Razzaqov Jasur Xamraboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biznes loyihalarini moliyalashtirish va samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt541
Ilmiy maslahatchi: Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjonov Odil Olimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Qulliev Istam Yangimurodovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Biznes loyihalarini moliyalashtirish va samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijobiy kredit va soliq tarixiga ega biznes subektlarining faoliyatni kengaytirish bo‘yicha biznes loyihalariga Biznesni rivojlantirish banki va boshqa vakolatli banklar tomonidan kreditlar ajratishda garov talabini 50 foizga kamaytirish taklif etilgan;
yashil va energiya samarador loyihalarni amalga oshirishda kompensatsiya ajratish, moliyaviy resurslar jalb qilishda kafilliklar berish, xamda, o‘rta biznes subektlari ustav kapitalida ta’sischi sifatida ishtirok etish asosida kapital yo‘naltirish faoliyatlarini amalga oshiruvchi maxsus tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi davlat jamg‘armasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
sindikatli kreditlashda loyihalar ko‘lami, muddati, murakkabligidan kelib chiqqan holda bir bosqichli sindikatlash yoki ikki bosqichli sindikatlash mexanizmini qo‘llash orqali biznes loyihalarini moliyalashtirish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot etishtirish loyihalarini, alohida limonchilik loyihalarini kreditlashda foiz stavkasini qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravari miqdorida belgilash va umumiy loyihalar bo‘yicha kreditlami 5 yilgacha, limonchilik loyihalarini esa 7 yil muddatga ajratish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan biznes loyihalarini moliyalashtirishda loyiha ishonchliligini baholashga qaratilgan due diligence hisobotini joriy etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biznes loyihalarini moliyalashtirish va samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijobiy kredit va soliq tarixiga ega biznes subektlarining faoliyatni kengaytirish bo‘yicha biznes loyihalariga Biznesni rivojlantirish banki va boshqa vakolatli banklar tomonidan kreditlar ajratishda garov talabini 50 foizga kamaytirish taklifi (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 12-yanvardagi 9/03-30-434-son ma’lumotnomasi). Natijada garov ta’minoti bo‘yicha muammolarga duch kelayotgan yuqori rentabelli biznes loyihalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-292 sonli Qarorida o‘z aksini topgan;
yashil va energiya samarador loyihalarni amalga oshirishda kompensatsiya ajratish, moliyaviy resurslar jalb qilishda kafilliklar berish, shuningdek o‘rta biznes subektlari ustav kapitalida ta’sischi sifatida ishtirok etish asosida kapital yo‘naltirish faoliyatlarini amalga oshiruvchi maxsus tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi davlat jamg‘armasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 12-yanvardagi 9/03-30-434-son ma’lumotnomasi). Natijada yashil iqtisodiyotga o‘tishda yashil loyihalarni samarali amalga oshirishda moliyalashtirish yo‘nalishlari ilmiy asoslangan va davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-292 sonli Qarorida berilgan taklif asosida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini transformatsiya qilish belgilangan;
sindikatli kreditlashda loyihalar ko‘lami, muddati, murakkabligidan kelib chiqqan holda bir bosqichli sindikatlash yoki ikki bosqichli sindikatlash mexanizmini qo‘llash orqali biznes loyihalarini moliyalashtirish taklifi (Turonbank ATBning 2024-yil 22-yanvardagi 16/02-14-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalarning ko‘lami, muddati, murakkabligidan kelib chiqqan holda loyihalarni sindikatli kreditlashning bir bosqichli yoki ikki bosqichli shaklda amalga oshirish ilmiy asoslangan hamda loyihadagi moliyaviy risklarni samarali boshqarish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot etishtirish loyihalarini, shuningdek alohida limonchilik loyihalarini kreditlashda foiz stavkasini qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravari miqdorida belgilash va umumiy loyihalar bo‘yicha kreditlarni 5 yilgacha, limonchilik loyihalarini esa 7 yil muddatga ajratish taklifi (Turonbank ATBning 2024-yil 22-yanvardagi 16/02-14-son ma’lumotnomasi). Natijada Turonbank ATBda qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot etishtirish loyihalari uchun kredit mahsulotlarini taqdim etish, mazkur kredit mahsulotining foiz stavkasini qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravari miqdorida belgilash qayd etilgan hamda mazkur moliyalashtirish shakli loyiha tashabbuskori va tijorat banki manfaatlariga xizmat qilishi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan biznes loyihalarini moliyalashtirishda loyiha ishonchliligini baholashga qaratilgan due diligence hisobotini joriy etish taklifi (Turonbank ATBning 2024-yil 22-yanvardagi 16/02-14-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishonchliligi va istiqbolliligi, moliyalashtirish talablari va investision samaradorlikning maqsadga muvofiqligi, loyiha jamoasining amaliy tajribasi kabilarni oldindan baholash imkoniyatini berishi ilmiy asoslangan.