Baynazarov Mirzaraxim Mirzaxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda xantavirus infeksiyalarining virusologik va epidemiologik jihatlari», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1467.
Ilmiy rahbar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shadmanova Nargiza Abitovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xantavirus infeksiyalarining virusologik va epidemiologik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda odam patologiyasida xantavirus infeksiyalarining epidemiologik va serologik tadqiqotlar asosida etiologik ahamiyati asoslangan;
ilk bor sog‘lom aholi o‘rtasida tabiiy infeksiya manbalari bilan muloqatda bo‘lganligi sababli xantaviruslarga qarshi IgG antitanasini mavjudligi isbotlangan;
ilk bor etiologiyasi noma’lum isitmali bemorlar qon zardobida xantavirus infeksiyalarining IgM, IgG serologik markerlari aniqlangan;
polimeraza zanjir reaksiyasida virus RNKsi aniqlanmaganligi sababli xantavirusli infeksiyani o‘z vaqtida tashxislashda immunoferment tahlilni ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish ekspert kengashining 2024-yil 1 maydagi 2n-z/43 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda odam patologiyasida xantavirus infeksiyalarining epidemiologik va serologik tadqiqotlar asosida etiologik ahamiyati asoslangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2022 yil 20 fevraldagi 39-son buyrug‘i hamda Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2022 yil 18 fevraldagi 14-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: xantavirus infeksiyalarini aniqlash va nazorat qilish kasallikning samarali tashxisot va davolash usullarini ishlab chiqish, o‘lim holatini kamaytirish va umuman olganda, aholining ushbu kasallik bilan kasallanishining oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: epidemiologik va serologik tadqiqotlar asosida xantavirusning etiologik o‘rnini aniqlashi boshqa kasalliklarga gumon qilish orqali asossiz tekshiruvlarning oldini olishga va o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi. Buning iqtisodiy samaradorligi har bitta oldi olingan asossiz tekshiruvlarga qilinadigan xarajatlarni tejash bilan asoslanadi. Xulosa: xantavirusning etiologik ahamiyatini bilish asossiz ravishda tekshiruvlarni o‘tkazish va ularga sarflanadigan xarajatlarni tejash imkoniyatini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor sog‘lom aholi o‘rtasida tabiiy infeksiya manbalari bilan muloqatda bo‘lganligi sababli xantaviruslarga qarshi IgG antitanasini mavjudligi isbotlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2022 yil 20 fevraldagi 39-son buyrug‘i hamda Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2022 yil 18 fevraldagi 14-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sog‘lom aholi orasida xantaviruslar IgG antitanalar tarqalishini aniqlash xantavirus infeksiyalarining yanada samarali oldini olish va nazorat qilish imkonini beradi va bu esa, o‘z navbatida ushbu kasallikka qarshi jamoatchilik xushyorligini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aholi orasida xantaviruslar IgG antitanalarni aniqlash ularni ilgari ushbu kasallik bilan kasallanganligini ko‘rsatadi. Bu esa, xantavirusga qarshi profilaktika chora-tadbirlarni olib borish kerakligini anglatadi. Aholi orasida xantavirus kasalligini profilaktikasi orqali kasallanish holatlarining oldi olinadi va natijada har bir oldi olingan holatga sarflanadigan davolash xarajatlari tejaladi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 1 nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlardan 720 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: aholi orasida xantavirus kasalligini profilaktika qilish orqali har bir oldi olingan holatga sarflanadigan xarajatlardan 720 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor etiologiyasi noma’lum isitmali bemorlar qon zardobida xantavirus infeksiyalarining IgM, IgG serologik markerlari aniqlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2022 yil 20 fevraldagi 39-son buyrug‘i hamda Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2022 yil 18 fevraldagi 14-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: xantavirus infeksiyasining aniq va erta tashxisoti ayniqsa, tashxislash murakkab bo‘lgan etiologiyasi noaniq isitmali bemorlar uchun juda muhimdir, bu esa, o‘z navbatida davo choralarini erta boshlash imkonini beradi, kasallikning og‘ir holatlarini, asoratlarini va o‘lim xavfini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonada davolanish muddatini 12,0 kundan 10,9 kunga qisqartirib, davolash uchun xarajatlar 642818 so‘mga kamaytirilgan. Shifoxonada davolanish davrining bir necha kunga va buyuriladigan dorilarning qisqartirilishi hisobiga har bir bemor uchun bir kunda 58438 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: klinik ko‘rinishi boshqa yuqumli kasalliklarga o‘xshash bo‘lgan holatlarda xantavirusning serologik markerlarini aniqlash bemorlarni davolash jarayonini optimallashtirish, asossiz ravishda o‘rin kunlarni band qilish va davolanishga sarflanishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni tejash bilan izohlanadi, bu esa, har bir bemor uchun 642 818 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: polimeraza zanjir reaksiyasida virus RNKsi aniqlanmaganligi sababli xantavirusli infeksiyani o‘z vaqtida tashxislashda immunoferment tahlilni ahamiyati isbotlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2022 yil 20 fevraldagi 39-son buyrug‘i hamda Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2022 yil 18 fevraldagi 14-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: xantavirus infeksiyasiga xos bo‘lgan virusemiya ko‘pincha yashirin davriga to‘g‘ri keladi, bu esa virusli RNKni PZR usullari bilan aniqlashni qiyinlashtiradi. Biroq, IFT usulini qo‘llash erta va aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi. Bu nafaqat infeksiya tarqalishining oldini olish va bemorning sog‘lig‘ini yaxshilashga yordam beradi, balki tejamkor bo‘lib, laboratoriya tekshiruvlari xarajatlarini tejaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: IFT (46200 so‘m) usulidan foydalangan holda xantaviruslar laboratoriya tashxisoti PZR (175000 so‘m) usuli bilan solishtirganda har bir laboratoriya tahlili uchun sarflanadigan xarajatlarni 128 800 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: xantavirusli infekiyalar laboratoriya tashxisotida IFT usulidan foydalanish infeksiyani erta va aniq tashxislash imkonini beradi, bu esa infeksiyaning tarqalishini oldini olish va bemorning sog‘lig‘ini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, u tejamkor bo‘lib, PZR usuliga solishtirganda har bir laboratoriya tekshiruvi uchun sarflanadigan xarajatlarni 128 800 so‘mga kamaytiradi.
«O‘zbekistonda xantavirus infeksiyalarining virusologik va epidemiologik jihatlari» mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha RIEMYuPKIATMning Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori tomonidan 2024 yil 18 martdagi 01-9/226-son xat yuborilgan.