Muhammadieva Sevara Murodullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksial spondiloartit: suyak remodelyasiyasi va target terapiya tamoyillari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib795.
Ilmiy maslahatchi: Nabieva Dildoraxon Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019. Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Umida Muxtarovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksial spondiloartrit klinik ko‘rinishlarining kechish xususiyatlari va tayanch-harakat tizimi shikastlanishlarini o‘rganish, shuningdek, u bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash hamda immunologik o‘zgarishlarning rivojlanishini baholagan holda target terapiya choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksial spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning dastlabki bosqichlaridayoq suyak mineral zichligida buzilishlar aniqlangan hamda sitokin profili (o‘sma nekrozi omili-α, interleykin-6 va interleykin-17A) nomutanosibligi bilan bog‘liqligi  asoslangan;
 aksial spondiloartrit suyak massasiga tizimli salbiy ta’sir ko‘rsatishi hisobiga bemorlarning son suyagi bo‘ynida, umurtqa pog‘onasi bel qismida suyak mineral zichligining pastligi aniqlangan;
umurtqa pog‘onasida struktur o‘zgarishlar rivojlanishida osteokal`sin va I-tip kollagenning C-telopeptidi (SrossLaps), V-kappa yadroli omil faollashtiruvchi reseptorining ligandi (RANKL), osteoprotegerin (OPG) darajasi va so‘nggi ikki marker nisbatining diagnostik ahamiyati asoslangan;
aksial spondiloartritda o‘sma nekrozi omili-α ingibitorlari bilan davolangan bemorlarda aniq klinik va laborator samara kuzatilishiga qaramasdan interleykin-17A ning yuqori konsentrasiyasi sababli umurtqa pog‘onasidagi struktur o‘zgarishlar davom etishi aniqlangan;
aksial spondiloartritning aksial shaklida dastlab interleykin-17A ingibitorlarini qo‘llash, nafaqat kasallik faolligining kamayishiga, balki umurtqa pog‘onasida struktur o‘zgarishlarining barqarorlashiga ijobiy ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 24 apreldagi 04/092 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning dastlabki bosqichlaridayoq suyak mineral zichligida buzilishlar aniqlangan hamda sitokin profili (o‘sma nekrozi omili-α, interleykin-6 va interleykin-17A) nomutanosibligi bilan bog‘liqligi  asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.11.2023-yildagi 99-sonli buyruq, Farg‘ona shahar  tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.11.2023-yildagi 131- UM-sonli buyruq hamda Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 25.12.2023-yildagi 106-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: suyak mineral zichligining o‘zgarishini erta tashxislashga, mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; davolash chora tadbirlarni sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish sonini 37% ga kamaytiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) suyak mineral zichligining o‘zgarishini aksial spondiloartritda erta tashxislash 68% bemorlarda struktur o‘zgarishlar rivojlanishining oldini olish imkoniyatini beradi 2) suyak mineral zichligining o‘zgarishini erta tashxislash kasallikning struktur  avj olib borishini oldini olgan holda 1 nafar bemor uchun 1 200 000 so‘m iqtisod qilindi. 100 nafar bemordan kasallik avj olib borilishi har beshtasidan ikkitasida kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1200000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3600000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qiladi.
Xulosa: aksial spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda suyak mineral zichligining o‘zgarishini erta tashxislash  kasallikda qaytmas struktur bu
zilishlar avj olib borishining oldini olish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3600000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartrit suyak massasiga tizimli salbiy ta’sir ko‘rsatishi hisobiga bemorlarning son suyagi bo‘ynida, umurtqa pog‘onasi bel qismida suyak mineral zichligining pastligi aniqlangan.
 Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.11.2023-yildagi 99-sonli buyruq, Farg‘ona shahar  tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.11.2023-yildagi 131- UM-sonli buyruq hamda Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 25.12.2023-yildagi 106-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aksial spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda vitamin D, kal`siy miqdorini o‘rganish, densitometriya o‘tkazish suyak mineral zichligi buzilishini erta tashxislash, ularda aksial spondiloartritni kechishini va noxush asoratlarini bashorat qilish imkonini berdi; aksial spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarning 147 tasida (58,3%) osteopenik sindrom: osteopeniya – 61 ta (24,2%) va osteoporoz – 86 ta (34,1%) aniqlandi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aksial spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallik faolligini kamaytirish maqsadida gen-injener biologik dori vositalarini osteopenik sindromga qarshi preparatlar bilan qo‘llash tavsiya etilgan. Natijada bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,8 kundan 10,07 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 180 ming so‘mga kamaygan (Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250000 so‘mni tashkil qiladi); 70% bemorlarda 1 yil mobaynida kasallikni remissiya davriga o‘tishi va mehnat faoliyatini tiklashishiga erishilgan.
