Mirxayotova Nozimaxon Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali miya ishemiyasida perfuziyaning va miya metabolizimining xususiyatlari, terapiyani optimallashtirish» 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2770.
Ilmiy raxbar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Mirxotam Mirxoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Karpov Sergey Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali miya ishemiyasining turli bosqichlari bilan kasallangan bemorlarda insul`t rivojlanish xavfini aniqlagan holda serebral gemodinamika holati va metabolik disbalans qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CMIning har bir bosqichi uchun bosh miyaning asosiy sohalaridagi serebral gemodinamika, qon oqimi tezligi (CBF), 1 daqiqada 100 gr miya moddasi uchun qon hajmi (CBV) va sekundlarda o‘rtacha qon o‘tish vaqti (MTT)ni o‘lchash zarurligi asoslangan;
bosh miya qon aylanish tizimidagi strukturaviy-funksional o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun BST UTDS, TKDS va kontrast bilan MRT- perfuziya, MSKT-perfuziya tekshiruvlaridan foydalangan holda SMIning turli bosqichlarida serebral metabolizm va funksiyalarning patologik o‘zgarishlari isbotlangan;
serebral metabolizm va perfuziyani hisobga olgan holda innovatsion endovaskulyar davolash usullari yoki konservativ usullar yordamida kasallik rivojlanishining oldini olish va insul`t xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradigan CMI bilan kasallangan bemorlarda insul`t xavfini baholash uchun prognostik matrisa ishlab chiqilgan;
SMIning turli bosqichlarida miya perfuziyasi holatini kompleks diagnostika qilish mezonlarini optimallash orqali kasallikning har bir bosqichi uchun individual ko‘rsatmalarga qarab tabaqalashtirilgan davolash taktikalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 17 yanvardagi 01/059-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 maydagi 679-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: CMIning har bir bosqichi uchun bosh miyaning asosiy sohalaridagi serebral gemodinamika, qon oqimi tezligi (CBF), 1 daqiqada 100 gr miya moddasi uchun qon hajmi (CBV) va sekundlarda o‘rtacha qon o‘tish vaqti (MTT)ni o‘lchash zarurligi asoslangani «AKFA MEDLINE» MChJning ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 08.09.2023 yildagi 167-son hamda Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi bo‘yicha 08.09.2023 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SMIning turli bosqichlarida bosh miyaning asosiy sohalaridagi serebral perfuziya xususiyatlarining roli, xususan, 1 daqiqada 100 gr miya moddasi uchun qon hajmi, qon o‘tishining tezligi va sekundlarda minimal qon o‘tish vaqti kabi parametrlarning nevrologik statusda asoslanganligi funksional o‘zgarishlarni yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SMIda qon oqimi tezligi, daqiqasiga qon o‘tish hajmi, sekundlarda qon o‘tishning minimal vaqtini belgilash orqali serebral perfuziya holatini baholash maqsadida shifoxonada bir kunlik davolanish 106000 so‘m (shifoxona sharoitida davolanish davomida dori-darmonlar uchun 61666 so‘m, bir kunlik oziq-ovqat uchun 24027 so‘m, xo‘jalik xarajatlari 37413 so‘m)ni tashkil etadi. Xulosa: SMI bilan og‘rigan bemorlarda serebral perfuziyani o‘rganish, kasallikning turli bosqichlarida qon oqimi tezligi, daqiqasiga qon o‘tish hajmi va sekundlarda qon o‘tishning minimal vaqtini aniqlash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 229106 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya qon aylanish tizimidagi strukturaviy-funksional o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun kontrast bilan BST UTDS, TKDS, MRT- perfuziya va MSKT-perfuziya tekshiruvlaridan foydalangan holda SMIning turli bosqichlarida serebral metabolizm va funksiyalarning patologik o‘zgarishlari isbotlangani «AKFA MEDLINE» MChJning ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 08.09.2023 yildagi 167-son hamda Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi bo‘yicha 08.09.2023 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bosh miya qon aylanish tizimidagi strukturaviy-funksional o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun kontrast bilan BST