Genjemuratov Yakipbek Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar va uning xorij tadqiqotlarida yoritilishi», 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1181.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/30.12.2019. Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karlibaev Makset Abdibaevich, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar va uning xorij tadqiqotlarida yoritilishi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Osiyo mintaqasini o‘rganadigan xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida Sovet Ittifoqi va g‘arb o‘rtasidagi antogonistik g‘oyalar ustun bo‘lib, ularda asosan sobiq sovet hokimiyatining totalitar siyosatining fojialari, oqibatlari, xususan, yopilayotgan o‘nlab sanoat korxonalari, ishi va tirikchiligini yo‘qotgan minglab odamlar, vayron bo‘lgan shaharlar, odamlar tashlab ketganligi, qum bilan qoplanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarga urg‘u qaratilgani ochib berilgan;
1990 yilgacha Markaziy Osiyo mintaqasini o‘rganuvchi ko‘plab xorijiy tadqiqot markazlari va muassasalar mavjud turli xil manbalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi sharoitida Qoraqalpog‘iston hududining asosiy geosiyosiy jihatlariga oid cheklangan ma’lumotlar berilgan bo‘lsa-da, xorijiy mualliflarning fikr va qarashlari bir yoqlama yondashuvlardan, ya’ni stereotiplardan farqli o‘laroq, plyuralistik nuqtai-nazarning aks etishi mintaqaning keyingi davrlarda turli rakurslardan o‘rganilishiga turtki bo‘lganligi asoslangan;
xorijlik tadqiqotchilar bir vaqtlar gullab-yashnagan Qoraqalpog‘iston hududi iqtisodiy va sanoat aloqalari, qishloq xo‘jaligi, eng muhimi, xalqlar taqdirini buzgan gumanitar falokatga duch kelganini tadqiq etish barobarida o‘lkadagi salbiy iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik natijasida migratsiya oqimi kengayib borishi kabi ijtimoiy mavzularga ham e’tibor qaratilishiga asos bo‘lganligi yoritilgan;
mustaqillikdan keyingi davrda xorijiy tadqiqotchilarning totalitar tizim sharoitida Qoraqalpog‘istondagi ishlab chiqarishni rivojlanishining mustamlakachilik xarakteri, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarining illatlari namoyon bo‘lishi va ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishning “umummilliy” xususiyatlarini tahlil qilgan holda chiqargan xulosalari Markazning mintaqadagi iqtisodiy siyosatining imperiya yo‘nalishini ochib berishga, shuningdek, sovet boshqaruv tizimining "og‘riqli nuqtalarini" aniqlashga imkon berganligi ko‘rsatib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, dissertatsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar va uning xorij tadqiqotlarida yoritilishi yuzasidan nazariy va umumlashtiruvchi xulosalari Qoraqalpog‘istonning yangi tarixini boyitish, yangi ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqotda keltirilgan fakt va ma’lumotlar Qoraqalpog‘istonning yangi tarixini o‘rganuvchi tarixchi, siyosatshunos va sotsiologlarning tadqiqotlarini boyitishga, oliy o‘quv yurtlarida o‘rganilayotgan mutaxassislik bo‘yicha fanlar mazmunini sezilarli darajada kengaytirishga, jamiyatning ma’naviy-madaniy taraqqiyotini, madaniy qadriyatlarni, ma’naviy merosni, davlatchilik tarixini o‘rganish va asrab-avaylashga qaratilgan manzilli davlat dasturini amalga oshirishga ham xizmat qiladi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijiy tadqiqotchilar materiallarida Qoraqalpog‘istonning yangi tarixini o‘rganish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar quyidagicha amalga oshirildi:
Markaziy Osiyo mintaqasini o‘rganadigan xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida Sovet Ittifoqi va g‘arb o‘rtasidagi antogonistik g‘oyalar ustun bo‘lib, ularda asosan sobiq sovet hokimiyatining totalitar siyosatining fojialari, oqibatlari, xususan, yopilayotgan o‘nlab sanoat korxonalari, ishi va tirikchiligini yo‘qotgan minglab odamlar, vayron bo‘lgan shaharlar, odamlar tashlab ketganligi, qum bilan qoplanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarga urg‘u qaratilgani bo’yicha natijalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-IZ-GOO2 “Qaraqalpaqstan tariyxı (1991-2015-jıllar)” loyihasini yozish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 1-iyundagi 234/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sovet davridagi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-madaniy tarixiga oid qarashlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
1990 yilgacha Markaziy Osiyo mintaqasini o‘rganuvchi ko‘plab xorijiy tadqiqot markazlari va muassasalar mavjud turli xil manbalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi sharoitida Qoraqalpog‘iston hududining asosiy geosiyosiy jihatlariga oid cheklangan ma’lumotlar berilgan bo‘lsa-da, xorijiy mualliflarning fikr va qarashlari bir yoqlama yondashuvlardan, ya’ni stereotiplardan farqli o‘laroq, plyuralistik nuqtai-nazarning aks etishi mintaqaning keyingi davrlarda turli rakurslardan o‘rganilishiga turtki bo‘lganligi borasidagi natijalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-IZ-GOO2 “Qaraqalpaqstan tariyxı (1991-2015-jıllar)” loyihasini yozish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023 yil 1-iyundagi 234/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-madaniy tarixiga tegishli bo‘lgan masalalarni xorijiy tadqiqotlar nuqtai-nazaridan yoritib berishga xizmat qilgan;
xorijlik tadqiqotchilar bir vaqtlar gullab-yashnagan Qoraqalpog‘iston hududi iqtisodiy va sanoat aloqalari, qishloq xo‘jaligi, eng muhimi, xalqlar taqdirini buzgan gumanitar falokatga duch kelganini tadqiq etish barobarida o‘lkadagi salbiy iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik natijasida migratsiya oqimi kengayib borishi kabi ijtimoiy mavzularga ham e’tibor qaratilishiga asos bo‘lganligi bo’yicha natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyidagi eksponatlarni boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2023-yil 31-maydagi 200-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilarga sovet davridagi siyosat tufayli yuz bergan iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hodisalar moiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
mustaqillikdan keyingi davrda xorijiy tadqiqotchilarning totalitar tizim sharoitida Qoraqalpog‘istondagi ishlab chiqarishni rivojlanishining mustamlakachilik xarakteri, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarining illatlari namoyon bo‘lishi va ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishning “umummilliy” xususiyatlarini tahlil qilgan holda chiqargan xulosalari Markazning mintaqadagi iqtisodiy siyosatining imperiya yo‘nalishini ochib berishga, shuningdek, sovet boshqaruv tizimining "og‘riqli nuqtalarini" aniqlashga imkon berganligiga oid ilmiy natijalardan «Qoraqalpog‘iston» Radiokanalidagi «Fan va ta’lim» axborot-ta’lim dasturidagi eshittirishi ssenariylarini tuzishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023-yil 31-maydagi 05-22/286-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda qoraqalpoq xalqi tarixiga yangicha qarashlar shakllanishiga imkon bergan.