Nazarova Nurjahon Bahodir qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz ertak diskursining lisoniy-madaniy va pragmastilistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2274.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Juraeva Iroda Axmedovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz ertak diskursining pragmastilistik jihatlarini hamda ularning lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilgan holda ularda namoyon bo‘ladigan izomorf va allomorf xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz xalq ertaklaridagi olam lisoniy manzarasining tillar tizimi doirasida farqlanuvchi obrazlar nominatsiyasida namoyon bo‘ladigan va o‘xshashlikka ega lingvomadaniy hamda mifopoetik ko‘rsatkichlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda bitilgan ertaklarning alohida turdagi diskurs maqomiga egaligi aniqlanib, ularning mazmuniy-struktur shakllanishida giperbola, metafora, metonimiya, poronimiya kabi stilistik vositalar bilan bir qatorda, epitetning o‘rni muhimligi dalillangan;
antroponimik, toponimik leksemalar va boshqa leksik-semantik guruhlarga oid til birliklarining ertak diskursida faollashuv ko‘lamida ingliz va o‘zbek xalqlarining mentaliteti, dunyoqarashi aks topishi aniqlanib, ushbu turdagi diskursga universallikka moyil allomorf va alohida lingvomadaniyatga xos izomorf xususiyatlar xosligi isbotlangan;
ertakning antroposentriklik, vaziyatlilik, adresslilik, ochiqlik, prosessuallik, milliy o‘ziga xoslik kabi diskursga oid turli guruhlarga tegishli tillar uchun umumiy bo‘lgan kategorial belgilari aniqlanib, ularning o‘zbek va ingliz xalq ertaklarida namoyon bo‘lishini dalillovchi tahlil usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz xalq ertaklarini lingvomadaniy va pragmastilistik xususiyatlarini qiyosiy aspektda tadqiq qilish asosida:
o‘zbek va ingliz xalq ertaklarida aks topadigan olam lisoniy manzarasining tillararo umumiy hamda xususiylikka ishora qiluvchi lisoniy-madaniy va milliy mentalitetga xos lingvokulteremalarning pragmastilistik tahliliga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Erasmus+ 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: «Computational Linguistics at Central Asian Universities» loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023- yil 27- maydagi 1405/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, millat milliy madaniyatiga oid bilimlar, milliy mentalitetga xos tushunchalar loyiha platformasidagi modullarni mazmunan va mundarijaviy boyitishga xizmat qilgan;
ertaklar diskursida faollashgan antroponomik, toponomik leksemalar va boshqa leksik-semantik guruhlarga oid til birliklarining qiyosiy tahlil qilinishi natijasida erishilgan ushbu leksik guruhlarga allomorf va izomorf xususiyatlar xosligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 31-maydagi 1433/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida lingvokulturologik aspektda virtual resurslar yaratish imkoniyati kengaygan;  
ertak matnidagi timsol va ramzlarning lisoniy-madaniy va pragmastilistik xususiyatlari tahlili, lingvomadaniy yondashuvda badiiy ko‘chim mohiyatining poetik mazmun takomilida metafora, majoz, ramz, epitet, jonlantirishning badiiy matnda ifodalanish uslublarini asoslab berish borasidagi hamda ertaklar matnlarida faollashgan madaniy birliklar olam manzarasining ertakka xos xususiyatlari haqidagi xulosalar va tahlili natijasidan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariysini  tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022- yil 31- dekabr kunidagi 01-12/464-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ilmiy qarashlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish