To‘xtamishev Abdurasul Abdurazzoq o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy tilidagi “是 shì” elementli hosilalarning funksional – semantik xususiyatlari va o‘zbek tilidagi muqobillari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1665.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy xitoy tilidagi 是 shì elementli hosilalarning shakllanish mexanizmlarini tahlil qilish, ularning funksional-semantik xususiyatlarini hamda o‘zbek tilidagi vazifaviy muqobillarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy tili tizimidagi 是 shì unsurining grammatikalashuv bochqichlari ochib berilib, uning lingvistik maqomi belgilangan;
是 shì elementining leksik-semantik va sintaktik mohiyati uning nutqiy tuzilmalar tarkibida faollashuvi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
是 shì elementning bog‘lama konstruksiyasida bajaradigan vazifasini aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
是 shì bog‘lamasining gap va matn derivatsiyasidagi ishtiroki ko‘lami belgilanib, uning o‘zbekcha vazifaviy muqobillari qatori aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tilidagi “是shì” elementli hosilalarning funksional-semantik xususiyatlari va o‘zbek tilidagi muqobillari yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
是shì elementining gap va matn derivatsiyadagi ishtiroki, uning sistematik bog‘lama fe’l vazifasini bajarashi, ushbu bog‘lama nutqiy tuzilma matnida mazmuniy qarama-qarshiliklarni shakllantirishi haqidagi tahlil natijalari  Evropa Ittifoqining Erasmus+dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 21-oktyabrdagi 04/11-6859-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan tahlil va xulosalardan badiiy matnlarni xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish amaliyoti takomillashib, magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslarni tashkillashtirishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
是 shì bog‘lamasi qadimgi xitoy tilidagi ko‘rsatish olmoshidan kelib chiqishiga doir tahlillar, uning ayrim vaziyatlarda,  ta’kid belgisi vazifasini bajarishiga oid kuzatuvlar, shu bilan birga, ma’lum leksemalar bilan birikkan holda qo‘llanilishida erishilgan natijalar Evropa ittifoq tomonidan Erasmus+dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBNE IMEP: O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish nomli loyihasi doirasida foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 2-oktyabrdagi 930/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari tilshunoslik va tarjimashunoslik kabi fanlarning o‘qitilishida hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanayotganida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
是shì bog‘lamasi ega va kesim orasidagi aloqa, munosabatni shakllantiradi, shuningdek, mavjudlikni bildirishi, uning maxsus aksent bilan ajratilganda “ha, haqiqatan, juda to‘g‘ri, haqiqatda” ma’nosini ifodalashi xususida erishilgan natijalar Evropa ittifoqining Erasmus+dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” loyihasi doirasida foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 2-oktyabrdagi 932/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tahlillar orqali talabalarning kognitiv tafakkur etishi, aql-zakovati, mulohaza yuritish qobiliyatlari rivojlanishi aniqlangan;
是shì elementining nutqiy tuzilmalar tarkibida bajaradigan vazifalari hamda uning o‘zbek tilidagi muqobillari ifodalagan ma’nolar bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida 2024-yil 10-oktyabrdagi kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand!” ko‘rsatuvining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand Teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 01-07/344-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning blmiy ahamiyati yanada oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish