Yulchiev Asiljon Ortiqali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasida xizmatlar sifatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, va 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”. va 08.00.13 – “Menejment”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3171
Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Rasmiy opponentlar sifatida i.f.d., professor Norchaev Asatillo Norbo‘taevich, va i.f.f.d, PhD, dots. Abdullaev Bohodir, yetakchi tashkilot sifatida esa Namangan muhandislik texnologiyalar instituti tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasida xizmatlar sifatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani, Namangan viloyatining Pop tumani, Andijon viloyatining Xonobod shahri hududidagi dam olish maskanlarida turistik xizmatlar sifatini oshirish hamda boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish asosida turistik hududlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi asoslangan; (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 aprel PQ-135-son qaroriga 5b ilovaning 30, 32- bandlar, 5j ilovaning 20-bandi, 5m-ilovaning 19,22-bandlari)
Farg‘ona tumanidagi turistik destinatsiyalar va turistik klasterlarni konsentratsiyalash asosida tashkil etiladigan turistik majmualarda xizmatlar sifatini yaxshilashga oid mexanizm samaradorligi keltirilgan;( O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son; 2-ilova 10-band)
Farg‘ona va Qo‘qon shaharlaridagi turizm ko‘chalarida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida tun-u kun (24 soat) faoliyat olib boradigan xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish mexanizmi takomillashtirilgan; (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son 5m-ilovaning 16-band)
Korrelyasion-regression tahlili asosida 2027-yilga qadar Turistik korxonalardagi xizmatlardan olingan daromadlar tahlilini prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. ( O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son 2-ilova 3-bob sifatida tasdiqlangan)
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani, Namangan viloyatining Pop tumani, Andijon viloyatining Xonobod shahri hududidagi dam olish maskanlarida turistik xizmatlar sifatini oshirish hamda boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish asosida hududlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023- yil 25 - iyundagi 05-12-15-5443-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yondashuv amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligi ortadi va ushbu dam olish maskanlarida turizm tadbirkorligini tartibli rivojlantirish imkoniyatlari kengayadi.
Farg‘ona tumanida turistik destinatsiyalar va turistik klasterlarni konsentratsiyalash asosida tashkil etiladigan turistik majmualarda xizmatlar sifatini boshqarish mexanizmi dalillanishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 - yil 25- iyundagi 05-12-15-5443-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyatining turistik salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarida turistik majmualarni shakllantirish va xizmatlar sifatini 10-12 % ga oshirish imkonini beradi.
Farg‘ona va Qo‘qon shaharlaridagi turizm ko‘chalarida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida tunu-kun (24 soat) faoliyat olib boradigan xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 - yil 25 - iyundagi 05-12-15-5443-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida turistlarga xizmat ko‘rsatishning istiqbolli imkoniyatlari hisobiga hududlar turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligi 12 foizli ijobiy samaraga erishish imkoniyati yaratilgan.
“Farg‘ona vodiy sayyox” MChJ va “Grand tour voyage” MChJlarda turistik xizmatlardan olingan daromadlar hajmining ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ifodalovchi koeffisient, boshqaruv xarajatlari, jalb qilingan mablag‘lar hajmi hamda xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni kabi omillarni korrelyasion-regression tahlili asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 - yil 25 - iyundagi 05-12-15-5443-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatining istiqbolda daromadlarini 2,5 marta ijobiy samarasiga erishish imkoniyati yaratilgan.