Parmonov Alisher Abdupattaevichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy diskursda kinoya va uning lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4288. 
Ilmiy rahbar: Ergashev Muhammadjon Raxmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.32.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Zokirova Sohiba Muxtorovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillar badiiy diskursida kinoyaning lisoniy ifoda vositasi sifatida lingvomadaniy tadqiqini amalga oshirishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kinoya nafaqat lingvistik hodisa, balki olamning lisoniy manzarasini anglashda xalq ongi, tafakkuri, falsafasi, mantiq va madaniyatining o’ziga xos ko’zgusi ekanligi asoslangan;
xalq madaniyatida kinoyaga bo’lgan munosabat diskursda muayyan uslubiy-pragmatik shart-sharoitlarga ega bo‘lishining alohida qonuniyatlari mavjudligi, ular o‘xshatish, mubolag‘a, metafora, metonimiya, giperbola va shu kabi lingvistik birliklar orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
kinoya badiiy diskursda ishlatilganda ishontirish va ifodaviylikning potensial kuchiga aylanishi lisoniy ifoda imkoniyatlaridan unumli foydalanish natijasiga bog‘liqligi va uning turli ko‘rinishlari orqali pragmatik tagma’no yuzaga chiqishi isbotlangan;
so‘zlovchining diskursda kinoyadan foydalanishi faqatgina u yoki bu kontekstda o‘z kommunikativ niyatini amalga oshirish usuligina bo‘lib qolmay, balki ma’lum bir mazmunni ifodalashga, pragmatik mohiyatni yoritishga asos bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy diskursda kinoyani tadqiq qilishga bag‘ishlangan izlanishlar asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriy qilingan:
kinoya nafaqat lingvistik hodisa, balki olamning lisoniy manzarasini anglashda xalq ongi, tafakkuri, falsafasi, mantiq va madaniyatining o’ziga xos ko’zgusi ekanligi haqidagi xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-     2014-yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 28 noyabrdagi 339/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning nazariy asoslariga doir ma’lumotlar milliy til imkoniyatlari hisobiga kengaytirilgan; 
xalq madaniyatida kinoyaga bo’lgan munosabat diskursda muayyan uslubiy-pragmatik shart-sharoitlarga ega bo‘lishining alohida qonuniyatlari mavjudligi, ular o‘xshatish, mubolag‘a, metafora, metonimiya, giperbola va shu kabi lingvistik birliklar orqali namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 28 noyabrdagi 340/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihada nazarda tutilgan ona tili va adabiyotni rivojlantirishga oid masalalar lisoniy va badiiy ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
        kinoya badiiy diskursda ishlatilganda ishontirish va ifodaviylikning potensial kuchiga aylanishi lisoniy ifoda imkoniyatlaridan unumli foydalanish natijasiga bog‘liqligi va uning turli ko‘rinishlari orqali pragmatik tagma’no yuzaga chiqishi haqidagi xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutidagi 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022 yil 15 noyabrdagi 328-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida nashr etilgan o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning mazmuniy mukammalligi va lug‘aviy imkoniyatlari kengaytirilgan;
         so‘zlovchining diskursda kinoyadan foydalanishi faqatgina u yoki bu kontekstda o‘z kommunikativ niyatini amalga oshirish usuligina bo‘lib qolmay, balki ma’lum bir mazmunni ifodalashga, pragmatik mohiyatni yoritishga asos bo‘lishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK "Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar" muharririyati tomonidan tayyorlangan 2022-yil sentyabr hamda noyabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 23 noyabrdagi 04-36-1948-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda milliy jihatdan boyitilib, xalqchilligi va ta’sirchanligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish