Tashpulatova Maxsuma Xayrulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda antioksidant terapiya samaradorligini baholash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3134.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Muminov Davron Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda klinik-patogenetik mexanizmlarni o‘rganish bilan birga antioksidant terapiya samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus assotsirlangan nefropatiyali bemorlarda buyrak faoliyatini interleykin (IL) -6 sitokinining miqdoriy o‘zgarishlari bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek kasallikni kechishida IL-1β miqdorini ahamiyatga ega emasligi isbotlangan;
koronavirus assotsirlangan nefropatiyali bemorlarda buyrak faoliyatini buyrak ichi gemodinamikasini buzilishlari, ya’ni turli arteriyalarda maksimal sistolik va yakuniy diastolik tezlik, tomirlarning rezistentlik xamda pul`s indekslari bilan bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
koronavirus assotsirlangan nefropatiyali bemorlarni N-atsetilsistein bilan davolash buyrak faoliyati, gemostaz tizimi va buyrak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlariga ta’sir samaradorligi asoslangan;
koronavirus assotsirlangan nefropatiyali bemorlarni davolashda N-atsetilsisteinni qo‘llash bilan buyraklar funksional holatini saqlab qolish, surunkali buyrak kasalliklarini sonini ortishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘tkir buyrak shikastlanishini yuzaga kelish xavfini kamaytirish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2024-yil 09-aprel №04x/33-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor koronavirus assotsirlangan nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarda buyrak funksional holati IL-6 sitokinining miqdoriy o‘zgarishlari bilan uzviy bo‘g‘liqligi, shuningdek kasallikni kechishida IL-1β miqdorini ahamiyatga ega emasligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koronavirus assotsirlangan nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarda buyrak funksional holati baxolash maqsadida qondagi IL-6 xamda IL-1 sitokinining miqdorini nazorat qilinishi tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarni antioksidantlar bilan davolashda sitokinlar dinamikasi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashida 2023 yil 31 may 04-p/36-son ma’lumotnomasi) ) Surxondaryo viloyati Termiz shaxrining 2023 yil 10 iyuldagi №14 buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan va Toshkent shaxri Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 5 iyundagi №45 buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarda kasallikni engil kechishi kuzatilgan bo‘lsada, ulardagi o‘tkir buyraklar shikastlanishi va koronavirus assotsirlangan nefropatiyalar yuzaga kelishi kuzatilgan, ularda buyrak funksional holati baholash maqsadida qondagi IL-6 sitokinining miqdorini nazorat qilinishi buyraklar o‘tkir shikastlanishini erta aniqlash imkonini beradi. Erishilgan natija koronavirus assotsirlangan nefropatiyalar mavjud bemorlarning o‘tkir buyrak shikastlanishi yuzaga kelish extimoli pasayib, nisbatan qimmat bo‘lgan tadbir gemodializ va reanimatsion davoga bo‘lgan talab kamaydi, shuningdek aholi orasida o‘lim sonini kamayishi, ijtimoiy – tibbiy va iqtisodiy ahamiyatga xam egadir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi koronavirus assotsirlangan nefropatiyalar yuzaga kelishi, nisbatan qimmat bo‘lgan tadbir gemodializ va reanimatsion davoga bo‘lgan talab kamaydi, aholi orasida o‘lim soni kamaydi, bu esa sarflanadigan o‘rta hisobda 143 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib kelishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda buyraklar funksional holati kritik darajada buziladi va u meyor chegarasiga nisbatan zardobda mochevinani 1,7 barobargacha hamda kreatininni 2,1 barobargacha oshib ketishi, shuningdek koptokchalar filtratsiyasini dializ oldi holatigacha (28,7 ml/min.) pasayishi bilan namoyon bo‘ldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda antioksidant terapiya samaradorligini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shaxar Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tadbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 31-maydagi 04-p/35-sonli xulosa olingan).
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarda buyrak faoliyatini buyrak ichi gemodinamikasini buzilishlari, ya’ni turli arteriyalarda maksimal sistolik va yakuniy diastolik tezlik, tomirlarning rezistentlik va puls indekslari bilan bevosita bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: doplerografiya yordamida a’zolar qon tomirlarini tekshirish yordamida mazkur a’zolarning, xususan buyrakning qon aylanishi o‘zgarishlari, buyrak ichi gemodinamikasi va tomirlar qarshiligini baholash asosida uning funksional holati haqida ma’lumotlar olish, shuningdek nefropatiyalarni tashxislash mumkin bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi «Koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarni antioksidantlar bilan davolashda sitokinlar dinamikasi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashida 2023 yil 31 may 04-p/36-son ma’lumotnomasi) Surxondaryo viloyati Termiz shaxrining 2023 yil 10 iyuldagi №14 buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan va Toshkent shaxri Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 5 iyundagi №45 buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: koronavirus assotsirlangan nefropatiyasi bor bo‘lgan bemorlarda SARS-CoV-2 infeksiyasining engil kechishida ham siydik sindromi mavjud bo‘lgan bemorlarda buyraklar doplerografiyasi tekshiruvi o‘tkazilishi tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: koronavirus assotsirlangan nefropatiyasi bor bo‘lgan bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi surunkali buyraklar etishmovchiligi yuzaga kelishi, nisbatan qimmat bo‘lgan tadbir gemodializ va reanimatsion davoga bo‘lgan talab hamda aholi orasida o‘limni kamaytirish uchun har 1 nafar bemorga 128000 so‘m tekshirish xarajatlarini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda buyrak ichi gemodinamikasini buzilishi Vs max hamda Vd ning nazorat guruhiga nisbatan ishonchli (r<0,001) pasayishi, shuningdek RI va PI ko‘rsatkichlarini nazorat guruhiga nisbatan ishonchli (r<0,001) oshishi bilan namoyon bo‘ldi. Bu o‘rinda N-atsetilsistein preparatini qo‘llanilishi Vs max va Vd qiymatlarini tezlashishi hamda RI va PI ko‘rsatkichlarini pasayishi kuzatilib buyrak ichi gemodinamikasini ijobiy tomonga siljishi kuzatildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Koronavirus assosirlangan nefropatiyalarda antioksidant terapiya samaradorligini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shaxri Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tadbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 31-maydagi 04-p/35-sonli xulosa olingan).
uchinchi ilmiy yangilik: koronavirus assotsirlangan nefropatiyali bemorlarni N-atsetilsistein bilan davolash buyrak faoliyati va gemostaz tizimi ko‘rsatkichlariga, buyrak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlariga ta’sir samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: N-atsetilsistein preparatini qo‘llanilishi koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda Vs max va Vd ning tezlashishi hamda RI va PI ning kamayishi, interleykinlarni muvofiqlanishi hisobiga buyraklar faoliyatini ijobiy tomonga siljishiga, xususan koptokchalar filtratsiyasini yaxshilanishiga olib kelishi, ya’ni antioksidantlarning qo‘llanilishi SARS-CoV-2 infeksiyasining buyraklarga bo‘lgan sitopatik ta’siri tufayli yuzaga keladigan og‘ir renal asoratlar, ya’ni o‘tkir buyrak shikastlanishini yuzaga kelish xavfini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi « Koronavirus assotsirlangan nefropatiyali bemorlarda buyrak ichi gemodinamikasiga atsetilsisteinni samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashida 2023-yil 31 may 04-p/36-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan) Surxondaryo viloyati Termiz shaxrining 2023 yil 10 iyuldagi №14 buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan va Toshkent shaxri Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 5 iyundagi №45 buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarni davolashda muxim axamiyat kasb etadigan patogenetik omillardan biri bo‘lgan sitokinlar bo‘ronini bloklovchi preparatlar xisoblangan atsetilsistein buyrak koptokchalaridagi kappillyarlarga angioprotektiv samara beradi, shuningdek koptokchalarni yashovchanligini oshiradi hamda eng asosiysi koptokchalar filtratsiyasini oshirishidir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SARS-CoV-2 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda o‘tkir buyralar shikaslanishini erta aniqlanishi buyraklar qon tomirlarini doplerografiyasi, IL-6 miqdorini tekshirilishi hamda antioksidant davo maqsadida N-atsetilsistein preparatini qo‘llanilishi bemorlarni surunkali buyrak kasalligi va gemodializga bo‘lgan talabni kamaytiradi va har bir bemordan 37 710 000 so‘mni tejashga imkon beradi. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra N-atsetilsistein preparatini koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda qo‘llanilishi, ushbu bemorlarda optimal standart terapiya tanlash orqali surunkali buyrak kasalligi va gemodializga bo‘lgan talab kamaydi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda antioksidant terapiya samaradorligini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shaxri Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tadbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 31-maydagi 04-p/35-sonli xulosa olingan).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koronavirus assotsirlangan nefropatiyali bemorlarni davolashda N-atsetilsisteinni qo‘llash bilan buyraklar morfologik hamda funksional holatini saqlab qolish, surunkali buyrak kasalliklarini sonini ortishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘tkir buyrak shikastlanishini yuzaga kelish xavfini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koronavirus assotsirlangan nefropatiyalar bilan kasallangan bemorlarda laborator ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida individual yondashib antioksidant davo tanlanish lozim. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Koronavirus assotsirlangan nefropatiyali bemorlarda buyrak ichi gemodinamikasiga atsetilsisteinni samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashida 2023-yil 31 may 04-p/36-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan) ) Surxondaryo viloyati Termiz shaxrining 2023 yil 10 iyuldagi №14 buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan va Toshkent shaxri Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 5 iyundagi №45 buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarni davolashda muxim axamiyat kasb etadigan patogenetik omillardan biri bo‘lgan sitokinlar bo‘ronini bloklovchi preparatlar hisoblangan atsetilsistein buyrak koptokchalaridagi kappillyarlarga angioprotektiv samara beradi. Eng asosiysi koptokchalar filtratsiyasini oshirishidir, bemorlarga individual antioksidant davo tanlashga va bu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir asoratlar hamda erta o‘lim xavfini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: berilgan tavsiyalarga amal qilinganda bemorlarda o‘tkir buyraklar shikastlanishi aniqlanganda antioksidant dori vositasi individual tanlangan holda xar bir bemor 71 200 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: N-atsetilsistein preparatini qo‘llanilishi koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda Vs max va Vd ning tezlashishi hamda RI va PI ning kamayishi, interleykinlarni muvofiqlashishi hisobiga buyraklar faoliyatini ijobiy tomonga siljishiga, xususan koptokchalar filtratsiyasini 45,1 ml/min.gacha ko‘tarilishiga olib keldi. Antioksidantlarning qo‘llanilishi SARS-CoV-2 infeksiyasining buyraklarga bo‘lgan sitopatik ta’siri tufayli yuzaga keladigan og‘ir renal asoratlar, ya’ni o‘tkir buyrak shikastlanishini yuzaga kelish xavfini kamaytirdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Koronavirus assotsirlangan nefropatiyalarda antioksidant terapiya samaradorligini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shaxri Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tadbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 31-maydagi 04-p/35-sonli xulosa olingan).