Juraev Alisher Nasirdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi) “Davlat fuqarolik xizmatida rag‘batlantirish choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslari”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1028.
Ilmiy rahbar: Yusupov Sardorbek Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Shuhrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, professor; Said-Gazieva Nilufar Sherzodovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatida rag‘batlantirish choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash imkoni boʻlmaganda, ya’ni davlat fuqarolik xizmatchisi samaradorlik ko‘rsatkichlarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish jarayoni bevosita davlat fuqarolik xizmatchisiga bog‘liq boʻlmaganligi (Favqulodda holat rejimi) sababli baholash intervyusini qoʻllash natijalari boʻyicha unga davlat organining ichki tartibiga binoan ragʻbatlantirish mumkinligi asoslantirilgan;
baholanuvchi davlat fuqarolik xizmatchisi davlat, jamiyat, ish beruvchi va mehnat jamoasining manfaatlari yuzasidan majburiyatlarni bajarishga jalb etilgan hollarda, jumladan, muddatli harbiy xizmat, favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish va boshqa sabablarga ko‘ra uning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblash oʻtkazilmasligi asoslab berilgan;
baholash intervyusi davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash maqsadida uning faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari asosida baholash imkoni boʻlmagan hollarda bevosita rahbar tomonidan oylik, choraklik, yarim yillik yoki yil yakuni bilan oʻtkazilishi mumkinligi asoslantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarini rahbar tomonidan qilinadigan turli bosimlardan himoya qilish maqsadida hamda davlat fuqarolik xizmatchilarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq munosabatlarda ularni qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirishga undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmasligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat fuqarolik xizmatida rag‘batlantirish choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusidagi tadqiqot boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash imkoni bo‘lmaganda, baholash intervyusini qo‘llash natijalari bo‘yicha unga davlat organining ichki tartibiga asosan rag‘batlantirishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 21-noyabrdagi
2-2022-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyotining
27-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2024-yil 27-fevraldagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat fuqarolik xizmatchisiga davlat organining ichki tartibiga asosan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishiga xizmat qilgan;
baholanuvchi davlat fuqarolik xizmatchisi davlat, jamiyat, ish beruvchi va mehnat jamoasining manfaatlari yuzasidan majburiyatlarni bajarishga jalb etilganda uning faoliyatida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash o‘tkazilmasliga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 21-noyabrdagi 2-2022-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyotining 25-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2024-yil
27-fevraldagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat fuqarolik xizmatchisiga rag‘batlantirish choralarini qo‘llashda muhim o‘rin tutuvchi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisobga olinmaydigan holatlarni aniqlashga xizmat qilgan;
baholash intervyusi bevosita rahbar tomonidan oylik, choraklik, yarim yillik yoki yil yakuni bilan o‘tkazilishi mumkinligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 21-noyabrdagi 2-2022-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyotining 27-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2024-yil 27-fevraldagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash imkoni bo‘lmaganda, bevosita rahbar tomonidan baholash intervyusini o‘tkazishning aniq muddatlarini belgilanishiga va bu orqali rag‘batlantirish choralarini qo‘llash imkonini bergan;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirishga undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmaslikka oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari 10-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 18-dekabrdagi 12/21-99-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat fuqarolik xizmatchilarini rahbar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan turli bosimlardan himoya qilishga va rag‘batlantirishning muhim ko‘rinishi hisoblangan qulay muhitda ishlash imkonini bergan.