Axrorov Adxamjon Asrorkul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi) “Ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu526.
Ilmiy rahbar: Fayziev Shuxrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedshaeva Mavlyuda Axatovna, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Djaxongir Xayitovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlar faoliyatini huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ekologik nazoratining turli organlar tomonidan amalga oshirilishi natijasida manfaatlar to‘qnashuvining vujudga kelishi, ushbu organlarda nazoratni amalga oshirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar va kadrlar resurslari mavjud emasligi nazoratning samaradorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgani sababli uni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari tizimini optimallashtirish lozimligi asoslab berilgan;
tadbirkorlik subektlari faoliyati erkinligini ta’minlash hamda ularni ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining asossiz aralashuvlaridan himoya qilish, shuningdek, ular tomonidan o‘z mansab vakolatlari suiisteʼmol qilinishining oldini olish zaruriyati vujudga kelayotgani sababli ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining diskresion vakolatlarini aniqlashtirish lozimligi asoslantirilgan;
atrof-muhitni muhofaza qilish, unga etkazilayotgan zararlarning oldini olish maqsadida noqonuniy kesilgan va yoʻq qilingan daraxtlar hamda butalarning o‘rniga qimmatbaholigi jihatidan ulardan kam bo‘lmagan daraxt va buta ko‘chatini aynan ular kesilgan yoki yoʻq qilingan joyga daraxtlar va butalarni kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslar tomonidan ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi qaroriga ko‘ra ekilishi lozimligi asoslab berilgan;
suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida suv xo‘jaligi obektlarini boshqarish sohasida davlat sherigi va xususiy sherikning o‘zaro foydali hamkorligi hamda davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan davlat-xususiy sheriklikni keng joriy etish lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari tizimini optimallashtirishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–733-son Qonuni bilan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 16-yanvardagi 
04/8-10-08-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi suv resurslaridan oqilona foydalanish, er osti va er usti suvlarining zaxiralarini ko‘paytirish hamda ulardan maqsadli foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlarining masʼuliyatini oshirishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik subektlari faoliyatini ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining asossiz aralashuvlaridan himoya qilish hamda ular tomonidan mansab vakolatlari suiisteʼmol qilinishining oldini olish maqsadida ularning diskresion vakolatlari chegarasini aniq belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-904-son Qonuni bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun 10-moddasi uchinchi qismi, 48- va 50-moddalarining ikkinchi qismlari, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 12-martdagi 04/12-10/14-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelishining oldini olishga xizmat qilgan;
atrof-muhitni muhofaza qilish, unga etkazilayotgan zararlarning oldini olish maqsadida noqonuniy kesilgan va yoʻq qilingan daraxtlar hamda butalarning o‘rniga qimmatbaholigi jihatidan ulardan kam bo‘lmagan daraxt va buta ko‘chatini ular kesilgan yoki yoʻq qilingan joyga maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi qarori bilan ekilishi lozimligi aks etgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-916-sonli Qonuni bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 
491-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 12-martda berilgan 04/12-10/14-son dalolatnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi daraxtlar va butalarning noqonuniy kesilishining oldini olishga xizmat qilgan; 
suv xo‘jaligi obektlarini boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyati tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 703-son qarori 
1-bandi birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi tomonidan 2023-yil 20-fevraldagi 12-15-20-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini zamonaviy texnologiyalar asosida yuritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish