Nuraliev G‘ayrat Turaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poliolefinlar va tarkibida azot, fosfor hamda metallar bo‘lgan oligomerlar asosida olovbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4555.
Ilmiy rahbar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot, fosfor va metall bo‘lgan oligomerlar bilan polipropilen-JM-375 hamda yuqori zichlikka ega chiziqli polietilenni modifikatsiyalash asosida olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida azot, fosfor va metall bo‘lgan oligomerlarni polipropilen- JM-375 va past zichlikli chiziqli polietilen -F-0220 suyuqlanmasida aralashtirish asosida modifikatsiyalangan organik materiallar oshishning maqbul sharoitlar aniqlangan;
organo-noorganik materiallar tarkibiga maleinlangan polietilen (PEMA) modifikatori kiritilishi bilan ularning zarbga chidamlilik xossalari JM-375da 50 kJ/m2 dan 60 kJ/m2 gacha va egilishga mustahkamlik xossalari 24 MPA dan 32 MPAga ortishi isbotlangan;
tarkibida azot, fosfor va metall bo‘lgan oligomerlar bilan modifikatsiyalangan turli polimerlar polipropilen- JM-375 va past zichlikli chiziqli polietilen-F-0220ga qo‘shish orqali olingan organo-noorganik materiallarning 130°C harorat ta’siriga chidamliligi aniqlangan;
tarkibida azot, fosfor va metall bo‘lgan oligomerlar bilan modifikatsiyalangan turli polimerlar - polipropilen- JM-375 va past zichlikli chiziqli polietilen-F-0220 suyuqlanmasida aralashtirish usuli bilan JM-375/PEMA/AT-1, JM-375/PEMA/AT-2, JM-375/PEMA/AT-3, F-0220 /PEMA/AT-1, F-0220/PEMA/AT-2 F-0220/PEMA/AT-3 tarkibli olovbardosh organo-noorganik materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tarkibida azot, fosfor va metallar bo‘lgan oligomerlar bilan modifikatsiyalangan organik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarkibida azot, fosfor va metall bo‘lgan oligomerlar bilan polimerlar - past zichlikli chiziqli F-0220 markali polietilen va JM-375 markali polipropilenni  modifikatsiyalash asosida olingan organik materiallar «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» “AJ” da fizik-mexanik xossalari yaxshilangan termik chidamli organik materiallar olishda amaliyotga joriy qilingan («Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»“ AJ ning 2023 yil 09 iyndagi 02/2154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlikka chidamliligi 130°C bo‘lgan modifikatsiyalangan polietilen va issiqlikka chidamliligi 190°C bo‘lgan modifikatsiyalangan polipropilen materiallar olish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan polimerlar asosida organik materiallar olish texnologiyasi «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ da olovbardosh organik materiallar olishda amaliyotga joriy qilingan («Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ ning 2023 yil 08 iyundagi 030/-2212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektr simlari uchun termik barqaror, olovbardosh va ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamli qoplamalar ishlab chiqarishda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish