Turkmanov A’zam Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarda xarajatlar hisobini takomillashtirish”, 08.00.08-“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3048.
Ilmiy rahbar: Axmedov Sayfullo Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xajimurotov Nizomjon Shukurulaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yo‘ldosheva Inoyat Zikriyaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarda xarajatlar hisobini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarda xarajatlar hisobi” tushunchasi qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarning biznes jarayonida vujudga keladigan xarajatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, xarajatlarni hisobga olishni boshqarishning quyi tizimining axborot-tahliliy uslubini qo‘llash  nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlar  xarajatlari hisobini javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olishni 2200-“Biznes-jarayonlar uchun xarajatlarni hisobga olish” ishchi schyotini hisob siyosatiga kiritish orqali individual biznes jarayonlarida xarajatlar to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va shaffofligini ta’minlash asoslangan;
mashina-traktor parklarida xarajatlar hisobi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hamda unga texnik xizmat ko‘rsatishning mavsumiyligi ta’sirida xarajatlar hisobidagi paydo bo‘luvchi noaniqlik va beqarorlik holatlarini kamaytirish imkonini beruvchi kompleks uslubiy yondashuvni tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlar tomonidan bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisobot mashina-traktor parklari faoliyatidagi mavsumiylik omilini hisobga olgan holda xarajatlar to‘g‘risida segmentlar kesimidagi hisobot turlariga ajratish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarda xarajatlari hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarda xarajatlar hisobi” tushunchasini qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarning biznes jarayonida vujudga keladigan xarajatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, xarajatlarni hisobga olishni boshqarishning quyi tizimining axborot-tahliliy uslubini qo‘llash nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid  nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi  68-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarning biznes jarayonida vujudga keladigan xarajatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, xarajatlarni hisobga olishni boshqarishning quyi tizimining axborot-tahliliy uslubini qo‘llash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlarda xarajatlar hisobi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlar  xarajatlari hisobini javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olishni 2200-“Biznes-jarayonlar uchun xarajatlarni hisobga olish” ishchi schyotini hisob siyosatiga kiritish orqali individual biznes jarayonlarida xarajatlar to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va shaffofligini ta’minlash taklifi “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 2-iyundagi 09-03/101-504-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mashina traktor parkida buxgalteriya hisobining individual biznes jarayonlarida javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
mashina-traktor parklarida xarajatlar hisobi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hamda unga texnik xizmat ko‘rsatishning mavsumiyligi ta’sirida xarajatlar hisobidagi paydo bo‘luvchi noaniqlik va beqarorlik holatlarini kamaytirish imkonini beruvchi kompleks uslubiy yondashuvni tatbiq etish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 2-iyundagi 09-03/101-504-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlar biznes jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mavsumiy xususiyatiga moslashtirishda strategik ahamiyatga ega xarajatlarini kompleks uslubiy jihatdan takomillashtirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi subektlar tomonidan bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisobotni mashina-traktor parklari faoliyatidagi mavsumiylik omilini hisobga olgan holda xarajatlar to‘g‘risida segmentlar kesimidagi hisobot turlariga ajratish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 2-iyundagi 09-03/101-504-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatuvchi subektning segmentlar bo‘yicha mavsumiylik omilini hisobga olish va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlar shaffofligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish