Kurbanova Charros Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Abdulla Oripov she’riyatida an’ana va novatorlik”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4 PhD/Fil2873.
Ilmiy rahbar: Davronova Mahfuza Isroilovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodov Abdulhamid, filologiya fanlari doktori, professor; Umurova Go‘zal, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Oripovning an’ana va novatorlik sintezini asoslash; an’analarning mifologiya, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyotdan ta’sirlanishi va shoirning novatorligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mumtoz adabiyot, jahon she’riyati tajribalari, tarjimachilik shoir ijodida sintezlashgani, oshiqona, orifona, falsafiy g‘azallardagi, farishta, jabroil kabi obraz tanlashdagi, soat, nay, gilam singari detallar tanlashdagi, ritmni bir maromda ushlashdagi, 11 turkumli misralardan kengroq foydalanishdagi mahorati ochib berilgan;  
Oybek, Maqsud Shayxzoda, Hamid Olimjon, Zulfiya, Mirtemir singari ijodkor an’analarining shoir faoliyatiga ta’siri, Abdulla Oripov falsafiy she’riyatida G‘afur G‘ulom adabiy merosiga izdoshligi “Dunyo”, “Savob”, “Bedorlik”, “Shoir yuragi”, “Adolat ko‘zgusi” asarlari misolida isbotlangan;
Dante Aligerining “Ilohiy komediya” va Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” asarlari qiyoslanishi natijasida shoirning do‘st, oila, ota-ona obrazlaridagi, milliy qadriyatlar ifodasidagi, irfoniy mavzulardagi novatorligi va uslubdagi falsafiylik, xalqonalik, manzara yaratishdagi badiiy mahorati asoslangan;
“Hikmat sadolari” turkum she’rlarida Abdulla Oripovning hadislarni she’riy yo‘lda yozilganligi kabi arbain an’analarini davom ettirganligi va ularga shakliy, uslubiy, mazmuniy, kompozision singari ijodiy yondashganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Oripov ijodida an’ana va novatorlikni tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
Dante Aligerining “Ilohiy komediya” va Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” asarlari qiyoslanishi natijasida shoirning do‘st, oila, ota-ona obrazlaridagi, milliy qadriyatlar ifodasidagi, irfoniy mavzulardagi novatorligi va uslubdagi falsafiylik, xalqonalik, manzara yaratishdagi xulosalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus Q dasturining 561624 – EPP – 1 – 2015 – UK – EPPKA2 – CBHE – SP – ERASMUS Q CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 1430/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyo adabiyotshunosligida Dante Aligeri ijodining o‘rganilishi hamda unga bo‘lgan munosabat masalalarining yoritilishi, o‘zbek adabiyotiga ta’sir doirasini an’ana va novatorlik tamoyillarining keng tarzda o‘rganilishi, bugungi kunda bu tamoyil asosida konsepsiyalar ishlab chiqilganligi, yangi davr adabiyotida Abdulla Oripovning novatorona mahorati maktab vazifasini o‘tay olishiga oid qarashlar asos bo‘lgan;
mumtoz adabiyot, jahon she’riyati tajribalari, tarjimachilik shoir ijodida sintezlashgani, oshiqona, orifona, falsafiy g‘azallardagi, farishta, jabroil kabi obraz tanlashdagi, soat, nay, gilam singari detallar tanlashdagi, ritmni bir maromda ushlashdagi, 11 turkumli misralardan kengroq foydalanishdagi mahoratini ochib berishda interfaol metodlar (kommunikativ o‘qitish metodi (Communicative Language teaching), keys-stadi metodi (yoki “O‘quv keyslari”), loyihalash metodi (Project-Based Learning), yangi pedagogik texnologiyalar (aqliy hujum, bumerang, skarabey, blis-so‘rov) hamda kahoot.comni o‘rganib, o‘qituvchilar uchun namunaviy interfaol metodlar, hamda mustaqil ta’lim jarayonida amaliy kompetensiyalarni takomillashtirish maqsadida I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 379/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Jahon adabiyoti” fanining samaradorligini oshirish uchun Dantening “Ilohiy komediya” hamda A.Oripovning “Jannatga yo‘l” dostonlarining interfaol metodlar asosida qiyosiy o‘rganilishini, o‘quvchilar ma’naviy olami va bilimini chuqurlashtirishga yordam bergan;     
Oybek, Maqsud Shayxzoda, Hamid Olimjon, Zulfiya, Mirtemir singari ijodkor an’analarining shoir faoliyatiga ta’siri, Abdulla Oripov falsafiy she’riyatida G‘afur G‘ulom adabiy merosiga izdoshligi “Dunyo”, “Savob”, “Bedorlik”, “Shoir yuragi”, “Adolat ko‘zgusi” asarlari asosida chiqarilgan xulosalardan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oila, ota-onaga bo‘lgan mehrni shakllantirishdagi konsepsiyalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining      2023-yil 2-maydagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoirning XX asr o‘zbek adabiyoti ijodkorlardan ta’sirlanganligi va bu ta’sirlanish an’analarni yuzaga keltirganligi, natijada shoirning o‘ziga xos qarashlari novatorlikni keltirib chiqarganligi borasidagi xulosalar ijodiy to‘garak a’zolarining bu boradagi tushunchalarini teranroq anglashlariga ko‘maklashgan;
“Hikmat sadolari” turkum she’rlarida Abdulla Oripovning hadislarni she’riy yo‘lda yozilganligi kabi arbain an’analarini davom ettirganligi va ularga shakliy, uslubiy, mazmuniy, kompozision singari ijodiy yondashganligi singari nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining “STR” davlat telekanalining madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvining “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan va ijobiy natijalarga erishilgan. Ushbu ko‘rsatuvda Abdulla Oripov ijodining o‘q ildizlarini xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot hamda jahon adabiyotidan o‘rganishdagi o‘ziga xoslik va poetik mahoratini aniqlash, shuningdek, uning ibratli hayot yo‘lini yoshlarga keng miqyosda muntazam tushuntirib borilishi haqida mulohazalar yuritilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat bo‘limining 2023-yil 16-sentyabrdagi 01-07/310-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdulla Oripovning hadislardan-arbain an’analaridan foydalanishdagi mahorati, to‘rtliklarda falsafiy fikrlarning teran berilishi borasidagi qarashlar dasturning nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish