruv usullari TQYu bilan kasallangan bemorlarda serebrovaskulyar buzilishlarni erta tashxislash va shu sababli kasallik asoratlarini xususan insultlarni profilaktika qilish natijasida 1 nafar bemor hisobida umumiy xarajatlarni xisobga olgan holda 3 kunga yotoq va dori-darmonlar xisobiga 802500 so‘m (dori darmonlarga nisbatan  sarf-xarajatlar 140 000 so‘m) ni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: TQYu bilan kasallangan bemorlarda serebrovaskulyar buzilishlarni erta tashxislash va kasallik asoratlarini xususan insultlarni profilaktika qilish va shu sababli kelib chiqadigan nogironlik miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 10-fevraldagi № 1010- sonli xat yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor TQYu bilan kasallangan bemorlarda bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishidan kelib chiqqan o‘limdan keyingi holatlarda bosh miya qon tomir tizimidagi patomorfologik parametrlarini aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Morfologik jihatdan bosh miya tomirlarida dastlab endoteliysi shikastlanib, distrofiya va destruksiyaga uchraydi, keyin bazal membrana va elastik tolali qavatida mukoid va fibrinoid bo‘kish rivojlanadi. Bu esa immunopatologik yallig‘lanishga aylanib boradi va arteriolalar, prekapillyarlar va venulalarda dastlab ekssudativ-nekrotik va gemorragik yallig‘lanish, keyin limfoproliferativ yallig‘lanish, proliferativ vaskulit, tromboz va gialinoz rivojlanadi. Miya to‘qimasida ko‘p sonli mikroinfarktlar, mayda o‘choqli qon quyilishlar aniqlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Romitan tuman tibbiyot birlashmasida 16.04.2023 yildagi 89-sonli hamda 16.04.2023 yildagi 90-sonli buyruq va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasida 28.04.2023 yildagi 331 a - sonli xamda 331 b - sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi TQYu bilan kasallanib, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi natijasida vafot etgan bemorlarda bosh miya qon tomirlari va miya to‘qimasini patomorfologik tekshiruvi serebrovaskulyar buzilishlarni patogenetik davolashni optimallashtirish va ularning asaratlarini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning asoratlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi uchun 210000 so‘mni iqtisod qilish samaradorligini berdi. Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi birgina asoratlarni kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik 2100000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: TQYu bilan kasallangan bemorlarda serebrovaskulyar buzilishlarni patogenetik davolashni optimallashtirish tufayli kasallik asaratlarini kamaytirish va reabilitisiyaga sarflanuvchi ortiqcha xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 10-fevraldagi № 1010- sonli xat yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: TQYu kasalligi kechish faolligining qiyosiy aspektida nevrologik klinika va qon tomir tizimini har tomonlama baholash asosida serebrovaskulyar buzilishlarni davolash va oldini olish uchun kombinatsiyalangan terapiya takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Terapiyani tavsiya etilgan kombinatsiyalangan davolash usullari bilan optimallashtirish, o‘z vaqtida va etarli darajada Sermion (Nisergolin) preparati qo‘shilishi bilan an’anaviy yallig‘lanishga qarshi muolajalarni qo‘llash nevrologik asoratlarni barqarorlashtirishga, astenik va kognitiv kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtirishga yordam beradi, shuningdek Sermion preparatining buyrak, o‘pka va periferik qon tomirlarini proteksiyalovchi ta’siri xisobiga boshqa somatik kasalliklarni davolashni xam optimallashtirishga yordam beradi bemorlarni statsionar davolash vaqtini 3,3 kunga qisqartirishni ta’minladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Romitan tuman tibbiyot birlashmasida 16.04.2023 yildagi 89-sonli hamda 16.04.2023 yildagi 90-sonli buyruq va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasida 28.04.2023 yildagi 331 a - sonli xamda 331 b - sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi TQYu bilan kasallangan bemorlarda ananaviy davo terapiyasiga o‘z vaqtida va etarli darajada Sermion (Nisergolin) preparati qo‘shilishi nevrologik asoratlarni barqarorlashtirishga, astenik va kognitiv kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtirishga yordam beradi, S 100β oqsili neyroproteksiyaning asab to‘qimalariga ta’sirini ko‘rsatdi, bu TQYu bilan kasallangan bemorlarda serebrovaskulyar kasalliklarning dastlabki bosqichlarida shikastlanishning oldini oladi, o‘z navbatida kasalxonada davolanish vaqtini 9,33±0,64 dan 6,05±0,24 kungacha qisqartirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar: bemorning shifoxonada qolish muddatini 9-10 kundan 6 kunga  qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 1 nafar bemor hisobida 802500 so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 127500 so‘mni tashkil qiladi);  1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalarini iqtisod qilishga erishildi. Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik asosiy guruh bemorlar hisobida 48952500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida asosiy xulosalar va tavsiyalar turli darajadagi tibbiyot muassasalarida TQYu bilan kasallanib serebrovaskulyar buzilishlar kuzatiluvchi bemorlarni diagnostika qilish va davolashda qo‘llanilishi uchun tavsiya etilgan dastur va algoritmdan iborat taktikalar natijalarini yaxshilash hamda davodan keyingi reabilitatsiya davrini va uzoq muddatda kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Birlamchi tizimli kasalliklarda serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-nevrologik va patomorfologik o‘zaro bog‘liqligi»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 10-fevraldagi № 1010- sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish