Baratov Sa’dulla Norjigit o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda byudjet siyosati yo‘nalishlaridan foydalanish ustuvorliklari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2757
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Ruzieva Dilobar Isomjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Nurullaev Abdulaziz Sirojiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan byudjet xarajatlari siyosati ustuvorliklari yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy himoya nofaol ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy siyosatni to‘ldirishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilligini ta’minlash asoslangan;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan kambag‘al oilalar farzandlariga bola nafaqasi miqdorini tayinlashda har bir oila a’zolarining yoshi, oila to‘liqmasligidan kelib chiqib belgilash taklif etilgan;
xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik nafaqa pulini byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lab berish orqali gender tengligini ta’minlash hamda ayollarni mehnatga layoqatsizlik davrida kambag‘allik riskidan himoya qilishi asoslangan;
ijtimoiy himoya manzilliligi va maqsadliligini taminlashda aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar uchun mablag‘larni bevosita mahalla ettiligi ijtimoiy xodimi instituti orqali ajratish bilan ijtimoiy himoya natijadorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda byudjet siyosati ustuvorliklaridan foydalanishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy himoya nofaol ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy siyosatni (ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini) to‘ldirishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilligini ta’minlashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni 2.3-bandi 8-maqsad yo‘nalishlarini ishlab chiqilishida foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 16-noyabrdagi 01/00-03/07-11315-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kambag‘allikni qisqartirishda inson kapitalini rivojlantirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sonini qisqarishiga hamda oilaning minimal daromad manbai ta’minlanishiga xizmat qildi;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan kambag‘al oilalar farzandlariga bola nafaqasi miqdorini tayinlashda har bir oila a’zolarining yoshi, oila to‘liqmasligidan kelib chiqqan holda belgilashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni 2,3-bandi 8-maqsad yo‘nalishlarini ishlab chiqilishida foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 16-noyabrdagi 01/00-03/07-11315-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qonunda belgilangan nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlarini kambag‘allik chegarasi 620 ming so‘mdan kam bo‘lmasligiga ilmiy asos yaratildi;
xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik nafaqa pulini byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lab berish taklifi gender tengligini ta’minlash hamda ayollarni mehnatga layoqatsizlik davrida kambag‘allikka riskidan himoya qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni 2.2-bandi 6-maqsad yo‘nalishlarini ishlab chiqilishida foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 16-noyabrdagi 01/00-03/07-11315-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining 1952-yildagi “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirishga imkon berdi;
ijtimoiy himoya manzilligi va maqsadliligini oshirishda aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar uchun mablag‘larni bevosita mahalla ettiligi ijtimoiy xodimi darajasida tartibga solish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni 2.1-bandi 2-maqsad yo‘nalishlarini ishlab chiqilishida foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 16-noyabrdagi 01/00-03/07-11315-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikaning 208 ta tumanida ijtimoiy himoya maqsadliligini ta’minlashda professional ishtirokchilarning faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratib berdi.