Turg‘unov Ilxomjon Ibroximjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobil benzinlarining ekspluatatsion xossalarini rostlovchi ekologik xavfsiz organik qo‘shimchalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3443.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuxammad, kimyo fanlari doktori; Vafaev Oybek Shukurlaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil benzinlarining ekspluatatsion xossalarini rostlovchi, yangi tarkibli, ekologik toza organik qo‘shimchalar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metanol, anilin, sirka kislota, gliserin, sivush moyi, ftal angidrid, urotropin asosida yangi tarkibli, benzinning oktan sonini oshiruvchi, ekologik toza organik qo‘shimchalar olingan;
azot va kislorod saqlagan, oktan sonini oshiruvchi ko‘p funksiyali organik qo‘shimchalar olishning optimal sharoitlari hamda olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
taklif qilinayotgan ekologik xavfsiz organik qo‘shimchalarning samaradorligi OSTU usulida AI-80 namunadagi benzinning oktan sonini 11 birlikka ya’ni AI-93 gacha oshirganligi aniqlangan;
oktan sonini oshiruvchi qo‘shimchalar qo‘shilgan benzin namunalarining dvigatelda yonishi natijasida havoga chiqadigan uglerod(II) oksidi (CO) 1,32% dan 0,67% gacha va chala yongan uglevodorodlar (Ch) 225 ppm dan 135 ppm gacha kamayganligi aniqlangan;
sintez qilingan qo‘shimchalar benzinni xiralanish haroratini -30°C dan -46°C gacha, smola miqdorini esa 3,2 mg dan 2,304 mg pasayganligi aniqlangan;
organik qo‘shimchalarning ingibirlash xossasi mis plastinkada 50°C, 3 soat davomida 1-sinf talablariga to‘liq mos kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil benzinlarining ekspluatatsion xossalarini rostlovchi ekologik xavfsiz organik qo‘shimchalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MMA markali avtomobil benzinlari uchun organik qo‘shimchalar “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 15 fevraldagi OP24/AN-659-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gazokondensat muhitidagi metall konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash darajasini 93,32 % gacha oshirish imkonini bergan;
tarkibida azot va kislorod saqlagan avtomobil benzinlarining oktan sonini oshiruvchi organik qo‘shimchalar “O‘zneftgazinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasida va “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 15 fevraldagi OP24/AN-659-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil benzinlarining oktan sonini oshiruvchi organik qo‘shimchalarni olish texnologiyasi va tashkilot standarti ishlab chiqilgan hamda iqtisodiy samaradorlikni o‘rtacha 30% ga oshirish imkonini bergan.