Isirgapova Sarvinoz Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rejali gemodializdagi ayollar hayot sifatiga gormonal o‘zgarishlarni ta’sir xususiyatlari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3130.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabborov Ozimboy Otaxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rejali gemodializ qabul qilayotgan ayollarda gormonal o‘zgarishlar, elektrolit muvozanati buzilishlarini o‘rganish bilan birga hayot sifati va kompleks davo natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klimakterik sindrom kuzatilgan rejali gemodializ olayotgan bemorlarni davolashda gormonal o‘zgarishlarni fitoesterogen dori-vositasi bilan korreksiya qilish orqali 73% holatda qondagi esterogen miqdorini yaxshilanishi natijasida ijobiy samara berishi asoslangan;
rejali gemodializ olayotgan klimakterik yoshdagi ayollarda fitoesterogen dori-vositasini qo‘llagan holda qondagi elektrolit muvozanatini yaxshilash imkoniyati asoslangan;
rejali gemodializ olayotgan klimakterik yoshdagi ayollarda fitoesterogen dori-vositasini qo‘llaganda organizmdagi gormonal muhitni yaxshilanishi hisobiga bemorlar hayot sifatini ijobiy tomonga o‘zgarishi aniqlangan;
fitoesterogen dori-vositasini rejali gemodializ olayotgan klimakterik yoshdagi ayollarda qo‘llaganda kal`siy-fosfor muvozanatini yaxshilanishi va qondagi paratgormon miqdori kamayishi hisobiga suyaklar mineral tarkibi yaxshilanishi isbotlangan;
IV. Tadqikot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 19-oktabrdagi 04-z/25 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: klimakterik sindrom kuzatilgan rejali gemodializ olayotgan bemorlarni davolashda gormonal o‘zgarishlarni fitoesterogen dori-vositasi bilan korreksiya qilish orqali 73% holatda qondagi esterogen miqdorini yaxshilanishi natijasida ijobiy samara berishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 09.08.2023 yildagi № 79-T sonli buyruq va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 01.08.2023 yildagi №21 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klimakterik yoshdagi rejali gemodializ olayotgan bemorlarga o‘rinbosuvchi fitoesterogen “Monopouz essel” dori-vositasini tavsiya etish, qondagi esterogen miqdorini yaxshilashga, hayot sifati ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga, kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa tizim kasalliklarni rivojlanishini oldini olishga erishish imkonini beradi. Dori-vositasini klimakterik sindromning engil darajalarida tavsiya etilishi natijasida kasallik hisobiga rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olinadi va ularni davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, surunkali buyrak kasalligi V bosqichi bilan kasallangan klimakterik yoshdagi bemorlarda gormonal o‘zgarishlar sababli turli darajada somatik kasalliklar kuzatiladi. Tadqiqotimiz mobaynida bemorlarga o‘rin bosuvchi terapiya hamda fitoesterogenlarni qo‘llash yordamida gormonal holat, hamda organizmni ruhiy va jismoniy holatida ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Natijada rejali gemodializ olayotgan bemorlarni umr davomiyligi oshiriladi, gemodializ tadbiridan keyin ehtimolli reanimatsiya bo‘limida yotish o‘rinlari qisqaradi, aholi orasida o‘lim kamayib, ijtimoiy-tibbiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Xulosa: Ushbu ilmiy izlanish davolash muassasalarida rejali gemodializ olayotgan gormonal o‘zgarish kuzatilgan bemorlarning davo samaradorligini oshirish va hayot sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan. Tadbiq natijalarida bemorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli asoratlar va hayot sifatini buzilishini oldini oladi. Davolash samaradorligi 73% ga va bemorlarning hayot sifatini 78% ga, hamda nogironlik muddatlari 82% ga qisqartirilishi aniqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: rejali gemodializ olayotgan klimakterik yoshdagi ayollarda fitoesterogen dori-vositasini qo‘llagan holda qondagi elektrolit muvozanatini yaxshilash imkoniyati asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Klimakterik yoshdagi rejali gemodializ olayotgan bemorlarga o‘rinbosuvchi fitoesterogen “Monopouz essel” dori-vositasini tavsiya etish orqali, bemorlarda qondagi esterogen miqdorini yaxshilashga, elektrolit muvozanatini ijobiy tomonga o‘zgarishiga, kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa tizim kasalliklarni rivojlanishini oldini olishga erishish imkonini beradi. Dori-vositasini klimakterik sindromning engil darajalarida tavsiya etilishi, kasallik hisobiga rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olinadi va asoratlarni davolash uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, surunkali buyrak kasalligi V bosqichi bilan kasallangan klimakterik yoshdagi bemorlarda elektrolit muvozanatini buzilishi sababli turli darajada somatik holatda salbiy tomonga o‘zgarishlar kuzatiladi. Tadqiqotimiz mobaynida bemorlarimizga o‘rin bosuvchi terapiya, hamda fitoesterogenlarni qo‘llash bilan elektrolit muvozanatini ijobiy tomonga o‘zgarishiga erishilgan. Erishilgan natija bilan rejali gemodializ olayotgan bemorlarni umr davomiyligini oshiradi, gemodializ tadbiridan keyin ehtimolli reanimatsiya bo‘limida yotish o‘rinlari qisqaradi, aholi orasida o‘lim kamayib, ijtimoiy-tibbiy va iqtisodiy ahamiyatga erishiladi. Bu esa bizga har bir bemordan 4 619 800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Tadqiqot davolash muassasalarida rejali gemodializ olayotgan klimakterik yoshdagi ayol bemorlarda elektrolit muvozanatini o‘rganish va uni yaxshilashga bag‘ishlangan. Tadbiq natijalari bemorda turli asoratlar yuzaga kelishini oldini oladi.
uchinchi ilmiy yangilik: rejali gemodializ olayotgan klimakterik yoshdagi ayollarda fitoesterogen dori-vositasini qo‘llaganda organizmdagi gormonal muhitni yaxshilanishi hisobiga bemorlar hayot sifatini ijobiy tomonga o‘zgarishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klimakterik sindrom mavjud rejali gemodializ olayotgan bemorlarga o‘rinbosuvchi fitoesterogen “Monopouz essel” dori-vositasini tavsiya etish orqali, bemorlarda qondagi esterogen miqdorini yaxshilanishi hisobiga paratgormon miqdoriy ko‘rsatkichini kamayishi, kalsiy-fosfor almashinuvi va suyak mineral zichligini yaxshilanishi bilan kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa tizim kasalliklarni rivojlanishini oldini olishga erishish mumkin. Dori-vositasini klimakterik sindromning engil darajalarida tavsiya etilishi, kasallik hisobiga kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni, bemorlarda harakat cheklanishi oldi olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalarriga ko‘ra, surunkali buyrak kasalligi V bosqichi bilan kasallangan klimakterik yoshdagi bemorlarda qondagi kalsiy-fosfor almashinuvini buzilishi, paratgormon miqdoriy ko‘rsatkichlarini oshishi va suyak mineral zichligini pasayishi sababli somatik holatda turli darajada salbiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Tadqiqotimiz mobaynida bemorlarimizga o‘rin bosuvchi terapiya, fitoesterogenlarni qo‘llash bilan qondagi kalsiy-fosfor almashinuvi, paratgormon miqdoriy ko‘rsatkichini ijobiy tomonga o‘zgarishi va suyak mineral zichligini yaxshilanishiga erishilgan. Natijalar rejali gemodializ olayotgan bemorlarni umr davomiyligini oshiradi, tayanch harakat tizimidagi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli xil patologik sinishlarni oldi olinadi va asoratlarni davolash uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni kamayishiga imkon beradi. Xulosa: Tadqiqot davolash muassasalarida rejali gemodializ olayotgan klimakterik yoshdagi ayol bemorlarda qondagi kalsiy-fosfor almashinuvini, ikkilamchi giperparatireoz va suyak mineral zichligini o‘zgarishini o‘rganish, uni yaxshilashga bag‘ishlangan va davo samaradorligi aniq dalillarga asoslangan holda isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fitoesterogen dori-vositasini rejali gemodializ olayotgan klimakterik yoshdagi ayollarda qo‘llaganda kal`siy-fosfor muvozanatini yaxshilanishi va qondagi paratgormon miqdori kamayishi hisobiga suyaklar mineral tarkibi yaxshilanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Klimakterik yoshdagi rejali gemodializ olayotgan bemorlarga o‘rinbosuvchi fitoesterogen dori-vositasini tavsiya etish orqali, gemodializ samaradorligini oshishiga erishish imkonini bergan. Dori-vositasini klimakterik sindromning engil va o‘rta og‘ir darajalarida tavsiya etilishi bilan gemodializ muolajasi vaqtida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olinadi va ularni davolash uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, rejali gemodializdagi ayollarda gemodializ muolajasini olish vaqtida turli yurak qon-tomir tizimi tomonidan asoratlar kuzatiladi. Tadqiqotimiz mobaynida bemorlarimizga o‘rin bosuvchi terapiya sifatida fitoesterogenlarni qo‘llash orqali gemodializ samaradorligini oshishiga erishilgan. Erishilgan natija bilan rejali gemodializ olayotgan bemorlarni umr davomiyligi oshadi, gemodializ tadbiridan keyin ehtimolli reanimatsiya bo‘limida yotish o‘rinlari qisqaradi, aholi orasida o‘lim soni kamayib, ijtimoiy-tibbiy va iqtisodiy ahamiyatga erishiladi. Mavjud bo‘lgan birlamchi yordam xarajatlari 50% ga qisqaradi. Xulosa: Olingan natijalarning ilmiy ahamiyati organizmning induvidual tipologik xususiyatlariga bog‘liq holda rejali gemodializdagi gormonal o‘zgarishlar kuzatilgan ayol bemorlarda o‘rinbosuvchi davo sifatida fitoesterogenlarni qo‘llash orqali individual davolashga yangicha yondoshuvda. Ushbu usul bilan bemorlarda dalillarga asoslangan yangi davolash rejasini ishlab chiqarish uchun eksperimental asos bo‘lib, bu gemodializ samaradorligini oshishiga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish:“Rejali gemodializ olayotgan klimakterik davrdagi bemorlarni hayot sifatidagi o‘zgarishlarni baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Surxondaryo va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida tadbiq etilgan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 19-oktyabrdagi 04-z/25-sonli xulosa olingan.)