Abdurazakova Muxayyo Dilshodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘t yo‘llari patologiyasi mavjud homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarini kamaytirish maqsadida homiladorlikni olib borishni optimallashtirish” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1469.
Ilmiy raxbar: Babadjanova Guljaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t pufagi kasalliklari mavjud homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanishida endotelial disfunksiya rolini aniqlash, ushbu asoratlarni kamaytirishda zamonaviy bashoratlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali xolesistit mavjud homilador ayollarda gipertenziv sindrom rivojlanishining xavf omillari anamnez, klinik-laborator ko‘rsatkichlar va funksional tekshiruv usullari asosida kasallik rivojlanishidagi patomorfologik o‘rni isbotlangan;
surunkali xolesistit mavjud homilador ayollarda gipertenziv sindrom rivojlanishi qon zardobi tarkibidagi lipidlar holati – xolesterin, past zichlikdagi lipoproteinlar, trigliseridlar, yallig‘lanish oldi sitokinlari - o‘simta nekrozi omili-α (TNF-α), interleykin-1β (IL-1β), interleykin-6 (IL-6) va endotelial disfunksiya markeri - hujayra adgeziyasining vaskulyar molekulasi (VCAM-1) darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
homiladorlik davrida o‘t pufagi kasalliklari mavjud ayollarda gipertenziv sindrom va uning asoratlari (induksiyalangan muddatdan oldingi tug‘ruq, operativ tug‘ruqlar, chala chaqaloqlarning tug‘ilishi, homilaning rivojlanishdan ortda qolishi sindromi, akusherlik qon ketishlari va chilla davri asoratlari) rivojlanishining xavf guruhlarini aniqlash uchun prognostik shkala yaratilganligi isbotlangan;
o‘t pufagi kasalliklari mavjud ayollarda og‘ir preeklampsiya, akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish maqsadida gipertenziv sindrom rivojlanishi xavfi bo‘lgan homilador ayollarni olib borish va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yil 9 apreldagi 04/100-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 9-oktabrdagi 09-08801-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: surunkali xolesistit mavjud homilador ayollarda gipertenziv sindrom rivojlanishining xavf omillari anamnez, klinik-laborator ko‘rsatkichlar va funksional tekshiruv usullari asosida o‘rganildi, kasallik rivojlanishidagi o‘rni aniqlanganligi Respublika Perinatal markazining 19.10.2023 yil №01/373-sonli va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasining 11.10.2023 yil №123-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruv asosida o‘t pufagi kasalliklari mavjud homilador ayollarda gipertenziv sindrom rivojlanishini oldini olish uchun tavsiyalar berish orqali mavjud homiladorlikda kasallikni erta tashxislash natijasida homiladorlikni uzaytirish imkoniyatlari oshiriladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xavf omillarini e’tiborga olgan holda surunkali xolesistit fonida gipertenziv sindrom yuzaga chiqishini 17 nafar homilador ayollarda erta aniqlash imkoni bo‘ldi, bu shifokorga murojaat qilish uchun minimal 60000 so‘m va homiladorlarni shifoxonada 1 kun yotish to‘lovi uchun minimal 76500 so‘m, umumiy 136500 so‘mga xarajatlarni qisqartirishga asos bo‘ldi.  Umumiy 17 nafar homilador ayolga hisoblanganda 2320500 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: xavf guruhi ayollarida homiladorlikni olib borishning individual yondashuvi akusherlik asoratlarini uchrashishini kamayishiga, shuningdek, 1 nafar homilador ayolning bir martalik ko‘rik va bir kunlik shifoxonada bo‘lish vaqti uchun 136500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali xolesistit mavjud homilador ayollarda gipertenziv sindrom rivojlanishi qon zardobi tarkibidagi lipidlar holati – xolesterin, past zichlikdagi lipoproteinlar, trigliseridlar, yallig‘lanish oldi sitokinlari - o‘simta nekrozi omili-α (TNF-α), interleykin-1β, interleykin-6 va endotelial disfunksiya markeri - hujayra adgeziyasining vaskulyar molekulasi (VCAM-1) darajasiga bog‘liqligi isbotlangan. Kompleks tekshiruvlar va VCAM-1 darajasini (>270 ng/ml) aniqlash nafaqat gipertenziv sindrom rivojlanishi xavfini, balki jarayonning chuqurlashishini bildiradigan ko‘rsatkich xisoblanadi. Uning miqdorining 550,0 ng/ml.dan baland bo‘lishi preeklampsiya og‘ir darajaga o‘tganligini ko‘rsatishi isbotlanganligi Respublika Perinatal markazining 19.10.2023 yil №01/373-sonli va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasining 11.10.2023 yil №123-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xolesterin, past zichlikdagi lipoproteinlar, trigliseridlar, o‘simta