Kurbanov Mirshod Tashpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Parrandalar uchun davolovchi-profilaktik xususiyatli omixta ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3045.
Ilmiy rahbar: Xaitov Rauf Arifovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya institute, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Rafik Amonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ravshanov Suvonqul Saparovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy noan’anaviy xomashyodan foydalangan holda tuxum beruvchi tovuqlar uchun yuqori to‘yimli, davolovchi-profilaktik xususiyatga ega bo‘lgan omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasini takomilashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxum beradigan tovuqlar uchun ishlab chiqariladigan omixta emga oqjo‘xori doni va anor siqilmasi aralashmasini qo‘shish orqali uning davolovchi-profilaktik xususiyati yaxshilanishi ilmiy asoslangan;
omixta emning assimilyasiya (hazm bo‘lish) darajasi va biologik qiymatini oshirish maqsadida oqjo‘xori donlarini oldindan IQ nurlar bilan ishlov berish jarayonining maqsadga muvofiqligi ilmiy asoslangan;
olinadigan omixta emlarning yuqori sifatliligini hamda funksional xususiyatlarini mustahkamlashni ta’minlaydigan omixta em xomashyosini tayyorlashning texnologik parametrlari va reseptura komponentlarining maqbul nisbatlari asoslangan;
tuxum beruvchi tovuqlar uchun ishlab chiqariladigan omixta em tarkibida makkajo‘xori doni ulushining 47,0 foizi va bug‘doy kepagini to‘liq ulushining 100 foizi oqjo‘xori doni va anor siqilmasi bilan almashtirish imkoniyati asoslangan;
tuxum beradigan tovuqlar uchun davolovchi-profilaktik xususiyati yaxshilangan omixta em diareyaga qarshi ishonchli faollikka ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parrandalar uchun davolovchi-profilaktik xususiyatli omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuxum beradigan tovuqlar uchun oqjo‘xori doni va anor siqilmasidan foydalangan holda diareyaga qarshi ishonchli faollikka ega bo‘lgan omixta em tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyasi “Belarus parranda” MChJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Parrandasanoat” O‘zbekiston parrandachilar uyushmasining 2023 yil 28 iyuldagi BI-01/04-262-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, makkajo‘xori donining sarfini 47,0 % ga, bug‘doy kepagi sarfini esa 100 % ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
tuxum beradigan tovuqlar uchun omixta emlar tarkibida ishlatiladigan makkajo‘xori o‘rnini bosuvchi oqjo‘xori donlariga oldindan IQ- nurlar bilan ishlov berish texnologiyasi asosida yuqori to‘yimlilikga ega bolgan omixta em olish usuli “Mirvoshi Chikken Gold” MChJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Parrandasanoat” O‘zbekiston parrandachilar uyushmasining 2023 yil 28 iyuldagi BI-01/04-262-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, assimilyasiya (hazm bo‘lish) darajasi va biologik qiymati oshirilgan omixta em ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan.