Zaripova Zulfiya Sarsenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq qahramonlik dostonlarida alp xotin-qizlar obrazining tadrijiy bosqichlari”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3633.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turdimov Shomurza, filologiya fanlari doktori, professor; Nizamatdinov Jengiz Minajatdinovich, filologiya  fanlari  nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq og‘zaki ijodidagi alp xotin-qizlar obrazining paydo  bo‘lish va shakllanish bosqichlarini, mifologik manbalarini, har xil davr qatlamlardagi tadrijiy yo‘lini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq dostolarida alp xotin-qizlar obrazining shakllanishida og‘zaki va yozma materiallar, qadimgi mifologik va qadim davrlardagi xalqning e’tiqod obektlarining dastlabki manba ekanligiga asoslanib qoraqalpoq qahramonlik dostonlarida onalik, otalik va feodallik davr talablari tasirida alp xotin-qizlar obrazining transformatsiyalanishi aniqlangan;
epik sujetlarning shakllanishi uchun asos bo‘lgan birlamchi manbalarning eposdagi o‘rni, tadrijiy bosqichlari va O‘rta Osiyo hududida yoshagan etnoslar tarixi, madaniyati, folklordagi alp xotin-qizlar obrazining  yasalishidagi jasurlik, jangovorlik, elparvarlik  kabi o‘xshash jihatlar va asosiy sujet va motivlarning tuzilishidagi murakkablik, soddalik, badiiylik  kabi farqli tomonlari ochib berilgan;
O‘rta Osiyo hududida el boshqargan jasur onalar haqidagi yozma manbalarning milliy dostonlarimizdan joy olishi va qadimiy epik sujetlarning alp, jangovar qizlar obrazini shakllantirish bosqichlarining ketma-ketligi va evolyusion  rivojlanish jarayoni aniqlangan;
alp xotin-qizlar obrazi paydo bo‘lishidagi badiiy tasvir vositalaridagi jirovlarning dostonlarni ijro etishdagi o‘ziga xos badihago‘yligi va individual ijrochilik mahorati, obrazlar tizimining yasalishi, badiiy tili va jasur xotin-qizlarning  jangovorlik xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq qahramonlik dostonlaridagi alp xotin-qizlar obrazining tadrijiy bosqichlarini aniqlash borasidagi ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq dostonlarida alp xotin-qizlar obrazining shakllanishida og‘zaki va yozma materiallar, qadimgi mifologik va qadim davrlardagi xalqning e’tiqod obektlarining dastlabki manba ekanligiga asoslanib qoraqalpoq qahramonlik dostonlarida onalik, otalik va feodallik davr talablari tasirida alp xotin-qizlar obrazining transformatsiyalanishiga  va epic sujetlarning shakllanishi uchun asos bo‘lgan birlamchi manbalarning eposdagi  orni, tadrijiy  bosqichlari va Orto Osiyo hududida yoshagan etnoslar tarixi, madaniyati, folklordagi alp xotin-qizlar obrazining yasalishidagi jasurlik, jangovorlik, elparvarlik kabi o‘xshash jihatlar  va asosiy sujet va motivlarning tizilishidagi murakkablik, soddalik, badiiylik kabi farqli tomonlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2020-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimii, sujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot masalalari bo‘limini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 12-apreldagi 2-son ma’lumotnomasi). Natyjada, qoraqalpoq folklorida alp xotin-qizlar obrazining o‘rganilishining bazi muammolarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalarning bajarilishiga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyo hududida el boshqargan jasur onalar haqidagi yozma manbalarning milliy dostonlarimizdan joy olishi va qadimiy epik sujetlarning alp, jangovar qizlar obrazini shakllantirish bosqichlarining ketma-ketligi va evolyusion rivojlanish jaroyoni haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532-son “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 26-iyundagi 300-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy dostonlarimizda  alp xotin-qizlar obrazlarini o‘rganishda yangi avlod vakillarining estetik tushinchalarini takomillashtirishda va mustaqil davlatimizning yana da rivojlanishiga bo‘lgan tashabbuskorlikni oshirishga erishilgan; 
alp xotin-qizlar obrazi paydo bo‘lishidagi badiiy tasvir vositalaridagi jirovlarning ijro etishdagi o‘ziga xos badihago‘yligi va individual ijrochilik mahorati, obrazlar tizimining yasalishi, badiiy tili, kompozisiyasi bilan bog‘liq jaroyanlar, ba’diy tasvirlar yordamida jasur xotin-qizlarning jangovorlik xususiyatlariga oid ilmiy qaraslar va nazariy ma’lumotlardan  Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Xalq xazinasi”, “Meros”, “Ilm marjonlari” va «Assalomu akaykum, Qoraqalpog‘iston» nomli ko‘rsatuv va radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-apreldagi 01-02/ 228-son ma’lumotnomasi). Natijada, jirovlarning qahramon xotin-qizlar obrazini shakillantirishdagi o‘rni, eposlarning badiiy xususiyatini korsatishdagi ijodkorlik mahorati, keng jamoatchilikning milliy ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish