Maxamatxodjaeva Xulkar Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ankilozlovchi spondiloartritda sitokinlar va tog‘ay to‘qimasi markerlarining klinik-diagnostik va prognostik axamiyati» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.I.PhD/Tib3752.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Xojiakbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda sitokinlar va tog‘ay to‘qima markerlarini kasallik bosqichiga mos holda diagnostik va prognostik axamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ankilozlovchi spondiloartritning dastlabki bosqichida IL-23 yuqori darajada, keyingi bosqichlarida uning miqdorining pasayishi, jarayon faolligini bildiruvchi marker ekanligi asoslangan;
kasallikning rentgenologik bosqichlari oshib borgan sari YKL-40 darajasining pasayishi patogenetik asoslangan;
interleykin-23 va tog‘ay glikoproteini darajalari bilan kasallikning boshqa faollik indekslari o‘rtasida kuchli manfiy korelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
kasallik erta bosqichida YKL-40 miqdorining baland bo‘lishi tog‘ay destruksiyasi avj olganlik darajasini bildiruvchi tashxisiy marker sifatida xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 09-apreldagi 04/092-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ankilozlovchi spondiloartritning dastlabki bosqichida IL-23 yuqori darajada, keyingi bosqichlarida uning miqdorining pasayishi, jarayon faolligini bildiruvchi marker ekanligi asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyati ko‘p tarmokli tibbiyot klinikasida 14.11.2023- yildagi 103- sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazida 17.11.2023- yildagi 54-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ankilozlovchi spondiloartritda sitokinlar va tog‘ay to‘qimasi markerlarining bemorlarda aniqlanishi va davo muolajalarini erta fursatda amalga oshirilishi, kasallik faolligini kamayishiga va uning natijasida mexnatga layoqatsizlik muddatini 30%ga kamaytirishga olib keladi.
Tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda kasallikni erta bosqichlarda aniqlash va kasallik avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan xolda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishning bir kunlik xarajati: 284500 ni tashkil etsa, bir kurs davolanish uchun 1622500 ni iqtisod qilish imkonini beradi.
Xulosa: ankilozlovchi spondiloartritda bemorlarda kasallikni erta tashxislash, kasallik rivojlanishi va asoratlarini oldini olish orqali bir nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 1622500 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ankilozlovchi spondiloartritda sitokinlar va tog‘ay to‘qimasi markerlarining klinik-diagnostik va prognostik axamiyati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi 2023- yil 01- noyabrdagi 09-09928-sonli xatlari yuborilgan.
Ikkinchi ilmi yyangilik: Kasallik erta bosqichida tog‘ay glikoproteini miqdorining baland bo‘lishi tog‘ay destruksiyasi avj olganlik darajasini bildiruvchi tashxisiy marker sifatida xizmat qilishi asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasida 14.11.2023- yildagi 103- sonli buyruq, hamda Respublika ixtitsoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 17.11.2023- yildagi 54-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ankilozlovchi spondiloartritni keying bosqichlarga erta fursatda o‘tmasligi imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida bemorlarda tog‘ay glikoproteini miqdorini aniqlash va ko‘rsatgichiga mos ravishda davoni o‘z vaqtida boshlash, bemorlar nogironligini keskin kamayishiga va doimiy statsinar davolanishlarni keskin kamayishiga olib keladi.
Xulosa: Kasallikning erta bosqichida tog‘ay glikoproteini miqdorini aniqlash va o‘z vaqtida boshlash bemorlar nogironligini keskin kamayishiga va doimiy statsinar davolanishlarni keskin kamayishi inkoniyatini beradi.
Uchinchi ilmiy yangilik: Interleykin-23 va tog‘ay glikoproteini darajalari bilan kasallikning boshqa faollik indekslari o‘rtasida kuchli manfiy korelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasida 14.11.2023- yildagi 103- sonli buyruq, hamda Respublika ixtitsoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 17.11.2023- yildagi 54-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda bemor holatini baholash orqali bemorlarda kasalligini aniqlash va davo muolajalarini erta fursatlarda amalga oshirish tufayli kasallik faolligi kamayishi natijasida bemorlarda nogironlik oldi olinadi va hayot sifati yaxshilanadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Rentgengacha bo‘lgan bosqichda kasallikning aniqlanishi, o‘z vaqtida erta tashxis qo‘yilib, davo muolajalarini tezkor boshlab kasallikni remissiyaga olib kelinishi, dori qabul qilish davomiyligini kamayishini imkonini beradi.
Xulosa: ankilozlovchi spondiloartrit li bemorlarda kasallikni erta tashxislash, kasallikni remissiyaga olib kelish, dori qabul qilish davomiyligini kamayishini iqtisod qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: ankilozlovchi spondiloartritda sitokinlar va tog‘ay to‘qimasi markerlarining klinik-diagnostik va prognostik axamiyati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi 2023- yil 01- noyabrdagi 09-09928-sonli xatlari yuborilgan.
To‘rtinchichi ilmiy yangilik: Kasallik erta bosqichida tog‘ay glikoproteini miqdorining baland bulishi tog‘ay destruksiyasi avj olganlik darajasini bildiruvchi tashxisiy marker sifatida xizmat qilishi asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasida 14.11.2023- yildagi 103- sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 17.11.2023- yildagi 54-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda kasallikni erta bosqichlarda aniqlanishi natijasida davolanishni erta boshlanishi davolanish samaradorligi ortishiga, nogironlikni va asoratlarini oldini olishga olib kelgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida bemorlarda kasallikni erta bosqichlarda aniqlash va davolashda ishlatiladigan dori vositalari uchun byudjet mablag‘laridan bir kunlik o‘rtacha 123000 so‘m, bir kurs davolanish uchun esa 615000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Xulosa: ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda kasallik erta bosqichida tog‘ay glikoproteini miqdorini, kasallikni boshqa klinik belgilari bilan birgalikda aniqlanishi o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “ankilozlovchi spondiloartritda sitokinlar va tog‘ay to‘qimasi markerlarining klinik-diagnostik va prognostik axamiyati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi 2023- yil 01-noyabrdagi 09-09928-sonli xatlari yuborilgan.
“Ankilozlovchi spondiloartritda sitokinlar va tog‘ay to‘qimasi markerlarining klinik-diagnostik va prognostik axamiyati” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi 2023- yil 01-noyabrdagi 09-09928-sonli xatlari yuborilgan.