Salaxiddinov Ma’suddin Sadriddinovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ta’lim tizimida sanoat va interer dizayning o‘rni», 17.00.05 – Dizayn nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/San161. 
Ilmiy rahbar: Ziyaev Abdumannob Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Imamov Azizxon, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston ta’lim tizimida interer va sanoat dizayni ta’limining asosiy bosqichlarini aniqlash va jahon tajribasida dizayn ta’limi modelining rivojlanish istiqbollarini nazariy asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning ikkinchi yarmida ikkinchi jahon urushi natijasida O‘zbekistonda yirik zavodlarning ishga tushirilishi mashinasozlik, avtomobilsozlik sanoati rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsada,  sovet davrining kapitalistik mamlakatlardan izolyasiyasi tufayli industrial mahsulotlarning dizayni rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani asoslangan; 
dizayn ta’limining Italiyada yagona ta’lim tizimiga bo‘ysundirilmagan, AQShda  marketingga asoslangan, Yaponiyada  milliylik va umumbashariylik sintezi qo‘llanilgan dizayn maktablari rivojlanganligi, Germaniya va Angliyada uzlyuksiz vertikal dizayn-ta’limi modellariga tayanganligi, O‘zbekistonda “tizimli majmuaviylik” metodiga asoslanayotganligi dalillangan;
O‘zbekistonda dizayn ta’limi tarixiy-siyosiy voqealar fonida bosqichma-bosqich shakllangani, birinchi bosqich mamlakatda engil sanoatni rivojlantirish siyosati bilan bog‘liq holda, ikkinchi bosqich mustaqillikka erishgandan so‘ng jahon sanoat va dizayn tendensiyalarini o‘zlashtirish, postindustrial jamiyatga o‘tish bilan bog‘liq holda rivojlanganligi aniqlangan;
XX asrga qadar O‘zbekiston madaniy rivojida badiiy hunarmandchilikda matosozlik, to‘qimachilikning yetakchilik qilganligi dastlab engil sanoat, to‘qimachilik sohasida dizayn texnologiyasi hamda poligrafiya sohalarida dizayner-konstruktor kadrlar tayyorlash zaruratini vujudga keltirganligi dalillangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston ta’lim tizimida sanoat va interer dizaynini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dizayn ta’limining Italiyada yagona ta’lim tizimiga bo‘ysundirilmagan, AQShda  marketingga asoslangan, Yaponiyada  milliylik va umumbashariylik sintezi qo‘llanilgan dizayn maktablari rivojlanganligi, Germaniya va Angliyada uzlyuksiz vertikal dizayn-ta’limi modellariga tayanganligi, O‘zbekistonda “tizimli majmuaviylik” metodiga asoslanayotganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan 2021-2022-yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bajarilgan IL-422105582 “O‘zbekiston badiiy ta’limi tizimida “Onlayn muzey” elektron galereyasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2023-yil 08-fevraldagi EB38535738-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasi doirasida “Zamonaviy muzey dizayni” taqdimoti zamonaviy muzeylar faoliyatida sanoat dizayniga oid ko‘rgazmalar va ijodiy ishlar namoyishi hamda ilm-fan muzeylari ekspozisiyasining innovatsion dizayn echimi, ta’limdagi rennovatsion holatlarni belgilashda soha vakillari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonda dizayn ta’limi tarixiy-siyosiy voqealar fonida bosqichma-bosqich shakllangani, birinchi bosqich mamlakatda engil sanoatni rivojlantirish siyosati bilan bog‘liq holda, ikkinchi bosqich mustaqillikka erishgandan so‘ng jahon sanoat va dizayn tendensiyalarini o‘zlashtirish, postindustrial jamiyatga o‘tish bilan bog‘liq holda rivojlanganligi bo‘yicha aniqlangan ilmiy natijalardan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bajarilgan IL-422105582 “O‘zbekiston badiiy ta’limi tizimida “Onlayn muzey” elektron galereyasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2023-yil 08-fevraldagi EB38535738-son ma’lumotnomasi). Natijalar jahon sanoat va dizayn tendensiyalarini o‘zlashtirish, postindustrial jamiyatga o‘tish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi samaradorligi, zamonaviy dizayn turlarini o‘rganish, targ‘ib etish hamda sohaga oid to‘liq o‘rganilmagan badiiy jarayonlarni yoritishga xizmat qilgan;
XX-asrga qadar O‘zbekiston madaniy rivojida badiiy hunarmandchilikda matosozlik, to‘qimachilikning yetakchilik qilganligi dastlab engil sanoat, to‘qimachilik sohasida dizayn texnologiyasi hamda poligrafiya sohalarida dizayner-konstruktor kadrlar tayyorlash zaruratini vujudga keltirganligi hamda XX asrning ikkinchi yarmida ikkinchi jahon urushi natijasida O‘zbekistonda yirik zavodlarning ishga tushirilishi mashinasozlik, avtomobilsozlik sanoati rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsada,  sovet davrining kapitalistik mamlakatlardan izolyasiyasi tufayli industrial mahsulotlarning dizayni rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani bo‘yicha aniqlangan ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 12-apreldagi 02-31-557-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuvni dizayn ta’lim tarixa va sohada olib borilayotgan islohotlarga oid ma’lumotlar bilan boyitish, ixtisoslashtirilgan dizayn maktablarida yaratilayotgan yangi avlod darsliklari, oliy ta’lim muassasalaridagi dizayn ta’limi sohasidagi o‘quv dasturlari haqida ma’lumotlar bilan kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish