Umarov Aziz Avazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston maktablarida rus tilini o‘qitishning audiovizual usuli: zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va istiqbollari”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3185.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Kadirova Oliya Xamedovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mardonov Shukurillo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston maktablarida rus tilini zamonaviy o‘qitish texnologiyalari asosida audiovizual usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning rus tili bo'yicha bilimlarini tekshirish jarayoni qobiliyatli va nisbatan o‘zlashtirish darajasi sust o‘quvchilarni guruhlarga ajratish va ushbu uslubiyotni ta’lim jarayoniga intensiv tarzda joriy etish mexanizmlarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari bilan vertikal integratsiyalash asosida rivojlantirilgan;
umumta’lim maktab o‘quvchilariga rus tilini o‘qitishning audioviziual usullari rus tilini bilishni nazorat qilishning qo'shimcha vositalari va innovatsion ta'lim strategiyalarini didaktik qo'llab-quvvatlash hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar vositasida dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishning pedagogik algoritmlashtirish jarayonini metodik modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar tomonidan rus tilini o'rganishning tashkiliy-metodik tizimi til o‘rganuvchilarning individual imkoniyatlarini rus tilini o'rganish samaradorligini og‘zaki va vizual shaklda rivojlantiruvchi usullariga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mas'uliyat, o'quv jarayonining yaxlitligi, ijodkorlik va hamkorlik tamoyillariga ko‘ra moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
rus tilini audiovizual vositalar, o‘qitish texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitish metodikasining pedagogik imkoniyatlari tilni bilishning eksperimental darajasini aniqlash uchun pedagogik jarayon mazmunini boyitadigan ta’limiy mexanizmlarni bir akademik soat dars mashg‘ulotiga nisbatan optimal taqsimotini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston maktablarida rus tilini o‘qitishning audiovizual usuli: zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va istiqbollariga oid tadqiqot natijalari asosida:
qobiliyatli va nisbatan o‘zlashtirish darajasi sust o‘quvchilarni guruhlarga ajratish va ushbu uslubiyotni ta’lim jarayoniga intensiv tarzda joriy etish mexanizmlarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari bilan vertical integratsiyalsh asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning rus tili bo'yicha bilimlarini tekshirish jarayoni, rus tilini bilishni nazorat qilishning qo'shimcha vositalari va innovatsion ta'lim strategiyalarini didaktik qo'llab-quvvatlash hamda zamonaviy pedagogic yondashuvlar vositasida dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishning pedagogik algoritmlashtirish jarayonini pedagogic modellashtirish asosida takomillashtirilgan umumta’lim maktab o‘quvchilariga rus tilini o‘qitishning audioviziual usullariga oid takliflar Boysun tumanidagi 47-maktabda, Muzrabot tumanidagi 56-maktabda, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 14-maktabda, Farg‘ona viloyati Farg‘ona viloyatidagi 18- va 20-maktab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi 30-maktablarda ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 25-martdagi 01/11-01/6-175-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘uvchilarning rus tilini intensiv o‘zlashtirish imkonini bergan;
til o‘rganuvchilarning individual imkoniyatlarini rus tilini o'rganish samaradorligini og‘zaki va vizual shaklda rivojlantiruvchi usullariga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mas'uliyat, o'quv jarayonining yaxlitligi, ijodkorlik va hamkorlik tamoyillariga ko‘ra moslashtirish asosida takomillashtirilgano‘quvchilar tomonidan rus tilini o'rganishning tashkiliy-metodik tizimiga doir tavsiyalardan Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasining “Yoshlar tarbiyasida fanning roli” dasturida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-apreldagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston maktablarida rus tilini o‘qitishning audiovizual metodidan foydalanish metodikasi ochib berilgan;
tilni bilishning eksperimental darajasini aniqlash uchun pedagogik jarayon mazmunini boyitadigan ta’limiy mexanizmlarni bir akademik soat dars mashg‘ulotiga nisbatan optimal taqsimotini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan rus tilini audiovizual vositalar, o‘qitish texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitish metodikasining pedagogik imkoniyatlariga oid xulosalardan Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Rus madaniyati markazining targ‘bot ishlarida foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Rus madaniyat markazining 2023-yil 23-maydagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijada, rus tilini o‘qitish sifatini oshirishning innovatsion yo‘llari takomillashtirilgan.