Xulosa: aksial spondiloartritli bemorlarda kasallik faolligini va suyak zichligi buzilishini erta tashxislash davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,8 kundan 10,07 kungacha qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori 178 ming so‘mga kamaygan va 70% bemorlarda kasallikni remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasida struktur o‘zgarishlar rivojlanishida osteokal`sin va I-tip kollagenning C-telopeptidi (SrossLaps), V-kappa yadroli omil faollashtiruvchi reseptorining ligandi (RANKL), osteoprotegerin (OPG) darajasi va so‘nggi ikki marker nisbatining diagnostik ahamiyati asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.11.2023-yildagi 99-sonli buyruq, Farg‘ona shahar  tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.11.2023-yildagi 131- UM-sonli buyruq hamda Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 25.12.2023-yildagi 106-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diffuz suyak yo‘qotilishining asosida V-kappa yadroli omil faollashtiruvchi reseptori va uning ligandi hamda osteoprotegirin  tizimidagi nomutanosibligi hamda osteoproliferasiya va osteorezorbsiya jarayonini o‘rganish aksial spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda tuzilmaviy o‘zgarishlarining avj olib borishini oldini olishga imkon yaratadi; tizimli yallig‘lanish va umurtqa pog‘onasida struktur o‘zgarishlar negizida xujayraviy immunitet o‘zgarishlarini erta tashxislash va oldini olish kasallikni davolash samaradorligini oshiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aksial spondiloartrit bilan og‘rigan bemoralarda immun yallig‘lanishni kamaytirish maqsadida bazis dori-vositalarni qo‘llash tavsiya etilgan va  shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitasiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitasiya uchun ishlatiladigan 45000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: aksial spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda diffuz suyak yo‘qotilishi markerlarini va suyak mineral zichligining buzilishini erta tashxislash kasallikni davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorda immun yallig‘lanish jarayonini kamaytirish maqsadida bazis dori vositalarni qo‘llash tavsiya etilgan va  shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritda o‘sma nekrozi omili-α ingibitorlari bilan davolangan bemorlarda aniq klinik va laborator samara kuzatilishiga qaramasdan interleykin-17A ning yuqori konsentrasiyasi sababli umurtqa pog‘onasidagi struktur o‘zgarishlar davom etishi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.11.2023-yildagi 99-sonli buyruq, Farg‘ona shahar  tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.11.2023-yildagi 131- UM-sonli buyruq hamda Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 25.12.2023-yildagi 106-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aksial spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda gen-injener biologik dori-vositalarni qo‘llash tizimli asoratlar rivojlanishini, nogironlik va kasallik zo‘rayishini oldini olish, mehnat qobiliyatini uzoq muddatga saqlab qolishiga imkoniyat bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gen-injener biologik dori vositasini, xususan o‘sma nekrozi omili-α ingibitorini qo‘llash bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy harajatlarini 44% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,6 kundan 10,04 (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 970000 so‘mga kamaytirildi (Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada davolash davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 120 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 30000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: aksial spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirish remissiya davrini uzayishi va byudjetdan tashqari mablag‘larni 970 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritning aksial shaklida dastlab interleykin-17A ingibitorlarini qo‘llash, nafaqat kasallik faolligining kamayishiga, balki umurtqa pog‘onasida struktur o‘zgarishlarining barqarorlashiga ijobiy ta’siri aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.11.2023-yildagi 99-sonli buyruq, Farg‘ona shahar  tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.11.2023-yildagi 131- UM-sonli buyruq hamda Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 25.12.2023-yildagi 106-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
aksial spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda gen-injener biologik dori-vositalarni qo‘llash tizimli asoratlar rivojlanishini, nogironlik va kasallik zo‘rayishini oldini olish, mehnat qobiliyatini uzoq muddatga saqlab qolishga imkoniyat bergan.
 Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gen-injener biologik dori vositasini, xususan intreleykin-17A ning ingibitorini qo‘llash bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy harajatlarini 47% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,8 kundan 10,07 (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 970000 so‘mga kamaytirildi (Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada davolash davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 120 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 30000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: aksial spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirish remissiya davrini uzayishi va byudjetdan tashqari mablag‘larni 970000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Aksial spondiloartrit: suyak remodelyasiyasi va target terapiya tamoyillari”  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 2-noyabrdagi 09/10014- sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish