Xoliqov Hamidulla Vaydulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasini samarali tashkil etish yo‘nalishlari” (Directions of effective organization of the government securities circulation), 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2022.2.PhD/Iqt2220
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent xalqaro universiteti DSc. 22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadiyarov Zokir Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Qahhorov Azizjon Ahror o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasini samarali tashkil etish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aktivlar diversifikatsiyasini oshirish va tijorat banklarining daromad bazasini kengaytirish maqsadida risksiz qimmatli qog‘ozlar hisoblangan davlat qimmatli qog‘ozlariga investisiyalarni bank aktivlarining 5 foizigacha oshirish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi suveren va boshqa korporativ xalqaro kuponli qarz qimmatli qog‘ozlariga investisiya kiritish vositasida bankning yuqori likvidli aktivlari salmog‘ini oshirish, regulyator talablarini bajarish hamda daromad bazalarni diversifikatsiyalash asoslangan;
tijorat banklari likvidliligini ta’minlash maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlarining garovi asosidagi ikki haftalik teskari REPO bitimlarini amalda joriy qilish va bu orqali pul bozorida resurslar taqchilligini va foizlar o‘sishining oldini olish asoslangan;
davlat qimmatli qog‘ozlarining muomalasida investorlar bazasini oshirish, xususan, aholining ushbu qimmatli qog‘ozlar muomalasida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlarining moliya bozoridagi raqobatchi instrumenti hisoblangan bank omonatlarining davlat tomonidan kafolatlangan 200,0 million so‘mlik yuqori chegarasini belgilash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasini samarali tashkil etish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining aktivlarini diversifikatsiya qilishni ko‘paytirish va daromad bazasini kengaytirish maqsadida risksiz qimmatli qog‘ozlar hisoblangan davlat qimmatli qog‘ozlariga investisiyalar hajmini bank aktivlarining 5 foizigacha oshirishga doir taklifi Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATBning 2023-yil 13-iyundagi 1243/13-1301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada davlat qimmatli qog‘ozlariga investisiyalar hajmi 2023-yil 1-may holatiga o‘tgan 2022-yilga nisbatan 2,5 barobarga oshirishga, shuningdek, Markaziy banki obligatsichlari va davlat qimmatli qog‘ozlariga kiritilgan investisiyalar salmog‘i jami bank aktivlarining 5,25 foizi tashkil etib, ushbu ko‘rchatkichning bankning biznes-rejasida belgilangan daromad ko‘rsatkich salmog‘i 3 foizga oshgan;
O‘zbekiston Respublikasi suveren va boshqa korporativ xalqaro kuponli qarz qimmatli qog‘ozlariga investisiya kiritish vositasida bankning yuqori likvidli aktivlari salmog‘ini oshirish, regulyator talablarini bajarish hamda daromad bazalarni diversifikatsiyalashga doir taklifi Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATBning 2023-yil 13-iyundagi 1243/13-1301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yil 1-may holatiga bank tomonidan xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoridagi muomalada bo‘lgan 23.7 million AQSh dollari miqdoridagi 4,75 foiz, 3,9 foiz, 3,7 foizlik O‘zbekiston Respublikasi hukumati suveren evroobligatsiyalari hamda 5,75 foizlik “O‘zsanoatqurilishbank” ATB evroobligatsiyalari sotib olindi va evroobligatsiyalarga kiritilgan investisiyalar bankka jami 1,4 mln AQSh dollari miqdorida kupon va diskont ko‘rinishida daromad keltirib, jami evroobligatsiyalarga kiritilgan investisiyalardan olingan daromadni yillik 5,9 foizga oshirishga erishildi;
tijorat banklari likvidliligini ta’minlash maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlarining garovi asosidagi ikki haftalik teskari REPO bitimlarini amalda joriy qilish va bu orqali pul bozorida resurslar taqchilligini va foizlar o‘sishining oldini olish bo‘yicha taklifi Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATBning 2023-yil 13-iyundagi 1243/13-1301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2022-yildan boshlab, davlat qimmatli qog‘ozlarining garov jarayoni va REPO bitimlari sinov sifatida amalga oshirildi. 2023-yil 1-may holatiga jami 4 ta bitim amalga oshirilib, 554,7 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarining garovi va ular bo‘yicha REPO bitimlarini ro‘yhatdan olishga erishildi. Bu amaliyot orqali o‘tgan yilga nisbatan bankka 149,3 mln so‘m daromad keltirdi;
davlat qimmatli qog‘ozlarining muomalasida investorlar bazasini oshirish, xususan, aholining ushbu qimmatli qog‘ozlar muomalasida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlarining moliya bozoridagi raqobatchi instrumenti hisoblangan bank omonatlarining davlat tomonidan kafolatlangan 200,0 million so‘mlik yuqori chegarasini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil 15-yanvardagi 27-11/112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlat qimmatli qog‘ozlari risk appetiti past bo‘lgan aholi uchun jozibador tanlovga aylanadi, hamda bank omonatlari va davlat qimmatli qog‘ozlarining daromadliligi o‘rtasidagi tafovut bank omonatlarini yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lgan risk uchun premium bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish