Sanakulov Ulug‘bek Kuchkarovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I.Umumiy ma’lumotlar.
 “Alisher Navoiy she’riyatida Layli va Majnun timsollari talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/ Fil1958.
Ilmiy rahbar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin, filologiya fanlari doktori, professor; Tohirov Sobirjon filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Layli va Majnun” syujeti genezisi, obrazlar talqinidagi tadrijiylik, an’anaviylik va ijodiy izdoshlik, Alisher Navoiy she’riyatida  timsollar badiiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiyning g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, ruboiy, lug‘z, fard kabi janrlarda yozgan she’rlariga Layli va Majnun talmeh-tamsil sifatida keltirilganligi, lirik qahramon qarashlaridagi timsollar vositasida ohu, quyun, kiyik, shamol kabi hayotiy, ma’shuq, sevgili, do‘st kabi majoziy-haqiqiy ishq  kechinmalari ochib berilgan;
Alisher Navoiy she’riyatida Majnun va lirik qahramonning oshiqlik darajasiga ko‘ra havasmand, ergashuvchi, shogird, pir maqomida o‘sib borishi, ma’shuq timsolining husn, noz-karashma, latofat kabi bashariy, fanolik, baqolik, tajalli, mahzar singari ilohiy sifatlari Layli obrazi vositasida ochib berilgan;
hamd va oshiqona mavzudagi g‘azallarda shoirning Layli va Majnun timsollarini boshqa shu tipdagi Farhod va Shirin, Vomiq va Uzro kabi obrazlar bilan muvoziy-parallel ifodalashi, bu tasvirlarda shoir aruzning ramal, hajaz, rajaz kabi sodda vaznlarni qo‘llashi dalillangan;
shoir lirikasida ishq va oshiqning maskani sanalgan dasht, tog‘, sahro,   vuhush kabi detallarning “Layli va Majnun” mavzusidagi she’rlarda lirik qahramon ruhiyatini yoritishdagi kompozision, uslubiy, obrazlilik, hissiylik kabi poetik xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Alisher Navoiy she’riyatida Layli va Majnun timsollari talqini” mavzusidagi tadqiqotda erishilgan ilmiy natijalardan:
Alisher Navoiy she’riyatida Majnun va lirik qahramonning oshiqlik darajasiga ko‘ra havasmand, ergashuvchi, shogird, pir maqomida o‘sib borishi, ma’shuq timsolining Layli obrazi vositasida husn, noz-karashma, latofat kabi bashariy, fanolik, baqolik, tajalli, mahzar singari ilohiy sifatlari bilan bog‘liq masalalarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2023-yil 3-apreldagi 867/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotga qo‘llanilishi institut talabalarining jahon va o‘zbek she’riyatida obraz-timsollar olamini o‘rganishda, xususan, Layli va Majnun timsollari  misolida chuqurroq anglashiga ko‘maklashgan;
Alisher Navoiyning g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, ruboiy, lug‘z, fard kabi janrlarda yozgan she’rlariga Layli va Majnun talmeh-tamsil sifatida keltirilganligi, lirik qahramon qarashlaridagi timsollar vositasida ohu, quyun, kiyik, shamol kabi hayotiy, ma’shuq, sevgili, do‘st kabi majoziy-haqiqiy ishq  kechinmalari borasida chiqarilgan xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2023-yil 3-apreldagi 868/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik obrazlar tizimining umumsyujet rivojidagi  o‘rniga  doir  kuzatishlar  adabiyotshunoslikda  mavjud nazariy fikrlarning boyishiga asos bo‘lgan, lirik qahramon ichki kechinmalari, ruhiyat olami talqinida adabiy obraz-timsollarning bajargan vazifasi nazariy jihatdan rivojlantirilgan;
hamd va oshiqona mavzudagi g‘azallarda shoirning Layli va Majnun timsollarini boshqa shu tipdagi Farhod va Shirin, Vomiq va Uzro kabi obrazlar bilan muvoziy-parallel ifodalashi, bu tasvirlarda shoir aruzning ramal, hajaz, rajaz kabi sodda vaznlarni qo‘llashi, shoir lirikasida ishq va oshiqning maskani sanalgan dasht, tog‘, sahro,   vuhush kabi detallarning “Layli va Majnun” mavzusidagi she’rlarda lirik qahramon ruhiyatini yoritishdagi kompozision, uslubiy, obrazlilik, hissiylik kabi poetik xususiyatlariga doir nazariy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi dasturlaridan joy olgan “Assalom, Samarqand!” dasturining  ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-martdagi 01-07/93-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning Layli va Majnun vositasida Alisher Navoiy she’riyati to‘g‘risidagi tasavvurlari va bilimlarini kengaytirishiga, timsollarning ijtimoiy hayotga daxldor etgan insoniy-ma’naviy fazilatlari esa yosh kitobxonlarda ijobiy xislatlarning rivojiga, ularning badiiy asarlar mutoalasiga bo‘lgan qiziqishini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish