Elboev Bobur Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bank kafolatlarini berish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2225.
Ilmiy rahbar: Umarov Zafar Absamatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bank kafolatini berish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banki tomonidan mijozlarning uchinchi shaxslar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash va kredit riskini kamaytirish maqsadida bank kafolatini qoplangan va qoplanmagan shaklda rasmiylashtirish taklifi asoslangan;
xo‘jalik subektlariga bank kafolatini taqdim etish jarayonini optimallashtirish, xavf-xatarlarni baholashni takomillashtirish, kafolat berish yoki bermaslik to‘g‘risida qarorlarni qabul qilish muddatini 5 ish kuniga qisqartirish maqsadida risklarni aniqlash, baholash va boshqarishni nazarda tutuvchi anderrayting tizimidan foydalanish zarurligi asoslangan;
xorijiy valyutada bank kafolatini rasmiylashtirishda prinsipalning to‘lovga layoqatligini valyuta (0%≤ER≤50%), kredit (0%≤CR≤35%), likvidlilik (0%≤LR≤5%), operatsion (0%≤OR≤5%) va firibgarlik (0%≤FR≤5%) riski toifalariga ajratgan holda baholash taklif etilgan;
bank kafolatiga doimiy ehtiyoji bo‘lgan mijozlarga 1 (bir) yil muddatgacha kredit liniyasi doirasida kafolat berish taklifi berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank kafolatlarini berish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banki tomonidan mijozlarning uchinchi shaxslar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash va kredit riskini kamaytirish maqsadida bank kafolatini qoplangan va qoplanmagan shaklda rasmiylashtirish taklifi AT «Xalq banki» Boshqaruvining 2023 yil 28 apreldagi 45/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uchinchi shaxslar oldida Xalq bankining kafolat va kafilliklarini berish Tartibi»da (AT «Xalq banki»ning 2024 yil 02 apreldagi 01-23/211-son ma’lumotnomasi), «Mikrokreditbank» ATB Boshqaruvining 2022 yil 30 noyabrdagi 119-5-sonli qarori bilan tasdiqlangan ««Mikrokreditbank» ATB tizimida kredit yig‘ma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamenti»da foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 24 martdagi 06-16/4698-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT «Xalq banki»da bank kafolatidan foydalangan mijozlar soni 10 foizga, «Mikrokreditbank» ATBda 15 foizga oshgan, to‘liq ijro etilgan, bank kafolati o‘z vaqtida qaytishi ta’minlangan;
xo‘jalik subektlariga bank kafolatini taqdim etish jarayonini optimallashtirish, xavf-xatarlarni baholashni takomillashtirish, kafolat berish yoki bermaslik to‘g‘risida qarorlarni qabul qilish muddatini 5 ish kuniga qisqartirish maqsadida risklarni aniqlash, baholash va boshqarishni nazarda tutuvchi anderrayting tizimidan foydalanish taklifi AT «Xalq banki» Boshqaruvining 2023 yil 28 apreldagi 45/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uchinchi shaxslar oldida Xalq bankining kafolat va kafilliklarini berish Tartibi»da, «Kredit anderraytingi departamenti to‘g‘risida»gi Nizomida (AT «Xalq banki»ning 2024 yil 02 apreldagi 01-23/211-son ma’lumotnomasi), «Mikrokreditbank» ATB Boshqaruvining 2023 yil 6 fevraldagi 10-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mikrokreditbank» ATB tizimida tadbirkorlik subektlarini kreditlashda anderrayting xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 24 martdagi 06-16/4698-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» ATB filiallarida bank kafolatini so‘ragan mijozlarning to‘lovga layoqatliligini baholash, anderrayting tizimi asosida bank kafolatini berish yoki bermaslik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish tezligi 2 baravarga oshgan, kafolat turlariga karab arizani ko‘rib chiqish muddatini 5 ish kuniga qisqartirgan;
xorijiy valyutada bank kafolatini rasmiylashtirishda prinsipalning to‘lovga layoqatligini valyuta (0%≤ER≤50%), kredit (0%≤CR≤35%), likvidlilik (0%≤LR≤5%), operatsion (0%≤OR≤5%) va firibgarlik (0%≤FR≤5%) riski toifalariga ajratgan holda baholash taklifi AT «Xalq banki» Boshqaruvining 2023 yil 4 apreldagi 34/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan «AT Xalq bankining Kredit siyosati», 2023 yil 28 apreldagi 45/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uchinchi shaxslar oldida Xalq bankining kafolat va kafilliklarini berish Tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Xalq banki»ning 2024 yil 02 apreldagi 01-23/211-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank kafolatini rasmiylashtirishda risk-appetiti ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan, muammoli bank kafolatlari ulushi AT «Xalq banki»da 4,5 foizga kamayishiga erishilgan;
bank kafolatiga doimiy ehtiyoji bo‘lgan mijozlarga 1 (bir) yil muddatgacha kredit liniyasi doirasida kafolat berish taklifi AT «Xalq banki» Boshqaruvining 2023 yil 28 apreldagi 45/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uchinchi shaxslar oldida Xalq bankining kafolat va kafilliklarini berish Tartibi»da (AT «Xalq banki»ning 2024 yil 02 apreldagi 01-23/211-son ma’lumotnomasi), «Mikrokreditbank» ATB Boshqaruvining 2022 yil 30 noyabrdagi 119-5-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mikrokreditbank» ATB tizimida kredit yig‘ma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamenti»da foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 24 martdagi 06-16/4698-son ma’lumotnomasi). Natijada, belgilangan limit doirasida bank kafolatidan foydalanish imkoni yaratilgan, berilgan kafolatlar summasi AT «Xalq banki»da 10 foizga, «Mikrokreditbank» ATB da 12 foizga oshgan.