Xalikulova Gulzada Tadjimuratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta tashkilotlarining innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt245.
Ilmiy maslahatchi: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sugurta tashkilotlarining innovatsion faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urta klassifikatorining barcha turlari bo‘yicha sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda amalga oshirish va barcha majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyotini bekor qilinishi taklif etilgan;
mamlakat makroiqtisodiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda sug‘urta biznesining mijozga yo‘naltirilgan modeliga o‘tish orqali sug‘urta faoliyatining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushining 0,1 foizga oshishi asoslangan;
sug‘urta shartnomalari hayotiylik davrida raqamli texnologiyadardan foydalangan holda, sug‘urta tashkilotlari faoliyatida risklarni individual baholash, firibgarlik holatlarini aniqlash va tariflarni risklilik darajasiga qo‘ra diversifikatsiya qilish orqali sug‘urta tashkilotlari anderrayting harajatlarini kamaytirish asoslangan;
sug‘urta tashkilotlari iqtisodiy samaradorligi tipologiyasini baholash mezonlarini shakllantirishda sug‘urta tashkilotining investisiya portfelini investision salohiyatni sifat omillarini inobatga olib, optimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy indikatorlarini mamlakat iqtisodiy barqarorligi va aholi farovonligiga ta’sirini aniqlash asosida sug‘urta mukofotlarining, sug‘urta to‘lovlarining va sug‘urta tashkilotlari sonining 2028 yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urta tashkilotlarining innovatsion faoliyati samaradorligi oshirish yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta klassifikatorining barcha turlari bo‘yicha sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda amalga oshirish va barcha majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyotini bekor qilinishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston moliya vazirligining 2022-yil 4 iyuldagi 06/04-32/2365-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining 2024-yil 16 martdagi 35-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkilotlari biznes jarayonlari soddalashtirildi, sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta polislarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar kamaydi va sug‘urta faoliyatini raqamlashtirishga erishildi;
mamlakat makroiqtisodiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda sug‘urta biznesining mijozga yo‘naltirilgan modeliga o‘tish orqali sug‘urta faoliyatining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushining 0,1 foizga oshishi taklifi O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta biznesining mijozga yo‘naltirilgan modeliga o‘tishda foydalanilgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2024-yil 16 martdagi 35-son va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 15 yanvardagi 119-son ma’lumotnomalari). Natijada, Sug‘urta bozorini transformatsiya jarayonida sug‘urta mahsulotlarining jazibadorligini oshirish maqsadida sug‘urta biznesining mijozga yo‘naltirilgan modeliga o‘tish, sug‘urta mukofotlarining hududiy nomutanosibligini inobatga olib, Customer Relationship Management boshqaruv mexanizmidan foydalanish taklifini amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2023-yil sug‘urta mukofotlari 8,1 trln. so‘mni tashkil etib, 130 foiz o‘sishga (absolyut raqamda 1,9 trln. so‘m miqdorida oshgan) erishildi va sug‘urta faoliyatining yalpi ichki mahsulotlagi ulushi 2022-yilga nisbatan 0,1 foizga ortishiga hamda 2023-yilda sug‘urta faoliyatining yalpi ichki mahsulotlagi ulushi jami 0,8 foizga ko‘tariliga olib kelgan;
sug‘urta shartnomalari hayotiylik davrida raqamli texnologiyadardan foydalangan holda, sug‘urta tashkilotlari faoliyatida risklarni individual baholash, firibgarlik holatlarini aniqlash va tariflarni risklilik darajasiga qo‘ra diversifikatsiya qilish orqali sug‘urta tashkilotlari anderrayting harajatlarini kamaytirish taklifi O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta shartnomalari hayotiylik davrida raqamli texnologiyadardan foydalanilgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2024-yil 16 martdagi 35-son va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 15 yanvardagi 119-son ma’lumotnomalari). Natijada, sug‘urta kompaniyasining anderrayting xarajatlari 12,3 foizga kamaygan va asosiy faoliyatdan olingan daromad 2022-yil 93,6 mlrd.so‘m miqdoriga etishi ta’minlangan;
sug‘urta tashkilotlari iqtisodiy samaradorligi tipologiyasini baholash mezonlarini shakllantirishda sug‘urta tashkilotining investisiya portfelini investision salohiyatni sifat omillarini inobatga olib, optimallashtirish algoritmini joriy qilishi O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan innovatsion tadbirkorlik faoliyati modelini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2024-yil 16 martdagi 35-son va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 15 yanvardagi 119-son ma’lumotnomalari). Natijada, sug‘urta kompaniyasining ROE (Return on Equity) koeefisienti 80,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 63,7 foizga ko‘tarilishi ta’minlangan;
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini mamlakat iqtisodiy barqarorligi va aholi farovonligiga ta’sirini aniqlash asosida sug‘urta mukofotlarining, sug‘urta to‘lovlarining va sug‘urta tashkilotlari sonining 2028 yilgacha prognoz qiymatlari asoslash taklifidan «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasi va O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining
2024-2028 yillarga mo‘ljallangan sug‘urta tashkilotining rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasida foydalanilgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2024-yil 11 yanvardagi 19-son va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 18 yanvardagi 115-son ma’lumotnomalari). Natijada, sug‘urta mukofotlari hajmi 10987,6 mlrd. so‘m, sug‘urta to‘lovlari hajmi
4513,24 mlrd. so‘m va sug‘urta tashkilotlarining soni 62 taga o‘sishi prognoz qilingan.