Elmuratov Rashit Xojamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Tarixiy rivoyatlar tipologiyasi (qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori materiallari asosida), 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil2656.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Olim Sadiriddinovich, filologiya fanlari doktori, professor; Uteniyazov Polat Jumanyozovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq, turkman va ingliz folklorida tarixiy rivoyatlarning o‘ziga xosligi, tadqiq qilinishi, real obrazlar, tarixiy shaxslar ramziy talqini, motivlar, sujet va kompozisiya, badiiylik masalalarini qiyosiy asosda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq, turkman va ingliz folklorshunosligida tarixiy rivoyatlar o‘ziga xos voqeabandlik xususiyatiga ko‘ra epik janrlardan biri ekanligi, real voqealar asosiga qurilishi hamda bosh qahramonlarning tarixiy shaxslar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori tarixiy rivoyatlari strukturasida tarixiy-real voqealar bilan aloqador sujet va motivlarning qo‘llanilishida tarixiy shaxslar siymolari bilan bog‘liq obrazlarning folklor asarlaridagi epik janrga mansub shakliy-kompozision jihatlari baholanib, ularning o‘ziga xos afsona va rivoyatlarining folklor janrlariga oid boshqa xarakterdagi folklor asarlari, xususan, afsona va ertak, mifologik afsonalardan farqli jihati va bugungi kunga qadar lokal xususiyatlarini saqlab kelishi kabi janriy va tarixiy rivoyatlarning o‘ziga xos ijro usuli, tuzulishi kabi shakliy xususiyatlari oydinlashtirilgan;
qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori tarixiy rivoyatlarida real obrazlar, tarixiy shaxslar ramzining badiiy talqini va sujet tizimi orqali ularning mazkur folklor epik asarda badiiy obraz-ramziy timsolga aylanganligi ochib berilgan;
qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori materiallari asosida tarixiy rivoyatlarning o‘ziga xos obrazlilik va badiiylikka ega bo‘lishida ramziy-simvol, metafora, o‘xshatish, epitet, jonlantirish, tazod singari poetik va lingvopoetik bayon qilish vositalarining muhim poetik o‘ringa egaligi, ularda go‘zallikni vujudga keltiradigan, o‘quvchini ta’sirlantiradigan omillardan - adabiy shakl hodisasi hamda struktural-semantik kabi badiiy-estetik vazifalari va poetik asoslari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori materiallari asosida tarixiy rivoyatlar tipologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq, turkman va ingliz folklorshunosligida tarixiy rivoyatlar o‘ziga xos voqeabandlik xususiyatiga ko‘ra epik janrlardan biri ekanligi, real voqealar asosiga qurilishi hamda bosh qahramonlarning tarixiy shaxslar bilan bog‘liqligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, sujet va motivlari, poetikasi)” (2021-2023) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 4-avgustdagi 306/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq folklorida tarixiy rivoyatlarning o‘ziga xos janriy xususiyatlari belgilangan, sujeti, kompozisiyasi, obrazlar tizimi jahon va turkiy xalqlar folklori bilan qiyoslanib, tipologik o‘xshashliklari aniqlangan, tarixiy rivoyatlar matnlarini tahlil qilishning metodologik tomonlari yangilanishiga erishilgan;
qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori tarixiy rivoyatlari strukturasida tarixiy-real voqealar bilan aloqador sujet va motivlarning qo‘llanilishida tarixiy shaxslar siymolari bilan bog‘liq obrazlarning folklor asarlaridagi epik janrga mansub shakliy-kompozision jihatlari baholanib, ularning o‘ziga xos afsona va rivoyatlarining folklor janrlariga oid boshqa xarakterdagi folklor asarlari, xususan, afsona va ertak, mifologik afsonalardan farqli jihati va bugungi kunga qadar lokal xususiyatlarini saqlab kelishi kabi janriy va tarixiy rivoyatlarning o‘ziga xos ijro usuli, tuzulishi kabi shakliy xususiyatlari, real obrazlar, tarixiy shaxslar ramzining badiiy talqini va sujet tizimi orqali ularning mazkur folklor epik asarda badiiy obraz-ramziy timsolga aylanganligiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan I.V.Saviskiy nomidagi badiiy san’at muzeyida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikası Madaniyat vazirligining 2023-yil 18-iyundagi 2-04/874-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy shaxslar, buyuk siymolar, baxshi-jirovlar haqida xalq orasida saqlanib qolgan ma’lumotlarning rivoyat asosida paydo bo‘lganligi va ularning jahon va turkiy folklorshunoslikda rivoyat shaklida yaratilganligi, tarixiy rivoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari tipologik asosga ega ekanligini dalillangan;
qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori materiallari asosida tarixiy rivoyatlarning o‘ziga xos obrazlilik va badiiylikka ega bo‘lishida ramziy-simvol, metafora, o‘xshatish, epitet, jonlantirish, tazod singari poetik va lingvopoetik bayon qilish vositalarining muhim poetik o‘ringa egaligi, ularda go‘zallikni vujudga keltiradigan, o‘quvchini ta’sirlantiradigan omillardan - adabiy shakl hodisasi hamda struktural-semantik kabi badiiy-estetik vazifalari va poetik asoslariga oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Tilga e’tibor – elga e’tibor” dasturlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 5-iyuldagi 05-22/334-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur teleko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda milliy meroslarimizning xalqlar do‘stligini mustahkamlashda, madaniyat va fan sohalarida davlatlararo munosabatlarni, hamkorlikni bog‘lovchi vosita vazifasini bajarganligi yoshlar ongiga chuqur singdirilgan.