UTDS, TKDS, MRT-perfuziya va MSKT-perfuziya tekshiruvlaridan foydalangan holda SMIning turli bosqichlarida serebral metabolizm va perfuziyani o‘rganish nevrologik o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘ladigan asoratlarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya qon aylanish tizimidagi strukturaviy-funksional o‘zgarishlarni tahlil qilish maqsadida kontrast bilan BST UTDS, TKDS, MRT-perfuziya va MSKT-perfuziya tekshiruvlaridan foydalangan holda SMIning turli bosqichlarida serebral metabolizm va perfuziyani va ularning bemorlar hayot sifatiga ta’sirini instrumental tadqiqotlar orqali o‘rganishda byudjet mablag‘larini iqtisod qilish bir nafar bemor uchun 950000 so‘mni, MSKT yordamida aniqlashda esa 850000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bosh miya qon aylanish tizimidagi strukturaviy-funksional o‘zgarishlarni tahlil qilish maqsadida kontrast bilan BST UTDS, TKDS, MRT-perfuziya va MSKT-perfuziya tekshiruvlaridan foydalangan holda SMIning turli bosqichlarida serebral metabolizm va perfuziyani aniqlash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 18000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: serebral metabolizm va perfuziyani hisobga olgan holda innovatsion endovaskulyar davolash usullari yoki konservativ usullar yordamida kasallik rivojlanishining oldini olish va insul`t xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradigan CMI bilan kasallangan bemorlarda insul`t xavfini baholash uchun ishlab chiqilgan prognostik matrisa «AKFA MEDLINE» MChJning ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 08.09.2023 yildagi 167-son hamda Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi bo‘yicha 08.09.2023 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: serebral metabolizm va perfuziyani hisobga olgan holda CMI bilan kasallangan bemorlarda insul`t xavfini baholash uchun yaratilgan prognostik matrisa yordamida bemorlarni o‘z vaqtida aniqlashning yuqori samaradorligi baholangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: serebral metabolizm va perfuziyani hisobga olgan holda CMI bilan kasallangan bemorlarda insul`t xavfini baholash uchun yaratilgan, insul`t xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beruvchi prognostik matrisa yordamida yillik iqtisod qilish qiymati: IA = M×(AX – AY)=65000 so‘m×(12-4)=520000 so‘m. Bu erda, M – shifokorga bir marta murojaatning o‘rtacha qiymati; AX va AY – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni davolash uchun shifokorga murojaatlar soni. Xulosa: serebral metabolizm va perfuziyani hisobga olgan holda CMI bilan kasallangan bemorlarda insul`t xavfini baholash uchun yaratilgan prognostik matrisa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 520000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SMIning turli bosqichlarida miya perfuziyasi holatini kompleks diagnostika qilish algoritmini optimallash orqali har bir kasallik bosqichi uchun individual ko‘rsatmalarga qarab ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan davolash taktikalari «AKFA MEDLINE» MChJning ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 08.09.2023 yildagi 167-son hamda Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi bo‘yicha 08.09.2023 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: CBF va MTT darajalarini hisobga olgan holda CMIning turli bosqichlari bilan og‘rigan bemorlar uchun ambulator-profilaktika choralari, milliy standartlar va davolash protokollariga asoslangan terapevtik yondashuvlarni taklif qilish imkonini beruvchi kompleks diagnostik yondashuv va davolash taktikalari orqali kasalliklarni davolashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: CBF va MTT darajalarini hisobga olgan holda CMIning turli bosqichlari bilan og‘rigan bemorlar uchun ambulator-profilaktika choralari, milliy standartlar va davolash protokollariga asoslangan terapevtik yondashuvlarni tabaqalashtirish chora-tadbirlarining joriy qilinishi natijasida moddiy xarajatlar miqdorini 23,1% ga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: SMIni kompleks tashxislash, terapevtik yondashuvlarni tabaqalashtirish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 23,1% ga iqtisod qilish imkonini bergan.