Juraev Baxodir Nurmaxamad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Flegmona bilan asoratlangan o‘tkir odontogen osteomielit davo-diagnostik tadbirlarini takomillashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2133.
Ilmiy rahbar: Xolmatova Matluba Artikovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaeva Faniya Zartdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Malabar stomatologiya kolledji va ilmiy tekshirish markazi (Xindiston)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir odontogen osteomielit va osteoflegmonalarni kompleks davosiga sorbsion-applikatsion terapiya va yuz-jag‘ treningini kiritish orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
osteoflegmonani kompleks davolashda yangi tolasimon sorbentining yallig‘lanish va reparativ jarayonlarni kechishiga ijobiy ta’siri sitologik tekshiruvda kapilyarlarga boy granulyasion to‘qimalar xosil bo‘lishi va polimorf yadroli leykotsitlarning keskin kamayishi bilan isbotlangan;
yangi tolasimon sorbentining yallig‘langan soxada xosil bo‘lgan shishni kamaytirish xususiyati dinamikada RDS va UTT tekshiruvi natijalariga ko‘ra asosiy guruhning nazorat guruxga nisbatan maxalliy jaroxat sohasida qonning chiziqli tezligini (QChT) ortishi, periferik qon tomirlardagi qarshilikning (RI) kamayishi kabi ko‘rsatgichlar bilan isbotlangan;
ishlab chiilgan tish-jag‘ treningini qo‘llanilishi chaynov mushaklarining yallig‘lanish kontrakturasi reduksiyasini tezlashtirishi va og‘iz ochilishini 5 kunda me’yorlashuviga olib kelishi isbotlangan;
klinik ko‘rsatgichlar asosida paxta tolasidan tayyorlangan sorbent bilan sorbsion-applikatsion terapiya va tish-jag‘ treningini qo‘llash algoritmini osteoflegmonlarni kompleks davosiga kiritilishi orqali og‘riq sindromini kamayishi, ajralma kamayishi va yarada granulyasiya xosil bo‘lishi va barvaqt epitelizatsiyaga erishish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 2 maydagi 38-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik bo‘yicha  : osteoflegmonani kompleks davolashda yangi tolasimon sorbentining yallig‘lanish va reparativ jarayonlarni kechishiga ijobiy ta’siri sitologik tekshiruvda kapilyarlarga boy granulyasion to‘qimalar xosil bo‘lishi va polimorf yadroli leykotsitlarning keskin kamayishi bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sogʼliqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining   2023 yil 11 noyabrdagi 04-z/30 sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuz-jag‘ sohasi odontogen flegmonalarini maxalliy davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: shundan iboratki, yallig‘lanish belgilarining erta kamayishi davolanish muddatini qisqartiradi, bu esa bir bemordan o‘rta hisobda har bir kun uchun 74000 so‘m davlat budjetidan iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik bo‘yicha  yangi tolasimon sorbentining yallig‘langan soxada xosil bo‘lgan shishni kamaytirish xususiyati dinamikada RDS va UTT tekshiruvi natijalariga ko‘ra asosiy guruhning nazorat guruxga nisbatan maxalliy jaroxat sohasida qonning chiziqli tezligi(LSK) ortishi, periferik qon tomirlardagi qarshilikning(RI) kamayishi kabi ko‘rsatgichlar bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan yiringli-yallig‘lanish kasalliklarni davolash usuli yuz-jag‘ jarrohlari tomonidan ham statsionar sharoitda qo‘llanilishi mumkinligi, davolash muddatlarini qisqartirishi va iqtisodiy samaradorligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: . Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Shuningdek, olingan ilmiy natijalar sogʼliqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining   2023 yil 11 noyabrdagi 04-z/30 sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuz-jag‘ sohasi flegmona bilan asoratlangan o‘tkir odontogen osteomielitli bemorlarni maxalliy davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida osteoflegmona bilan davolangan bemorlarning taklif qilingan usul qo‘llanilgan qismi an’anaviy davo olgan bemorlarga nisbatan ertaroq ambulator kuzatuvga chiqarilgan, bu esa ish qobiliyatini tez tiklanishiga olib keldi. Shuningdek yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida yuz-jag‘ sohasining osteoflegmonasi bo‘lgan bemorlarning oʼrtacha yotish muddati ham baholandi: yangi taklif qilingan sorbentni davolash rejimiga kiritilgan bemorlar kasalxonada 4,6±0,5 kun qolishdi, bu anʼanaviy davolanishni olgan bemorlar guruhiga nisbatan 3,7±0,6 kunga kam. Iqtisodiy jihatdan bir bemor uchun o‘rta hisobda barcha harajatlarni hisobga olgan holda 1 kunlik davolanish summasini 92500 so‘m deb oladigan bo‘lsak, 3 kunlik davolanish harajati ya’ni (3x92500 so‘m) 277500 so‘m iqtisod qilinadi. Agarda yiliga o‘rtacha 318 ta operatsiya o‘tkazilishini inobatga olsak (318x277500 so‘m), yiliga eng kamida 88245000 so‘m davlat budjetidan iqtisod qilinishiga erishiladi.
uchunichi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan tish-jag‘ treningini qo‘llanilishi chaynov mushaklarining yallig‘lanish kontrakturasi reduksiyasini tezlashtirishi va og‘iz ochilishini 4,9±0,7 kunda me’yorlashuviga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: “Tish-jag‘ treninglari yordamida chaynov mushaklari holatini meyorlashuv dinamikasi (trizm reduksiyasi) mushaklarning funksional tekshiruvi (Gamburg testi) va og‘izning ochilish darajasini o‘lchash ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatilib, treningdan foydalangan bemorlar guruxida yallig‘lanish kontrakturasini reabilitatsiya bosqichining 4.9±0,7 kunda bartaraf etilishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sogʼliqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining   2023 yil 11 noyabrdagi 04-z/30 sonli xulosasi).  Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuz-jag‘ sohasi flegmona bilan asoratlangan o‘tkir odontogen osteomielitli bemorlarni maxalliy davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: asosiy guruhdagi bemorlarda tish-jag‘ trening natijasida, kuzatuv davrida og‘izni ochilish darajasi to‘liq meyorlashmagan taqqoslash guruhidagi bemorlardan farqli ravishda, 5-7 kun davomida trizm (chaynov mushaklarining spazmi) kamaygan. Olingan natijalar operatsiyadan keyingi dastlabki davrda yuz-jag‘ sohasining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida “DentaFit” tish-jag‘ trenajeridan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi, bu esa pastki jag‘ning yallig‘lanish kontrakturasini tez reduksiyaga erishishga va yallig‘lanish asoratlari rivojlanishining oldini olishga imkon beradi, shuningdek biz ishlab chiqqan davolash algoritmi jarrohlik va davolanishdan keyingi asoratlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi . Yuz sohasining odontogen flegmonasi bo‘lgan bemorlar kasalxonada o‘rtacha 7-10 kun davolanadi, bir kunlik kasalxonada yotish 45000 so‘m, oziq - ovqat mahsulotlari 17500 so‘m, dori vositalari 30 000 so‘m. 10 kunga davlat byudjetidan 450 000 + 175000 + 300 000 = 925000 so‘m ajratilishi kerak. Tavsiya etilgan usul bemorlarning davolanish samaradorligini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Agar yiliga o‘rtacha 288 ta operatsiya o‘tkazilsa, ularning 15 foizida asoratlar kuzatiladi, 43 nafar bemorga takroriy jarrohlik aralashuvlar talab qilinadi, xarajatlar 294150000 so‘mni tashkil qiladi. Mahalliy davolanishning tavsiya etilgan usuli bo‘yicha bir kun kasalxonada yotish - 45 000 so‘m, mahsulotlar - 17500 so‘m, dori - darmonlar- 30000 so‘m (5 kunga 225000 + 87500 + 150000 = 462000) 146916000 davlat byudjetidan ajratiladi. Davolash usulimizga ko‘ra, bemorning kasalxonada qolish muddati tavsiya etilgan davolash samaradorligi hisobiga qisqartiriladi va shu bilan yiliga 147234000 so‘mlik budjet mablag‘lari sarfi kamaytirilishiga erishiladi..
to‘rtinchi ilmiy yangilik klinik ko‘rsatgichlar asosida paxta tolasidan tayyorlangan sorbent bilan sorbsion-applikatsion terapiya va tish-jag‘ treningini qo‘llash usuli osteoflegmonlarni kompleks davosiga kiritilishi orqali og‘riq sindromini kamayishi, ajralma kamayishi va yarada granulyasiya xosil bo‘lishi va barvaqt epitelizatsiyaga erishish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: paxta tolasidan olingan yangi sorbentni jaroxat sohasiga mahalliy qo‘llash orqali yuz-jag‘ sohasidagi odontogen tabiatdagi yumshoq to‘qimalar flegmonasi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun innovatsion usul yaratish va joriy etishga yo‘naltirilgan. olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining   2023 yil 11 noyabrdagi 04-z/30 sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Klinik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, biz yaratgan davolash usulidan foydalanish yarani yiringli-nekrotik to‘qimalardan tozalanishi, og‘riqni kamaytirish kabi klinik belgilarining namoyon bo‘lishini kamaytiradi, yara o‘chog‘idagi epiteliyning sintezi va tiklanishi jarayonlarini tezlashtiradi, bemorni kasalxonada yotish davrini qisqartiradi. Yangi paxta sellulozasidan olingan tolasimon sorbent ortiqcha qo‘shimchalarsiz, mexanik maydalangan tibbiy buyum hisoblanib, erkin radikallar soni ko‘pligi hisobiga yuqori bakteriosid hususiyatga ega, shuningdek sorbsion xususiyatini yuqoriligi tufayli yallig‘lanish infiltrati tez kichrayadi, bu esa bemorlarda og‘riq hissini kamayishini ta’minlaydi, qolaversa tavsiya etilgan usul bemorlarning davolanish samaradorligini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Agar yiliga o‘rtacha 288 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilsa, ularning 15 foizida asoratlar kuzatiladi, 43 nafar bemorga takroriy jarrohlik aralashuvlar talab qilinadi, xarajatlar 294 150 000 so‘mni tashkil qiladi. Mahalliy davolanishning tavsiya etilgan usuli bo‘yicha bir kun kasalxonada yotish - 45000 so‘m, mahsulotlar - 17500 so‘m, dori - darmonlar- 30000 so‘m (5 kunga 225000 + 87500 + 150000 = 462000) 146916000 davlat byudjetidan ajratiladi. Davolash usulimizga ko‘ra, bemorning kasalxonada qolish muddati tavsiya etilgan davolash samaradorligi hisobiga qisqartiriladi va shu bilan yiliga 147234000 so‘mlik budjet mablag‘lari sarfi kamaytirilishiga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish