Hayitov Hasan Shermatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida suv qonunchiligining rivojlanishi va takomillashtirish istiqbollari”, 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi; agrar huquq; ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Yu88.
Ilmiy rahbar: Usmonov Muhammadi Bahritdinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Safarov Djaxongir Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Narzullaev Olim Xolmamatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Babanazarov Kalbay Rustamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining suv qonunchiligi hujjatlarini rivojlantirish va takomillashtirish, shunungdek, huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“suv olish kvotasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va tumanlar irrigatsiya bo‘limlariga, hududlarga va suvdan foydalanuvchilarga foydalanish uchun keyingi besh yil (gidrologik yil) davomida oylar kesimida asosiy suv manbalari bo‘yicha ajratiladigan o‘rtacha hisobiy suv hajmi” mazmunidagi tushuncha ishlab chiqilib, uni Suv kodeksiga kiritish zaruriyati asoslantirilgan;
“suv olish limiti – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va tumanlar irrigatsiya bo‘limlariga, hududlarga va suvdan foydalanuvchilarga suv obektlarining kutilayotgan (gidrologik) yildagi suvlilik darajasiga asosan foydalanish uchun suv olish kvotasiga nisbatan gidrologik yilda (kuzgi-qishki va yozgi sug‘orish mavsumlarida) asosiy suv manbalari bo‘yicha ajratiladigan suv hajmining foiz hisobidagi o‘rtacha ko‘rsatkichi” mazmunidagi hamda “suv obektini muhofaza qilish – ekotizimlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan muntazam ta'minlash uchun suv obektini saqlash va tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi” mazmundagi tushunchalar ishlab chiqilib, Suv kodeksiga kiritish zaruriyati asoslantirilgan;
suv obektlari doimiy yoki vaqtincha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun berilishi, muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish - doimiy foydalanish deb e’tirof etilishi, suvdan vaqtincha foydalanish muddati uch yildan kam bo‘lmasligi va qirq to‘qqiz yildan oshmasligi kerakligi, suv obektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosnomasiga binoan, shu suv obektlarini tanho foydalanish uchun berish to‘g‘risida qaror chiqargan yoki undan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi tartibini belgilash zaruriyati asoslantirilgan;
tabiiy suv obektlari suvidan maxsus foydalanish yoki maxsus iste'mol qilish uchun ruxsatnoma - ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda (er usti suvlari bo‘yicha) va geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan (er osti suvlari bo‘yicha) berilishi tartibini belgilash zaruriyati mavjudligi asoslantirilgan;
suvni muhofaza qilish zonasi - suvning sanitariya holatini zarur darajada saqlash, uning ifloslanishi va bulg‘anishini hamda suv obektini tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan loyqa bosishini oldini olish, shuningdek qulay suv rejimini tashkil etish va ushlab turish maqsadida foydalanish va xo‘jalik faoliyati yuritishning maxsus rejimi o‘rnatiladigan suv obektining o‘zanlari yoki atrofiga tutash tabiiy hudud mazmunidagi tushuncha ishlab chiqilib, uni Suv kodeksiga kiritish zaruriyati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari quyidagilarda foydalanilgan:
“suv olish kvotasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va tumanlar irrigatsiya bo‘limlariga, hududlarga va suvdan foydalanuvchilarga foydalanish uchun keyingi besh yil (gidrologik yil) davomida oylar kesimida asosiy suv manbalari bo‘yicha ajratiladigan o‘rtacha hisobiy suv hajmi” mazmunidagi tushuncha ishlab chiqilib, uni Suv kodeksiga kiritish zaruriyati asoslantirilganligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 03/28-617-son dalolatnomasi). Ushbu taklif suv manbalari bo‘yicha ajratiladigan o‘rtacha hisobiy suv hajmi miqdorini belgilashga xizmat qilgan;
“suv olish limiti – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va tumanlar irrigatsiya bo‘limlariga, hududlarga va suvdan foydalanuvchilarga suv obektlarining kutilayotgan (gidrologik) yildagi suvlilik darajasiga asosan foydalanish uchun suv olish kvotasiga nisbatan gidrologik yilda (kuzgi-qishki va yozgi sug‘orish mavsumlarida) asosiy suv manbalari bo‘yicha ajratiladigan suv hajmining foiz hisobidagi o‘rtacha ko‘rsatkichi” mazmunidagi hamda “suv obektini muhofaza qilish – ekotizimlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan muntazam ta'minlash uchun suv obektini saqlash va tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi” mazmundagi tushunchalar ishlab chiqilib, Suv kodeksiga kiritish zaruriyati asoslantirilganligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 03/28-617-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi suv limitini belgilash va qo‘llashning aniq yo‘nalishlarini belgilab olinishiga xizmat qilgan;
suv obektlari doimiy yoki vaqtincha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun berilishi, muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish - doimiy foydalanish deb e’tirof etilishi, suvdan vaqtincha foydalanish muddati uch yildan kam bo‘lmasligi va qirq to‘qqiz yildan oshmasligi kerakligi, suv obektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosnomasiga binoan, shu suv obektlarini tanho foydalanish uchun berish to‘g‘risida qaror chiqargan yoki undan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi tartibini belgilash zaruriyati asoslantirilganligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilning 30-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-733-sonli qonunining 31-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 21-dekabrdagi 04/4-11-99-son dalolatnomasi). Ushbu taklif suv obektlaridan doimiy yoki vaqtincha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun berilishi tartibini belgilashga xizmat qilgan;
tabiiy suv obektlari suvidan maxsus foydalanish yoki maxsus iste'mol qilish uchun ruxsatnoma - ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda (er usti suvlari bo‘yicha) va geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan (er osti suvlari bo‘yicha) berilishi tartibini belgilash zaruriyati mavjudligi asoslantirilganligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021- yilning 30-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-733-sonli qonunining 27-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 21-dekabrdagi 04/4-11-99-son dalolatnomasi). Ushbu taklif tabiiy suv obektlaridan maxsus foydalanish va maxsus iste'mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
suvni muhofaza qilish zonasi - suvning sanitariya holatini zarur darajada saqlash, uning ifloslanishi va bulg‘anishini hamda suv obektini tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan loyqa bosishini oldini olish, shuningdek qulay suv rejimini tashkil etish va ushlab turish maqsadida foydalanish va xo‘jalik faoliyati yuritishning maxsus rejimi o‘rnatiladigan suv obektining o‘zanlari yoki atrofiga tutash tabiiy hudud mazmunidagi tushuncha ishlab chiqilib, uni Suv kodeksiga kiritish zaruriyati asoslantirilganligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 03/28-617-son dalolatnomasi). Ushbu taklif suvni muhofaza qilish zonalarini aniq belgilash va himoya qilishga oid mezonlarni o‘rnatishga xizmat qilgan.