Abdulloev Asliddin Junaydulloevichning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Agroklasterlar faoliyatini boshqarishning uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt620. 
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/05.05.2023.I.72.05. 
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agroklasterlar faoliyatini boshqarishning uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq hududlarini rivojlantirish uchun ehtiyojlarni baholash yondashuvi qoniqarlilik holatini tavsiflovchi integral ko‘rsatkichlarga ustuvorlik bergan holda tashkiliy-ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy investision hamda tabiiy-ekologik samaradorliklar  asosida kompleks baholash orqali takomillashtirilgan;
uslubiy jihatdan agloklasterlarni innovatsion boshqaruvda maxsus qo‘llab-quvvvatlash jamg‘armalari (co-finance)ni joriy etish asosida xususiy ishlanma va tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarda loyihalarni davlat va mahalliy byudjet (30 %), “qishloq xo‘jaligi erlari holatini yaxshilash” fondi (30 %), qishloq xo‘jaligi sub'ektlarining o‘z mablag‘lari (40 %) hisobidan uch yoqlama moliyalashtirish taklifi asoslangan;
uslubiy jihatdan agroklasterlar boshqaruvida davlat xususiy sheriklik mexanizmining maqbul varianti sifatida er resurslaridan foydalanishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP)ga ustuvorlik berish taklifi asoslangan;
“Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Center of Excellence)” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali agroklasterlar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligidagi qo‘shilgan qiymat zanjirining o‘sish sur'ati bo‘yicha 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan bazaviy, pessimistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Agroklasterlar faoliyatini boshqarishning uslubiy asoslarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qishloq hududlarini rivojlantirish uchun ehtiyojlarni baholash yondashuvi qoniqarlilik holatini tavsiflovchi integral ko‘rsatkichlarga ustuvorlik bergan holda tashkiliy-ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy investision hamda tabiiy-ekologik samaradorliklar  asosida kompleks baholash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son Farmoni, VIII bo‘lim, 9-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 23 avgustdagi 01/22-581-son ma’lumotnomasi). Agroklasterlar faoliyatini boshqarishning uslubiy asoslari nomli uslubiy tavsiyasini respublika miqiyosida ommalashtirish to‘g‘risida (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 6 noyabrdagi 01/22-849-son tavsiyanomasi). Mazkur baholash amaliyotidan foydalanish asosida agroklaster faoliyatidagi mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni o‘z vaqtida samarali hal etish orqali boshqaruv samaradorligi yaxshilanishi hisobiga daromadlari hajmi o‘rta hisobda 5,0 foizga ortgan;
uslubiy jihatdan agloklasterlarni innovatsion boshqaruvda maxsus qo‘llab-quvvvatlash jamg‘armalari (co-finance)ni joriy etish asosida xususiy ishlanma va tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarda loyihalarni davlat va mahalliy byudjet (30 %), “qishloq xo‘jaligi erlari holatini yaxshilash” fondi (30 %), qishloq xo‘jaligi sub'ektlarining o‘z mablag‘lari  (40 %) hisobidan uch yoqlama moliyalashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165 sonli “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasi 4.2-bandining 11-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 23 avgustdagi 01/22-581-son ma’lumotnomasi). Agroklasterlar faoliyatini boshqarishning uslubiy asoslari nomli uslubiy tavsiyasini respublika miqiyosida ommalashtirish to‘g‘risida (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 6  noyabrdagi 01/22-849-son tavsiyanomasi).  Ushbu taklifni “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” tarkibiga kiruvchi agrolkasterlar amaliyotiga joriy etilishi natijasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida er resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib, foydalanilayotgan ekin maydorlarining unumdorligini tizimli monitoring qilish bilan birgalikda, degradatsiyaga uchragan qishloq xo‘jaligi erlarini holatini yaxshilash va ularning zararlanishini oldini olishga erishildi; 
uslubiy jihatdan agroklasterlar boshqaruvida davlat xususiy sheriklik mexanizmining maqbul varianti sifatida er resurslaridan foydalanishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP)ga ustuvorlik berish taklifi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi Pf-5853 son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi farmonini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 23 avgustdagi 01/22-581-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijasida davlat-xususiy sherikligi shaklida erlardan samarali foydalanishda monitoring qilish va ularning muhofazasi kuchaytirilgani natijasida iqtisodiy-ijtimoiy, ekologik samaradorlikka erishildi;
“Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Center of Excellence)” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali agroklasterlar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 iyuldagi PQ-216-sonli “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasi 12-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 23 avgustdagi 01/22-581-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida agroklaster boshqaruvdagi innovatsiyalarga bo‘lgan talabga mos keladigan yangi innovatsion ishlanmalarni izlash, ularni qayta ishlash va amaliyotga joriy etishning samaradorligini 15 foizga oshirishga erishiladi;
qishloq xo‘jaligidagi qo‘shilgan qiymat zanjirining o‘sish sur'ati bo‘yicha 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan bazaviy, pessimistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” tarkibiga kiruvchi agrolkasterlar faoliyatini boshqarish jarayonida foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 23 avgustdagi 01/22-581-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat zanjirida agroklaterning ishtirokini o‘rta hisobda 5,3 foizga oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish