Yunusov Baxtiyor Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Grek yong‘og‘i va bodomning qobig‘ini chaqish uchun energiyatejamkor kombinatsiyalashgan qurilmani ishlab chiqish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3451.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Farxod Matqurbonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent..
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya institute, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratillo Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; G‘ofurov Karim Hakimovich, texnika fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoati uchun quruq mevalarni qobig‘ini chaqish, mag‘izning butunligini saqlash va ish unumdorligini oshirish imkonini beruvchi hamda energiya tejamkor kombinatsiyalashgan qurilma konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yong‘oq, bodom va danaklarni qobig‘ini chaqishga mo‘ljallangan qurilmaning ratsional konstruksiyasi ishlab chiqilib, horijda analogi mavjud bo‘lmagan yangi ko‘p operatsiyali kombinatsion chaqish qurilmasi yaratilgan;
yong‘oq, bodom va danaklarni o‘lchamiga bog‘liq holda rostlovchi mexanizmlardan qisuvchi konusning va juft qovurg‘ali vallar oralig‘i meʼyoriy parametrlari aniqlangan;
kombinatsiyalashgan qurilmani energiya manbaidan yong‘oq qobig‘ini chaquvchi kulachokgacha harakat uzatish jarayonidagi energiya kuch parametrlari matematik modellashtirilgan va shu model sonli echimi asosida mexanizmlarni kinematik parametrlari orasidagi bog‘liqlik asoslangan;
mayda quruq mevalarni qovurg‘ali barabanlar juftligini chaqishi analitik modellashtirildi, bu model keng qamrovli va to‘laqonli holda turli geometrik, kinematik, dinamik parametrlarni hisobga olib yozilgan, bunda burchak tezlik ω, barabanlar orasidagi tirqish , barabanlar ishchi qismining kengligi h, quruq mevaning zichligi va kuch parametrlarining o‘zaro bog‘liqlik ifodalari olingan, xususan barabanning burovchi momenti M va barabanlar juftligi orasidagi tirqish h0 bog‘lovchi ifoda aniqlangan;
yong‘oq qobig‘ini chaqishda ilgarilanma–qayma zarba berishdagi zo‘riqishni tenzometrlash usulida qobiqning deformatsiyalanish chegarasi va chaqish uchun zarur bo‘lgan kuchlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kombinatsiyalashgan chaqish qurilmasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kombinatsiyalashgan chaqish qurilmasi “RUHShONA MED FARM” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 07/22-05/457-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yong‘oq, o‘rik va bodom danaklari uchun chaqish sifatini 90% ga etkazish imkonini bergan;
meva danaklarini chaqish uchun ishlab chiqilgan optimal rejimlar “ChANDIR SAVDO” MChJ amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 07/22-05/457-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 0,55 kVt elektr energiyasi sarflab, yong‘oq mag‘zini shikashlanmaslik darajasini 85%, o‘rik va bodom mag‘zini shikaslanmaslik darajasini 95% gacha etkazish imkonini bergan.