Juraeva Dilafruz Jamurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosining yoshlar axloqiy-estetik tafakkurini shakllantirishdagi o‘rni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal588
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, ilmiy-ijodiy faoliyatini yoritish va badiiy-falsafiy merosini bugungi zamonaviy yoshlar axloqiy-estetik tafakkurini shakllantirishdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”sida ilk bor tabiat estetikasi janriga asos solib, milliy-ma’naviy merosda badiiy-estetik, ekspressiv-empirik ifoda uslubini yaratib, milliy estetik tafakkurda “estetik xarita” yaratganligi dalillangan;
Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy merosida axloqiy-estetik mazmundagi asarlarida xulqiy go‘zallik va axloq birligi, muhabbat va nafrat, ixtiyor erkinligi va taqdir, yaxshi niyat singari yetakchi tamoyillar uning ko‘chib yurgan davrlarida qo‘lga kiritgan katta tajriba asosi ekanligi mantiqiy isbotlangan;
Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy merosida ilgari surilgan sevgi-sadoqat, vafodorlik, mardlik, ezgulik, shijoat, olijanoblik kabi axloqiy-estetik tushunchalar yoshlar estetik immunitetini shakllantirib, yot g‘oyalarga qarshi kurashda birlamchi omil ekanligi asoslangan;
Mutafakkirning axloqiy-estetik qarashlarida lirik-romantik ohang, estetiklikni o‘ziga xosligi, miqyosiyligi, yo‘nalishlari badiiy makon, g‘oyaviylik, sirlilik, murakkablik kabi yetakchi tamoyillar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosining yoshlar axloqiy-estetik tafakkurini shakllantirishdagi o‘rnini tadqiq etish asosida:
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida tabiat estetikasi janrini olib kirib, milliy-ma’naviy merosda badiiy-estetik, empirik ifoda uslubi va tajriba asosida “milliy estetik xaritasi”ni yaratganiga oid taklif va tavsiyalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan ot-F1-106 raqamli “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 29-oktyabrdagi 04-11-6759-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining badiiy-falsafiy, tarixiy yo‘nalishlari aniqlangan va hozirgi davrdagi axloqiy-estetik qarashlardan foydalanib yoshlarning axloqiy-estetik tafakkurini shakllantirish va ularni dunyoqarashini tarbiyalashga xizmat qilgan;
Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy merosida axloqiy-estetik mazmundagi asarlarida xulqiy go‘zallik va axloq birligi, muhabbat va nafrat, ixtiyor erkinligi va taqdir, yaxshi niyat singari yetakchi tamoyillari ko‘chib yurish davrlarida qo‘lga kiritilgan katta tajriba asosi ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan 2022 yillarda bajarilgan ot-A1-98 raqamli “Jamiyatni isloh etish va modernizasiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari’ mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 8-noyabrdagi 04-01-6967-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutafakkir allomalar ilmiy merosini o‘rganish va uni hozirgi yoshlar tafakkurini yuksaltirishda xizmat qilgan;
Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy merosida ilgari surilgan sevgi-sadoqat, vafodorlik, insonpavarlik, ezgulik, olijanoblik kabi axloqiy-estetik tushunchalar hozirgi kunda yoshlar estetik immunitetini shakllantirishda birlamchi omil ekanligi asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2022-2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari”ning “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi 18-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 3-apreldagi 2/299-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosining yoshlar axloqiy-estetik tafakkurini shakllantirishga hamda uning badiiy-falsafiy merosini ochib berishga xizmat qilgan;
Zahiriddin Muhammad Boburning axloqiy-estetik qarashlarida lirik-romantik ohang, tarbiyaviylikni o‘ziga xosliklari aniqlanib, uning miqyosi, yo‘nalishlari, yetakchi tamoyillari (badiiylik, g‘oyaviylik, estetiklik, murakkablik) ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2022-yil avgust-sentyabr oylarida efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvlarining va “Samarqand sadosi” radio eshittirishlari dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-noyabdagi 01-12/436-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda Zahiriddin Muhammad Boburning axloq va muhabbat falsafasi haqidagi qarashlarini ularda axloqiy-estetik tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilgan/