Asqarov Sarvar Anvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli transformatsiya sharoitida chakana bank xizmatlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1793.
Ilmiy rahbar: Mamadiyarov Zokir Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tashkent International University, DSc.22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Qulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida chakana bank xizmatlarini zamonaviy yondashuvlaridan foydalangan holda takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslarni kreditlashda ekologik standartlarga javob beradigan qayta tiklanuvchi energiya manba-qurilmalari va energiya saqlash tizimlarini sotib olish uchun ko‘chmas mulk (turar joy) garovi asosida kredit berishni oshirish asoslangan;
kreditlash jarayonlarini raqamlashtirish orqali jismoniy shaxslarga yangi turdagi kredit mahsulotlarini ishlab chiqgan holda “My Turon” mobil ilovasi orqali olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha taklifi ishlab chiqilgan;
bankning chakana kreditlash amaliyotini ish haqi loyihasi doirasida ish beruvchi korxonaning kafilligi asosida kengaytirishi orqali chakana kreditlash hajmini oshirish taklif etilgan;
banklarda kredit riskini minimallashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning qarz yukini bank kreditlari, muddatli boshqa to‘lovlar, kommunal va boshqa to‘lovlari bilan birgalikda qarzdorlik qoldig‘idan kelib chiqib aniqlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli transformatsiya sharoitida chakana bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jismoniy shaxslarni kreditlashda ekologik standartlarga javob beradigan qayta tiklanuvchi energiya manba-qurilmalari va energiya saqlash tizimlarini sotib olish uchun ko‘chmas mulk (turar joy) garovi asosida kredit berishni oshirish taklifi ““Turonbank” ATB tizimida jismoniy shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini hosil qiluvchi, energiya tejovchi qurilmalar sotib olish va o‘rnatish uchun “Eco energy” nomli moliyaviy iste’mol kredit berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 20-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATB Boshqaruvining 2023 yil 1 iyundagi 23/03-204-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Turonbank” ATBdi jismoniy shaxslarni kreditlashni yashil moliyalashtirish - “Green Technology Selection” usulidan samarali foydalanish orqali ekologik standartlarga javob beradigan qayta tiklanuvchi energiya manba-qurilmalari va energiya saqlash tizimlarini sotib olish uchun ko‘chmas mulk garovi asosida “Eco energy” nomli moliyaviy iste’mol kredit berish tartibi ishlab chiqildi;
kreditlash jarayonlarini raqamlashtirish orqali jismoniy shaxslarga yangi turdagi kredit mahsulotlarini ishlab chiqgan holda “My Turon” mobil ilovasi orqali olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha taklifi ““Turonbank” ATB tizimida jismoniy shaxslarga mikroqarz berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomida foydalanilgan (“Turonbank” ATB Boshqaruvining 2023 yil 1 iyundagi 23/03-204-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Turonbank” ATBda jismoniy shaxslarga yangi 2 ta turdagi kredit mahsulotlari yaratildi. Mikroqarz rasmiylashtirish to‘liq raqamlashtirilgan holda “My Turon” mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratildi. Bank mijozlari uchun raqamli chakana bankka aylanish barobarida bank kreditlaridan ko‘rilgan daromad 2023 yilning birinchi choragida 2022 yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan va 265,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
bankning chakana kreditlash amaliyotini ish haqi loyihasi doirasida ish beruvchi korxonaning kafilligi asosida kengaytirishi orqali chakana kreditlash hajmini oshirish taklifi “2021-2023 yillarda “Turonbank” ATBning rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATB Boshqaruvining 2023 yil 1 iyundagi 23/03-204-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Turonbank” ATBda chakana kreditlash hajmi 2023 yilning 1 yanvar holatiga 2022 yilning mos davriga nisbatan 39,6%ga oshib 1597 mlrd.so‘mni tashkil etdi;
banklarda kredit riskini minimallashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning qarz yukini bank kreditlari, muddatli boshqa to‘lovlar, kommunal va boshqa to‘lovlari bilan birgalikda qarzdorlik qoldig‘idan kelib chiqib aniqlash taklifi “2021-2023 yillarda “Turonbank” ATBning rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATB Boshqaruvining 2023 yil 1 iyundagi 23/03-204-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bankda kredit oluvchining qarz yuki darajasini aniq baholash va jismoniy shaxslarni kreditlashda kredit riskini minimallashtirishga erishildi.