nekrozi omili-α, interleykin-1β, interleykin-6 va VCAM-1 darajasi homiladorlik davrida akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanishida yuqori prognostik ahamiyati va samaradorligini isbotlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali xolesistit va preeklampsiya o‘rtasidagi patogenetik umumiylikni o‘rganish va individuallashgan homiladorlikni olib borish natijalari homiladorlik asoratlarining sonini, davolanish vaqtini qisqartirishga imkon berdi. Surunkali xolesistit fonida rivojlangan gipertenziv sindrom natijasida shifokorga murojaat qilish uchun minimal 60000 so‘m va homiladorlarni shifoxonada bir kun yotish to‘lovi uchun minimal 76500 so‘m, umumiy 136500 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Homiladorlarda surunkali xolesistit mavjud bo‘lganda, akusherlik asorati tufayli davolanishiga oilaviy poliklinika sharoitida bir martalik qatnov uchun 60000 so‘m va shifoxonada bo‘lish vaqti uchun minimal 76500 so‘m iqtisod qilinadi. Umumiy 1 nafar homilador ayolga bir kunlik uchun 136500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlik davrida o‘t pufagi kasalliklari mavjud ayollarda gipertenziv sindrom va uning asoratlari (induksiyalangan muddatdan oldingi tug‘ruq, operativ tug‘ruqlar, chala chaqaloqlarning tug‘ilishi, homilaning o‘sishdan ortda qolishi sindromi, akusherlik qon ketishlari va chilla davri asoratlari) rivojlanishining xavf guruhlarini aniqlash uchun prognostik shkala yaratilganligi isbotlanganligi Respublika Perinatal markazining 19.10.2023 yil №01/373-sonli va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasining 11.10.2023 yil №123-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan prognozlash usuli klinik oldi bosqichlarida preeklampsiyani aniqlash imkonini beradi. Bu esa preeklampsiya natijasida yuzaga keladigan muddatdan oldingi induksiyalangan va operativ tug‘ruqlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t pufagi va yo‘llari kasalliklari mavjud homiladorlarni olib borishda tavsiya etilgan bashoratlash shkalasi asosida olib borilgan ayollarda tashxislash maqsadida kompleks tekshiruv tarkibida VCAM-1 darajasini aniqlash orqali muddatidan oldingi tug‘ruq va asossiz tibbiy aralashuvlarni kamaytirish yo‘li bilan 1 nafar homilador ayolga eng kamida 2076500 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Bunda shifoxonada bo‘lish vaqti uchun minimal 76500 so‘m va kesarcha kesish amaliyotiga ketadigan xarajatlar 2000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘t pufagi kasalliklari mavjud homiladorlarda gipertenziv sindrom rivojlanishini bashorat qilish uchun tavsiya etilgan tashxislash shkalasi asosida olib borilgan ayollarda VCAM-1 miqdorini aniqlash orqali og‘ir preeklapmsiya oqibatida yuzaga keladigan muddatidan oldingi tug‘ruq va asossiz tibbiy aralashuvlarni kamaytirish yo‘li bilan homiladorlarni shifoxonada bo‘lish va kesarcha kesish amaliyotiga ketadigan xarajatlar iqtisod qilinadi. Umumiy 1 nafar homilador ayolga 2 076 500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘t pufagi kasalliklari mavjud ayollarda og‘ir preeklampsiya, akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish maqsadida gipertenziv sindrom rivojlanishi xavfi bo‘lgan homilador ayollarni olib borish va davolash algoritmi ishlab chiqilgani Respublika Perinatal markazining 19.10.2023 yil №01/373-sonli va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasining 11.10.2023 yil №123-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmni tatbiq etish orqali o‘t pufagi kasalliklari fonida gipertenziv sindrom rivojlanishi bo‘yicha yuqori xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish orqali homiladorlikni uzaytirish va operativ tug‘ruqlar sonini qisqartirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali xolesistit mavjud homilador ayollarda gipertenziv sindrom rivojlanishining xavfi bo‘lgan ayollarni olib borish va davolash algoritmini qo‘llab og‘ir preeklampsiyani oldini olish orqali tug‘ruqni tabiiy yo‘l bilan olib borishga (768000-1025200 so‘m) erishildi va shifoxonada bo‘lish vaqti 5 kundan 3 kunga kamayib, 2 kun uchun minimal 170 000 so‘m iqtisod qilindi. Umumiy xisobda 1402000 so‘mni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: o‘t yo‘llari kasalliklari mavjud homilador ayollarda gipertenziv sindrom rivojlanishining xavfi bo‘lgan ayollarni olib borish va davolash algoritmini tatbiq etish og‘ir preeklampsiya rivojlanishini, akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirishga yordam berdi va 1 nafar homilador ayol hisobiga 1402000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish