Mardonova Sitora Mardonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Yurish harakati fe’llarining semantik taraqqiyoti”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1967.
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tlemuratov Genjamurad, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi yurish harakati fe’llari diaxroniyasining semantik struktur mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili taraqqiyotida yurish harakati fe’llarining leksik-semantik guruhlarining tasnifi (makon, yo‘nalish, harakat usuli, gorizontal, vertikal) harakatlar asosida tarkiblangan birliklarning turli davrlardagi semantikasining farqlanishi aniqlangan;
ingliz tili yurish harakati fe’llarining taraqqiyotida degrammatikalizatsiya, leksikalizatsiya, analitizatsiya kabi omillar asosida shakllangan birliklarning fonetik o‘zgarishi, semantik derivasiya xususiyatlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ingliz tili fe’l sistemasidagi aspektual hodisaning grammatik kategoriya belgilari shakllanishida analitizm, leksik-semantik, sintaktik derivatsiya ta’siri kabi lisoniy mexanizmlarning faolligi fonetik, leksik o‘zgarishlar mahsuli ekani dalillangan;
ingliz tili yurish harakati fe’llari taraqqiyotida zamon, makon, yo‘nalish semali fe’llar fonetik, leksik o‘zgarish natijasida aspekt kategoriyasini hosil qiluvchi old qo‘shimchalar tushganligi hamda posleloglar faollashuvi qo‘shimcha ma’nolarni yuzaga kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yurish harakati fe’llarining semantik taraqqiyot mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
qadimgi ingliz tilida fe’llarning semantik taraqqiyoti xususida ingliz tili taraqqiyotida yurish harakati fe’llarining leksik-semantik tasnifi (makon, yo‘nalish, zamon, usul) yasama va qo‘shma so‘zlarning konseptual belgilarini ochib berish yuzasidan olingan xulosalar Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2014-2015-yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 5-maydagi 1168/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertasiya bo‘limlarida qayd etilgan fe’l sistemasi taraqqiyotidagi lingvistik omillarning nazariy asoslari mazkur loyiha materiallariga kiritilgan;
qadimgi ingliz tili davrida harakat fe’llarining qiyosiy-tipologik tahlili xususida ingliz tili yurish harakati fe’llari taraqqiyotidagi degrammatikalizatsiya, leksikalizatsiya, analitizatsiya kabi omillarining konseptual ma’nosi ushbu birliklarning yasama xususiyatlari bilan bog‘liqligi ta’siri isbotlanganligi yuzasidan xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 11 maydagi 1213/29.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada leksik, grammatik yasama vositalar kontekstda voqelanish xususiyatlari aniqlangan;
ingliz tili fe’l sistemasidagi aspektuallik hamda grammatik kategoriya belgilari shakllanishida analitizm, leksik-semantik, sintaktik derivatsiya ta’siri kabi lisoniy mexanizmlarning faolligi fonetik va leksik o‘zgarishlar mahsuli ekani dalillangan xulosalar Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida dissertatsiyasidan olingan ilmiy natijalari bilan bog‘liq ingliz tili fe’l sistemasidagi aspektuallikning grammatik kategorial belgilari o‘rnini leksik derivatsiya ta’siri tahlili materiallardan foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 11 maydagi 1213/29.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertasiya bo‘limlarida qayd etilgan fe’l sistemasi taraqqiyotidagi lingvistik omillarning nazariy asoslari qadimgi ingliz tili davrida fe’l sistemasida uchragan o‘zgarishlar loyiha materiallariga qo‘shilgan;
ingliz tili tarixi bo‘yicha erishilgan natijalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil 10-may kuni efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda fe’l taraqqiyotida zamon, makon, yo‘nalish semali fe’llar fonetik, leksik xususiyatlari tahlilidan foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-maydagi 01.07/175-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilidagi yurish harakati fe’llarining diaxronik taraqqiyoti omillaridan ko‘rsatuv materiallarida foydalanilgan.